Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.04.2017 20.10.1992 yildagi 484-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.04.2017
Hujjat 28.07.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻZBEKTURIZM” MILLIY KOMPANIYASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2016-yil 2-dekabrdagi PQ–2666-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 27-iyuldagi Farmonni bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8-avgustdagi 346-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2—5-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-iyuldagi 360-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 30-son, 346-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddat ichida amaldagi qonunchilikka muvofiq korxonalar va tashkilotlar mulki egalari bilan oʻzaro hisob-kitoblar masalalarini koʻrib chiqsin, shuningdek, 1-ilovaga muvofiq “Oʻzbekturizm” kompaniyasiga berilgan davlat mulkidan ayrim tijorat tuzilmalarining foydalanish huquqi toʻgʻrisida qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzbekturizm” kompaniyasining tashkil etilishiga amaliy yordam koʻrsatish va uning samarali faoliyatini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-1993-yillarda kompaniyaning taklifi bilan Oʻzbekistonga keluvchi xorijiy delegatsiyalarga xizmat koʻrsatish boʻyicha ularning yashashi va transport xarajatlari uchun soʻmlarda haq toʻlashga ruxsat berilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi bilan Hindiston Respublikasi oʻrtasida Hindistonning “Tata” va “Larsen” firmalari ishtirokida Toshkent, Buxoro, Samarqand shaharlarida mehmonxona komplekslari qurilishini toʻla tugallash uchun zarur boʻlgan tovarlar almashish toʻgʻrisidagi protokolni bajarish hisobidan “Oʻzbekturizm” kompaniyasiga valyuta mablagʻlari oʻtkazsin. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “Oʻzbekturizm” kompaniyasi bilan birgalikda 10 kun muddat ichida ushbu masala boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzshartnomasavdo” uyushmasi va respublikaning boshqa taʼminot-sotish tashkilotlari birkitilgan turlar boʻyicha kvota qilinadigan moddiy resurslar turlarini ajratishni nazarda tutsinlar, mahsulot yetkazib beruvchilar bilan xoʻjalik aloqalari oʻrnatishda kompaniyaga yordam koʻrsatsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi kompaniyaning Moskva shahridagi vakolatxonasini joylashtirishga koʻmaklashsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kompaniya uchun 4 ta yengil avtomashinani saqlashga limit ajratsin, Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil transporti vazirligi esa shartnoma asosida transport vositalari bilan taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi kompaniyaning talabnomasi boʻyicha telefon, hukumat, teleks va telefaks aloqasini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekturizm” kompaniyasi boshqaruvi va uning ishchi apparati Madaniy-axborot markazining Toshkent shahar, Hamza koʻchasi, 45-uydagi binosiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarordan kelib chiquvchi vazifalarni hisobga olgan holda kompaniya Ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 oy muddat ichida, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlarni hamda turistik faoliyat bilan shugʻullanuvchi xususiy shaxslarni qayta roʻyxatdan oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1989-yil 20-oktabrdagi 351-son qarorining 3 va 4-bandlari, Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1990-yil 9-apreldagi 168-son qarorining 1 va 7-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari oʻrtoq E.S. Samandarov zimmasiga yuklatilsin. Uning qanday bajarilayotganligi 1993-yil aprel oyida koʻrib chiqilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 20-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
484-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8-avgustdagi 346-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8-avgustdagi 346-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)