1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;
3.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Turizm]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytirish uchun turizm sohasini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 28-maydagi PF-6002-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qatʼiy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 19-iyundagi PQ-4755-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 17-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
722-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharlar va shahar posyolkalari hududlarini rivojlantirish va qurish boʻyicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 5-yanvardagi 3-son qarorining rus tilidagi matnida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-ilovaga quyidagi mazmundagi 12-pozitsiya qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“
№
Gosudarstvennie organi i drugiye organizatsii
Predmet soglasovaniya
12.
Gosudarstvenniy komitet po razvitiyu turizma Respubliki Uzbekistan
Voprosi planirovaniya i proyektirovaniya na potensialnix territoriyax, a takje turistskix zonax i turistskix ulitsax dlya razmesheniya obyektov turistskoy infrastrukturi
”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12 — 19 pozitsiyalar tegishli ravishda 13 — 20 pozitsiya deb oʻqilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 137-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida Nizomning 7-bandi “f” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“f) Jamgʻarmaga turistik (mehmonxona) yigʻimdan kelib tushadigan mablagʻlarning 10 foizini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Xavfsiz turizmni taʼminlash jamgʻarmasiga oʻtkazish.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-iyundagi 405-son qarori bilan tasdiqlangan Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 10-bandning “b” kichik bandi quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“statsionar davolash xizmatlarini koʻrsatuvchi tibbiyot tashkilotlari turistik yigʻim hisobini yuritishning yagona tizimiga ulanish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-maydagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasining Ustavining rus tilidagi matnida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-bandi uchinchi xatboshisidagi “predostavleniya v arendu” degan soʻzlardan keyin “i realizatsii” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 566-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomalari beriladigan faoliyat (xizmatlar, ishlar) turlari Roʻyxati”ni quyidagi mazmundagi 25-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“
25.
Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilarning xizmatlari
”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-maydagi 433-son qarori bilan tasdiqlangan Investorlarga yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun subsidiya ajratish hamda tashkilotlarni franchayzing toʻgʻrisidagi shartnoma asosida qisman moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan mablagʻ ajratish tartibi haqidagi nizomning 9-bandi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan koʻchirma”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 3-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “turoperator va turagentning” soʻzlari “turoperatorlarning” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 6-banddagi “Turoperator va turagentlarning” soʻzlari “Turoperatorlarning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“litsenziat kamida ikki chet tilidagi, elektron toʻlovlar, bron qilish xizmatlarini koʻrsatadigan veb-saytga ega boʻlishi (ushbu talabning chet tillari boʻyicha qismi “ichki turizm” yoʻnalishidagi litsenziatlarga taalluqli emas);”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi “m” va “n” kichik bandlari bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“m) xorijiy mamlakatlardagi taʼlim va (yoki) tibbiyot muassasasining belgilangan faoliyat bilan shugʻullanish huquqini tasdiqlovchi hujjat nusxasining mavjudligi (“chiqish turizmi” yoʻnalishi boʻyicha taʼlim va (yoki) tibbiyot turizmi faoliyatini amalga oshirish uchun);”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“n) xorijiy mamlakatlardagi taʼlim va (yoki) tibbiyot muassasasi bilan hamkorligini tasdiqlovchi hujjatning mavjudligi (“chiqish turizmi” yoʻnalishi boʻyicha taʼlim va (yoki) tibbiyot turizmi faoliyatini amalga oshirish uchun);”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“m” kichik band tegishli ravishda “o” kichik band deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“litsenziat kamida ikki chet tilidagi, elektron toʻlovlar, bron qilish xizmatlarini koʻrsatadigan veb-saytga ega boʻlishi (ushbu talabning chet tillari boʻyicha qismi “ichki turizm” yoʻnalishidagi litsenziatlarga taalluqli emas);”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ushbu Nizom 9-bandining “d” kichik bandida koʻrsatilgan talablarning bajarilganini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (“chiqish turizmi” faoliyatini amalga oshirish uchun);”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“29. Litsenziat oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs shtatida “turizm” yoʻnalishi boʻyicha oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotiga ega boʻlgan yoki malaka