Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Hukumatni shakllantirish tartibi demokratlashtirilishi va uning masʼuliyati kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2019-yil 22-fevraldagi 2390-III-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Hukumatni shakllantirish tartibi demokratlashtirilishi va uning masʼuliyati kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari S. OTAMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-fevral,
2371-III-son