26.06.2020 yildagi 367-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining turmush darajasini yaxshilash, bandligini taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish, tadbirkorlarning muammolarini hal etish borasida Samarqand viloyatida amalga oshirilayotgan ishlarning holatini oʻrganish yakunlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining turmush darajasini yaxshilash, bandligini taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish, tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni hal etish boʻyicha Samarqand viloyatida amalga oshirilayotgan ishlarning holatini oʻrganish yakunlarini muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi taʼkidlaydiki, xalq deputatlari Kengashlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, sektorlar rahbarlari tomonidan bu borada muayyan ishlar amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganishlar davomida pandemiya sharoitida iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining uzluksiz ishlashini taʼminlash, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va daromadlari keskin pasayib ketishining oldini olish boʻyicha davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan viloyatda qator choralar koʻrilayotganligi maʼlum boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joylarda budjet tushumlari, respublika budjetidan ajratilayotgan transfertlar va boshqa mablagʻlar birinchi navbatda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga, jumladan dori vositalari, tibbiyot buyumlari, oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olishga, shuningdek ish haqi, pensiyalar va nafaqalarni oʻz vaqtida toʻlashga, kommunal toʻlovlar va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan xarajatlarning oʻrnini qoplashga yoʻnaltirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish ishlariga jalb qilingan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari hamda boshqa xodimlarni ijtimoiy va moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash uchun maxsus ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar, bir yoʻla beriladigan qoʻshimcha toʻlovlar amalga oshirib kelinmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-apreldagi PF-5969-sonli Farmoniga muvofiq viloyatdagi 7 696 ta tadbirkorlik subyektining 1 trln. 394 mlrd. soʻmlik kredit qarzdorligini toʻlash muddati 1-oktabrga qadar uzaytirilgan, 151,9 ming nafar jismoniy shaxsning 443,9 mlrd. soʻmlik krediti boʻyicha “kredit taʼtili” berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek viloyat boʻyicha jami 799 044 ta soliq toʻlovchiga hisoblangan 33,1 mlrd. soʻmlik soliq toʻlovlarini toʻlash muddati 15-apreldan 15-oktabrga qadar uzaytirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda pandemiya sharoitida oʻz faoliyatini vaqtincha toʻxtatgan jami 20 883 ta korxonadan 17 101 tasining faoliyati karantin talablariga amal qilgan holda qayta yoʻlga qoʻyilgan. Natijada 30 188 ta ish oʻrni tiklangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning yanvar-may oylarida Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan viloyat boʻyicha jami 2 537 nafar fuqaroning bandligini taʼminlash, ularni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida 4 936,7 mln. soʻmlik subsidiya mablagʻlari ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida asosiy daromad manbalarini yoʻqotgan shaxslarni, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlashni yanada kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar doirasida “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi tomonidan viloyatning 16 ta shahar va tumanida 13 xildagi oziq-ovqat mahsulotlarini ehtiyojmand oilalarga yetkazib berish yoʻlga qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, oʻrganishlar jarayonida viloyatda hali oʻz yechimini kutayotgan qator muammolar, eʼtibor qaratilishi kerak boʻlgan masalalar ham mavjudligi aniqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, “Har bir oila — tadbirkor” dasturi asosida parrandachilik va chorvachilikni yoʻlga qoʻyish, issiqxona qurish kabi loyihalarni amalga oshirish uchun banklardan kredit olish istagini bildirgan fuqarolarning murojaatlariga yetarlicha eʼtibor qaratilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshrabod, Kattaqoʻrgʻon, Jomboy, Bulungʻur tumanlarida qishloq xoʻjaligi kooperatsiyalarida ishtirok etayotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan oilalar toifasiga kiruvchi har bir oilaga parranda boqqan davri (40 kun) uchun Jamoat ishlari jamgʻarmasidan qoʻshimcha 500 ming soʻmdan mablagʻlar ajratilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash masalalarida ham qator kamchiliklar mavjudligi kuzatildi. Baʼzi tumanlarda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, karantin sharoitida ogʻir ahvolga tushib qolgan oilalar roʻyxati toʻgʻri