Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi harbiy havo kemalarining Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi havo hududidan foydalanishi toʻgʻrisida”gi Bitimni (Toshkent, 2018-yil 12-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi harbiy havo kemalarining Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi havo hududidan foydalanishi toʻgʻrisida”gi Bitimni (Toshkent, 2018-yil 12-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari S. OTAMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-fevral,
2373-III-son