Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi harbiy havo kemalarining Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi havo hududidan foydalanishi toʻgʻrisida”gi Bitimni (Toshkent, 2018-yil 12-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-469-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yil 15-fevralda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi harbiy havo kemalarining Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi havo hududidan foydalanishi toʻgʻrisida”gi Bitimni (Toshkent, 2018-yil 12-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-469-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari S. OTAMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-fevral,
2372-III-son