Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
QL-496, QL-503, QL-514, QL-525, QL-526, QL-538 va QL-539-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Ikkinchi oʻqishda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-496-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi,“Jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligi oshirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-503-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi,“Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 283-moddasiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-514-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi,“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-525-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, “Oʻzbekiston Respublikasining “Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-526-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, “Advokatura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-538-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi hamda “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga oʻzgartish kiritish haqida”gi QL-539-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Baʼzi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” degan nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirilsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2019-yil 17-avgust,
2678-III-son