26.06.2020 yildagi 369-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining turmush darajasini yaxshilash, bandligini taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish, tadbirkorlarning muammolarini hal etish borasida Qoraqalpogʻiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ishlarning holatini oʻrganish yakunlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining turmush darajasini yaxshilash, bandligini taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish, tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni hal etish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ishlarning holatini oʻrganish yakunlarini muhokama qilib, Oʻzbekiston Respubilkasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi taʼkidlaydiki, xalq deputatlari Kengashlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, sektorlar rahbarlari tomonidan bu borada muayyan ishlar amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganishlar davomida pandemiya sharoitida iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining uzluksiz ishlashini taʼminlash, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va daromadlari keskin pasayib ketishining oldini olish boʻyicha davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan respublikada qator choralar koʻrilayotganligi maʼlum boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joylarda budjet tushumlari, respublika budjetidan ajratilayotgan transfertlar va boshqa mablagʻlar birinchi navbatda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga, jumladan dori vositalari, tibbiyot buyumlari, oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olishga, shuningdek ish haqi, pensiyalar va nafaqalarni oʻz vaqtida toʻlashga, kommunal toʻlovlar va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan xarajatlarning oʻrnini qoplashga yoʻnaltirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish ishlariga jalb qilingan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari hamda boshqa xodimlarni ijtimoiy va moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash uchun maxsus ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar, bir yoʻla beriladigan qoʻshimcha toʻlovlar amalga oshirib kelinmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-apreldagi PF-5978-sonli Farmonida iqtisodiyot tarmoqlari faoliyat koʻrsatishining barqarorligini taʼminlash va ayrim xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida taqdim etilgan imtiyozlar asosida 1 968 ta mikrofirma, kichik korxona va yakka tartibdagi tadbirkorga keyinchalik 12 oy davomida teng ulushlarda toʻlash sharti bilan aylanmadan olinadigan soliq, mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarni jami 3 980,7 mln. soʻm mablagʻ hajmida foizsiz kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) huquqi taqdim etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek 11 932 nafar yakka tartibdagi tadbirkor uchun 2020-yil 1-apreldan 1-oktabrgacha boʻlgan davrda ijtimoiy soliq miqdori, 5 197 ta tadbirkorlik subeʼktiga qishloq xoʻjaligida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 50 foizga qadar kamaytirilgan. Natijada jami 35,5 mlrd. soʻm mablagʻ tadbirkorlar ixtiyorida qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimiz Prezidentining koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlarini yumshatish, bu davrda aholi va tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan 2020-yil 19-martdagi va 3-apreldagi farmonlari ijrosini taʼminlash maqsadida 3 332 ta yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektining 680,0 milliard soʻmlik, 136 131 ta jismoniy shaxsning 447,0 milliard soʻmlik, 1 856 ta yakka tartibdagi tadbirkorning 28,0 milliard soʻmlik kredit mablagʻlari boʻyicha toʻlov muddatlari uzaytirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek tijorat banklari tomonidan 141 319 ta kredit shartnomasining 1 trillion 154 milliard soʻmlik kredit mablagʻlari boʻyicha toʻlov muddatlari ham kechiktirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasida 14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalar, bola ikki yoshga toʻlguniga qadar bola parvarishi boʻyicha nafaqa va moddiy yordam oluvchi oilalar soni 1-apreldan eʼtiboran 6 102 taga oshirilib, ularga shu oyda jami 2,0 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilgan. Pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun mablagʻlar oʻz vaqtida moliyalashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, oʻrganishlar jarayonida Qoraqalpogʻistonda Respublikasida hali oʻz yechimini kutayotgan qator muammolar, eʼtibor qaratilishi kerak boʻlgan masalalar ham mavjudligi aniqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan respublikada faoliyati turizm sohasiga bogʻliq jami 12 ta yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat olib borayotgan boʻlib, Nukus shahri (4 ta) va Moʻynoq tumanida (3 ta) ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan qabul qilingan qarorlar asosida ularga nisbatan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining qatʼiy belgilangan summalarini 30 foizga kamaytirish boʻyicha imtiyoz qoʻllanilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chimboy va Ellikkalʼa tumanlaridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlarining lavozim maoshiga qoʻshimcha toʻlovlar oʻz vaqtida toʻlab berilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 20-mayidan boshlab Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan aholiga yengil konstruksiyali