Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
QOZOGʻISTON RESPUBLIKASI, QIRGʻIZISTON RESPUBLIKASI, TOJIKISTON RESPUBLIKASI VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OʻRTASIDA “MARKAZIY OSIYO HAMKORLIGI” TASHKILOTINI TAʼSIS ETISH TOʻGʻRISIDAGI SHARTNOMANI RATIFIKATSIYA QILISH HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Qozogʻiston Respublikasi, Qirgʻiziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida “Markaziy Osiyo hamkorligi” tashkilotini taʼsis etish toʻgʻrisidagi Shartnoma ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2002-yil 5-aprel,
365-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 75-modda)