Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Qashqadaryo viloyati hokimiga, Samarqand viloyati hokimiga, Toshkent viloyati hokimiga hamda Toshkent shahar hokimiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Toshkent shahar va viloyatlar hududidagi sudlarni binolar bilan taʼminlashning holati va istiqbollari toʻgʻrisida” yuborilgan parlament soʻrovi haqida
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Qashqadaryo viloyati hokimiga, Samarqand viloyati hokimiga, Toshkent viloyati hokimiga hamda Toshkent shahar hokimiga “Toshkent shahar va viloyatlar hududidagi sudlarni binolar bilan taʼminlashning holati va istiqbollari toʻgʻrisida” yuborilgan parlament soʻrovlariga yozma javob maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4966-sonli Farmonining 15-bandida belgilangan vazifalarning bajarilishini doimiy nazoratga olsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari B. ALIXANOV
Toshkent sh.,
2019-yil 22-fevral,
2391-III-son