sertifikatiga ega boʻlgan kamida bir nafar mutaxassisning mavjudligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi, tugʻilgan yili, pasport maʼlumotlari, uy manzili, maʼlumoti, aloqa telefonlari koʻrsatilgan maʼlumotlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida turizm faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan litsenziatlar qoʻshib yuborilgan taqdirda, litsenziyani ushbu bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilishi litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun toʻxtatilgan taqdirda, litsenziya qayta rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning talablarini buzgan holda litsenziyalanuvchi faoliyatni amalga oshirganlik faoliyatni litsenziyasiz amalga oshirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “turistik xizmatlarning alohida turlari, shu jumladan,” degan soʻzlardan keyin “turoperator xizmatlari,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3. Joylashtirish vositasi, togʻ changʻisi trassalari va plyaj xizmatlari boʻyicha turizm faoliyatini amalga oshirish faqat belgilangan tartibda tegishli sertifikatlar olingandan keyin va ularning amal qilish muddati davomida koʻrsatish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sertifikatning amal qilish muddati, berilgan sertifikatning amal qilish muddati davrida 1-marta (har 2,5 yilda) inspeksiya nazoratini oʻtkazgan holda besh yildan iborat boʻladi. Sertifikatning asl nusxasi bevosita sertifikatlashtirish obyektida turadi va u uchinchi shaxslarga berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amaldagi sertifikatsiz joylashtirish vositalari, togʻ changʻisi trassalari va plyaj xizmatlari boʻyicha turizm faoliyatini amalga oshirish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda ariza beruvchi tomonidan turoperator xizmatini tashkillashtirish uchun tuzilgan shartnomalar (transport va ekskursiya xizmatiga, joylashtirish, gid-tarjimonlar xizmatiga, ovqatlanish, koʻngilochar va dam olish, turagentlik xizmatlariga hamda turistlarni qabul qiluvchi davlatlardagi xorijiy hamkorlar bilan tuzilgan shartnomalar va boshqalar) roʻyxati.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-banddagi “uch” soʻzi “bir” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Komissiya Markaz rahbariyatining buyrugʻi tasdiqlangan kundan boshlab besh ish kuni davomida baholashni oʻtkazishni boshlashi kerak. Baholash muddati joylashtirish vositalari, togʻ changʻisi trassalari va plyajlarda ikki ish kunidan, turoperatorlar xizmatlarida bir ish kunidan oshmasligi lozim.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-banddagi “bayonnoma” degan soʻzi “dalolatnoma” degan soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-banddagi “ikki” soʻzi “bir” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Turistik xizmatlarni standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Bajarish muddatlari
Ariza beruvchi
Ushbu Nizomda nazarda tutilgan hujjatlarni tayyorlaydi va pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda “Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi” DUKga (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) sertifikatlashtirish uchun ariza beradi.
Ariza beruvchining xohishiga koʻra
Markaz
Arizani koʻrib chiqadi va sertifikatlashtirishni oʻtkazish yoki sertifikatlashtirish oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
1 ish kuni davomida
Markaz
Ariza beruvchiga sertifikatlashtirish oʻtkazish toʻgʻrisida shartnomani ilova qilib sertifikatlashtirish oʻtkazish toʻgʻrisida yoki rad etish sabablari koʻrsatib oʻtilgan sertifikatlashtirish oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni yuboradi
Qaror qabul qilingan kunning oʻzida
Ariza beruvchi
Markazning bank hisob raqamiga pul mablagʻlarini oʻtkazish yoʻli bilan sertifikatlashtirish toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha haq toʻlashni amalga oshiradi.
30 kun davomida
Markaz
Komissiya tarkibi va sertifikatlashtirish dasturini tasdiqlaydi
1 ish kuni davomida
Markaz
Komissiya Markaz rahbariyatining buyrugʻi tasdiqlangan kundan boshlab baholashni oʻtkazishni boshlaydi.
5 ish kuni davomida
Markaz
Komissiya sertifikatlashtirish obyektini normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholaydi, baholash dalolatnomasini rasmiylashtiradi va baholash dalolatnomasini Markazga taqdim qiladi.
3 ish kunidan koʻp emas, turoperator xizmati uchun — 2 ish kunidan koʻp emas
Markaz
Sertifikat berish yoki sertifikat berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
1 ish kuni davomida
Ariza beruvchi
Sertifikat berish rad etilganda nomuvofiqliklarni bartaraf etadi. Nomuvofiqliklarni bartaraf etilganini tasdiqlovchi barcha hujjatlar bilan ularni bartaraf etish toʻgʻrisidagi arizani taqdim etadi.
30 kun davomida
Markaz
Sertifikat berishni rad etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan sabablar ariza beruvchi tomonidan oʻz vaqtida bartaraf etilganda — qayta baholashni amalga oshiradi.
2 ish kunidan koʻp emas
Markaz
Sertifikat berish yoki sertifikat berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
1 ish kuni davomida
Markaz
Ariza beruvchiga sertifikat berish (sertifikat va muvofiqlik belgisini qoʻllash huquqini berish toʻgʻrisidagi bitimni ilova qilgan holda) yoki sertifikat berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni yuboradi.
