Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qarorini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-5618-sonli Farmoni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2018-yil 15-martda qabul qilingan “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 1558-III-sonli Qarorini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqidagi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2018-yil 15-martda qabul qilingan “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 1558-III-sonli Qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari S. OTAMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 6-fevral,
2340-III-son