shakllantirilmagan, natijada ularga yetarli darajada yordam koʻrsatilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlar uchun koronavirus pandemiyasiga oid farmon va qarorlarda belgilangan maxsus qoʻshimcha ragʻbatlantirish toʻlovlarini toʻlash borasidagi ishlar ham yetarli darajada tashkil etilmagan. Xususan, Jomboy tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazining xodimlariga sogʻliq uchun xavfliligi va ogʻir sharoitlari uchun belgilangan 252 mln. soʻmlik qoʻshimcha toʻlovlar hisoblangan boʻlishiga qaramay, oʻz vaqtida moliyalashtirib berilmaganligi sababli, mazkur toʻlovlar bugungi kungacha amalga oshirilmagan. Bunday holat Qoʻshrabod, Ishtixon, Kattaqoʻrgʻon, Bulungʻur tumanlarida ham kuzatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kooperatsiyalarni tashkil etish orqali aholi bandligini taʼminlash, ularning daromadlarini oshirish borasida qator ishlar amalga oshirilishi barobarida kooperatsiyalarga ishga qabul qilinayotgan fuqarolarning mehnat huquqlari yetarli darajada kafolatlanmaganligi kuzatildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda olib borilgan oʻrganishlar hududlarda yuzaga kelgan muammolar, aniqlangan kamchiliklar ayrim sektorlarda ishlarning aniq reja asosida, qoniqarli tashkil etilmaganligini, masalaga masʼuliyat bilan yondashilmayotganini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganishlar davomida aniqlangan, aholi va tadbirkorlarni tashvishlantirayotgan boshqa qator muammolarni deputat va parlament nazorati shakllaridan samarali foydalangan holda hal qilish choralarini koʻrishga kelishildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, muhokamalarda bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflarni inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Aholining turmush darajasini yaxshilash, bandligini taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish, tadbirkorlarning muammolarini hal etish boʻyicha ishchi guruhining “Samarqand viloyatida aholining turmush darajasini yaxshilash, bandligini taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish, tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni hal etish boʻyicha sektorlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning holatini oʻrganish yakunlari toʻgʻrisida”gi axboroti hamda mazkur masala yuzasidan Samarqand viloyat hokimi E. Turdimovning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalq deputatlari Samarqand viloyati, tuman va shaharlar Kengashlariga aholining turmush darajasini yaxshilash, bandligini taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish, tadbirkorlarning muammolarini hal etish borasidagi masalalarni muntazam ravishda Kengashlar yigʻilishlarida keng jamoatchilik, tadbirkorlik subyektlari, OAV vakillari ishtirokida muhokama qilishni davom ettirish hamda mavjud muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish choralarini koʻrib borish, bunda deputatlar nazoratini yanada kuchaytirish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Samarqand viloyati hokimi (E. Turdimov) va tuman (shahar) hokimlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining koronavirus pandemiyasi munosabati bilan qabul qilingan farmon va qarorlarida nazarda tutilgan imtiyozlar va yengilliklar joylarda qanday tatbiq etilayotganligi, jumladan, tadbirkorlar duch kelayotgan muammolarni hal qilish borasidagi ishlarning borishi yuzasidan brifing oʻtkazib, ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik oldida hisobot berib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni belgilab olish, bunda sektorlar rahbarlari, tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining masʼuliyatini yanada oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Samarqand tumanining 1-sektor rahbari N. Mavlonovga, 4-sektor rahbari F. Usmonovga hamda Oqdaryo tumanining 1-sektor rahbari N. Sulaymonovga sektorlar faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish zarurligi, bunda hududda yashovchi aholi hamda tadbirkorlik subyektlarining muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish borasidagi ishlar yetarli emasligi koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston XDP fraksiyasiga (U. Inoyatov) koronavirus pandemiyasi davrida hududlarda aholi bandligi masalalariga alohida eʼtibor qaratish va muhtoj oilalarni ijtimoiy himoyalash borasida koʻrilayotgan chora-tadbirlar ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi (M. Xodjayeva)ga kooperatsiya munosabatlarining huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida bu boradagi qonun hujjatlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish hamda uning yakunlariga koʻra, aniq takliflar ishlab chiqish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. Inoyatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 26-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
367-IV-son