Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarkibida Boʻzatov tumanini tuzish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 69-moddasi hamda “Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga Kegeyli tumani “Qusqanatov”, “Yerkindarya”, “Aspantay” ovullarining, “Boʻzatov” shaharchasining hamda Chimboy tumani “Koʻksuv” ovulining hududlarini birlashtirib, Boʻzatov tumanini tuzishga rozilik berilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari N. UMAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 27-avgust,
2711-III-son