Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Metsenatlik toʻgʻrisida” QL-515-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Metsenatlik faoliyati va madaniy homiylik toʻgʻrisida”)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Metsenatlik faoliyati va madaniy homiylik toʻgʻrisida”gi QL-515-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Metsenatlik toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2019-yil 14-avgust,
2658-III-son