Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING BUDJETGA AKSIZ SOLIGʻI TUShIShINI NAZORAT QILUVChI MOLIYA INSPEKTORLARI LAVOZIMLARINI JORIY ETISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublika Davlat budjetiga aksiz soligʻining toʻliq va oʻz vaqtida tushishi ustidan davlat nazoratini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1997-yil 1-yanvardan boshlab 1-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha aksiz soligʻi solinadigan mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining moliya inspektorlari lavozimi joriy etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-dekabrdagi 532-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
3. Moliya inspektorlari lavozimlari joriy etilishi munosabati bilan 1997-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining shtatdagi xodimlari soni 47 kishiga, shu jumladan moliya inspektorlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi boʻlim tashkil etish uchun Markaziy apparat xodimlari soni 3 kishiga koʻpaytirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. 1-ilovada koʻrsatib oʻtilgan korxonalarning rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining moliya inspektorlari ishini tashkil etish uchun ish joylari bilan taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining moliya inspektorlariga hozirgi vaqtda Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparati davlat bosh soliq inspektorlari uchun amalda boʻlgan mehnatga haq toʻlash shartlari joriy etilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
1997-yilgi respublika budjetida qoʻshimcha ravishda ajratilgan xodimlarga sarflanadigan xarajatlarga zarur mablagʻlarni nazarda tutsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 21-maydagi 221-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 26-noyabr,
418-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining moliya inspektorlari lavozimlari kiritiladigan yirik aksiz soligʻi toʻlovchi korxonalar
ROʻYXATI
| | | |
|
“Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi | ||
| 1. | Nukus vino zavodi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) | 1 |
| 2. | Xoʻjaobod vino zavodi (Andijon viloyati) | 1 |
| 3. | Buxoro vino zavodi (Buxoro viloyati) | 1 |
| 4. | Shahrisabz vino zavodi (Qashqadaryo viloyati) | 1 |
| 5. | Navoiy vino zavodi (Navoiy viloyati) | 1 |
| 6. | Namangan vino zavodi (Namangan viloyati) | 1 |
| 7. | Samarqand “Zarafshon” zavodi (Samarqand viloyati) | 1 |
| 8. | Bulungʻur vino zavodi (Samarqand viloyati) | 1 |
| 9. | Samarqand Xovrenko nomidagi vino zavodi (Samarqand viloyati) | 1 |
| 10. | Denov vino zavodi (Surxondaryo viloyati) | 1 |
| 11. | Sirdaryo vino zavodi (Sirdaryo viloyati) | 1 |
| 12. | Yangiyoʻl vino zavodi (Toshkent viloyati) | 1 |
| 13. | “Konvin” qoʻshma korxonasi (Toshkent viloyati) | 1 |
| 14. | Qoʻqon vino zavodi (Fargʻona viloyati) | 1 |
| 15. | Urganch vino zavodi (Xorazm viloyati) | 1 |
| 16. | “Toshkentvino” kombinati (Toshkent shahri) | 1 |
|
“Yogʻmoytamakisanoat” uyushmasi | ||
| 1. | “Xoʻjayli MEZ” OTAJ (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) | 1 |
| 2. | “Chimboy MEZ” OTAJ (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) | 1 |
| 3. | “Beruniy MEZ” OTAJ (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) | 1 |
| 4. | “Andijon YoMK” OTAJ (Andijon viloyati) | 1 |
| 5. | “Asaka MEZ” OTAJ (Andijon viloyati) | 1 |
| 6. | “Buxoro MEZ” OTAJ (Buxoro viloyati) | 1 |
| 7. | “Kogon MEZ” OTAJ (Buxoro viloyati) | 1 |
| 8. | “Qarshi MEZ” OTAJ (Qashqadaryo viloyati) | 1 |
| 9. | “Koson MEZ” OTAJ (Qashqadaryo viloyati) | 1 |
| 10. | “Uchqoʻrgʻon MEZ” OTAJ (Namangan viloyati) | 1 |
| 11. | “Namangan MEZ” OTAJ (Namangan viloyati) | 1 |
| 12. | “Kattaqoʻrgʻon YoMK” OTAJ (Samarqand viloyati) | 1 |
| 13. | “Surxonoziqovqatsanoat” OTAJ (Surxondaryo viloyati) | 1 |
| 14. | “Guliston MEZ” OTAJ (Sirdaryo viloyati) | 1 |
| 15. | “Yangiyoʻl YoMK” OTAJ (Toshkent viloyati) | 1 |
| 16. | “Qoʻqon YoMK” OTAJ (Fargʻona viloyati) | 1 |
| 17. | “Fargʻona YoMK” OTAJ (Fargʻona viloyati) | 1 |
| 18. | “Urganch YoMK” OTAJ (Xorazm viloyati) | 1 |
| 19. | “Toshkent YoMK” OTAJ (Toshkent shahri) | 1 |
|
“Oʻzkimyosanoat” uyushmasi | ||
| 1. | Andijon spirt zavodi (Andijon viloyati) | 1 |
| 2. | Qoʻqon spirt zavodi (Fargʻona viloyati) | 1 |
| 3. | Yangiyoʻl spirt zavodi (Toshkent viloyati) | 1 |
|
“Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi | ||
| 1. | “Shoʻrtangaz” GIB (Qashqadaryo viloyati) | 1 |
| 2. | “Muborakgaz” GIB (Qashqadaryo viloyati) | 1 |
| 3. | “Qarshineft” NIB (Qashqadaryo viloyati)� | 1 |
| 4. | “Oʻzneftniqaytaishlash DIB (Fargʻona viloyati) | 1 |
| 5. | “Urganchtransgaz” DK (Xorazm viloyati) | 1 |
| 6. | “Oʻztransgaz” DB (Toshkent shahri) | 1 |
| | JAMI: | 44 |
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-dekabrdagi 532-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)