Qaror qabul qilingan kunning oʻzida
Ariza beruvchi
Sertifikat berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda — sertifikat va muvofiqlik belgisini qoʻllash huquqini berish toʻgʻrisida bitim tuzadi.
30 kun davomida
Markaz
Sertifikatlashtirish milliy tizimining Davlat reyestrida sertifikatni rasmiylashtiradi va roʻyxatdan oʻtkazadi. Ariza beruvchi vakiliga sertifikatni beradi.
Roʻyxatdan oʻtkazilgan kunning oʻzida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sertifikatlashtirishni oʻtkazish uchun TOʻLOV MIQDORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Nomi
Toʻlov miqdori (BHMda)
Turoperator xizmatlari
1.
Kirish (turistlarni qabul qilish) turizmi
1,7
2.
Chiqish (turistlarni yuborish) turizmi
1,8
3.
Ichki turizm
0,8
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan xizmatlarning bittadan ortigʻini sertifikatlashtirishda toʻlov miqdori sertifikatlashtirishning umumiy summasidan 35% ga kamayadi.
Mehmonxona xizmatlari
4.
Sigʻimi 10 ta joygacha boʻlgan joylashtirish vositalari
2,7
5.
Sigʻimi 25 ta joygacha boʻlgan joylashtirish vositalari
3,8
6.
Sigʻimi 50 ta joygacha boʻlgan joylashtirish vositalari
6,0
7.
Sigʻimi 100 ta joygacha boʻlgan joylashtirish vositalari
6,8
8.
Sigʻimi 150 ta joygacha boʻlgan joylashtirish vositalari
10,7
9.
Sigʻimi 200 ta joygacha boʻlgan joylashtirish vositalari
12,1
10.
Sigʻimi 350 ta va undan yuqori joygacha boʻlgan joylashtirish vositalari
13,6
Togʻ changʻisi trassasi xizmatlari
11.
Togʻ changʻisi trassasi xizmatlari
9,2
Plyaj xizmatlari
12.
Plyaj xizmatlari
9,2
Turistik industriya obyektlarining toifasini aniqlash va uni berish vaqtida sertifikatlashtirish boʻyicha xizmatlarga toʻlov miqdori yuqorida koʻrsatib oʻtilganning 200% miqdorida belgilanadi.
Sanatoriylar, pansionlar va yashash uchun joy bilan taʼminlagan holda meditsina xizmati koʻrsatish faoliyatni amalga oshiruvchi joylashtirish vositalarida sertifikatlashtirish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlov yuqorida koʻrsatib oʻtilgan toʻlovlarning 50% miqdorida belgilanadi.
Inspeksiya nazorati uchun toʻlov miqdori yuqorida koʻrsatib oʻtilgan toʻlovning 50% miqdorida belgilanadi.
13.
Sertifikatni qayta rasmiylashtirish
0,5
14.
Sertifikat dublikatini berish
0,5
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sertifikatlashtirish bilan bogʻliq ishlarni oʻtkazishda toʻlanadigan toʻlov miqdorini hisoblash uchun sertifikatlashtirish shartnomasi rasmiylashtirilgan kunda belgilangan BHM (Bazaviy hisoblash miqdori) qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sertifikatlashtirish boʻyicha ishlar (xizmatlar) narxi yuqorida koʻrsatib oʻtilgan sertifikatlashtirish boʻyicha ishlarni bajarish uchun toʻlov miqdorini ushbu Nizomning 5b-ilovasida koʻrsatilgan tegishli koeffitsiyentga koʻpaytirish orqali aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Inspeksiya nazoratini oʻtkazishda toʻlanadigan toʻlov miqdorini hisoblash uchun inspeksiya nazoratiga toʻlov toʻlangan kunda belgilangan BHM (Bazaviy hisoblash miqdori) qoʻllanadi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytirish uchun turizm sohasini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 6-oktabrdagi 602-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Turoperatorlar, turagentlar va joylashtirish vositalari xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar berishning vaqtinchalik tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-banddagi “joylashtirish vositalariga subsidiyalar” degan soʻzlardan keyin “2020-yil 1-iyundan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Turizm sohasining alohida subyektlari faoliyati bilan bogʻliq xarajatlarni qisman kompensatsiya qilish va xoʻjalik subyektlarining epidemiyaga qarshi kurashish profilaktik tadbirlarini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan xarajatlarini qoplashning vaqtinchalik tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-bandning birinchi xatboshidagi “Tadbirkorlik subyektlariga” degan soʻzlardan oldin “2020-yil 1-iyundan 2021-yil 31-dekabrga qadar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-bandning birinchi xatboshidagi “Grantlar gidlar (gid-tarjimon)” degan soʻzlardan oldin “2020-yil 1-iyundan 2021-yil 31-dekabrga qadar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)