issiqxonalar qurish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha subsidiyalar ajratilishi belgilangan boʻlsa-da, ayrim shahar va tumanlarda ushbu miqdorda subsidiyalar ajratilmaganligi aniqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baʼzi tumanlarda qishloq xoʻjaligi kooperatsiyalarida ishtirok etayotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam taʼminlangan oilalar toifasiga kiruvchi har bir oila parranda boqqan davri (40 kun) uchun Jamoat ishlari jamgʻarmasidan oilalarni ragʻbatlantirish uchun qoʻshimcha 500 ming soʻmdan mablagʻ ajratilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganishlarda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar oʻz mahsulotlari uchun sertifikatlar olishda muayyan qiyinchiliklarga duch kelayotganligi aniqlandi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining Qoraqalpogʻistondagi hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari laboratoriyalarida mahsulotlarni tekshiruvdan oʻtkazish uchun zarur uskunalar, shuningdek Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining hududiy boʻlimi mavjud emasligi tadbirkorlarga murakkabliklarni keltirib chiqarmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasida olib borilgan oʻrganishlar hududlarda yuzaga kelgan muammolar, aniqlangan kamchiliklar ayrim sektorlarda ishlarning aniq reja asosida, qoniqarli tashkil etilmaganligini, masalaga masʼuliyat bilan yondashilmayotganligini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganishlar davomida aholi va tadbirkorlarni tashvishlantirayotgan boshqa qator muammolarni deputat va parlament nazorati shakllaridan samarali foydalangan holda hal qilish choralarini koʻrishga kelishildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, muhokamalarda bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflarni inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Aholining turmush darajasini yaxshilash, bandligini taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish, tadbirkorlarning muammolarini hal etish boʻyicha ishchi guruhning “Qoraqalpogʻiston Respublikasida aholining turmush darajasini yaxshilash, bandligini taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish, tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni hal etish boʻyicha sektorlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning holatini oʻrganish yakunlari toʻgʻrisida”gi axboroti hamda mazkur masala yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisining oʻrinbosari A. Davletovning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari tuman va shaharlar Kengashlariga aholining turmush darajasini yaxshilash, bandligini taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish, tadbirkorlarning muammolarini hal etish borasidagi masalalarni muntazam ravishda Kengashlar yigʻilishlarida keng jamoatchilik, tadbirkorlik subyektlari, OAV vakillari ishtirokida muhokama qilishni davom ettirish hamda mavjud muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish choralarini koʻrib borish, bunda deputatlar nazoratini yanada kuchaytirish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi (K. Sariyev) hamda tuman (shahar) hokimlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining koronavirus pandemiyasi munosabati bilan qabul qilingan farmon va qarorlarida nazarda tutilgan imtiyozlar va yengilliklar joylarda qanday tatbiq etilayotganligi, jumladan tadbirkorlar duch kelayotgan muammolarni hal qilish borasidagi ishlarning borishi yuzasidan brifing oʻtkazib, ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik oldida hisobot berib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni belgilab olish, bunda sektorlar rahbarlari, tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining masʼuliyatini yanada oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xoʻjayli, Qoʻngʻirot va Toʻrtkoʻl tumanlari 1-sektorlari rahbarlariga sektorlar faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish zarurligi, bunda hududda yashovchi aholining va tadbirkorlik subyektlarining muammolarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish borasidagi ishlar yetarli emasligi koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Nukus shahri, Moʻynoq, Xoʻjayli, Qoʻngʻirot va Toʻrtkoʻl tumanlari hokimlari hamda tegishli tuman va shahar davlat soliq inspeksiyasi rahbarlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi PF-5969-sonli Farmoniga asosan tegishli shahar va tumanlarning xalq deputatlari Kengashlari qabul qilgan qarorlar asosida turizm sohasidagi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining qatʼiy belgilangan summasini 30 foizga kamaytirish boʻyicha imtiyozdan yakka tartibdagi tadbirkorlar foydalanishini taʼminlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston “Adolat” SDP fraksiyasiga (N. Umarov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fraksiya yigʻilishida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari laboratoriyalarini zarur uskunalar bilan jihozlash hamda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining hududiy boʻlimini tashkil etish masalasini koʻrib chiqish va aniq takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganishlar davomida koʻtarilgan masalalarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish asosida ularni hal etish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari N. Umarov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 26-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
369-IV-son