Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
QL-413, QL-426, QL-430, QL-446 va QL-461-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Ikkinchi oʻqishda qabul qilingan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari A. Pardayev, Y. Xoliyarov va S. Ismoilov tomonidan 2018-yil 6-sentabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 135 va 291-moddalariga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi QL-413-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 27-sentabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-426-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 24-oktabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-430-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 4-dekabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-446-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2019-yil 24-yanvarda kiritilgan “Uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish tartibga solinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga va Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar va oʻzgartishlar kiritish haqida”gi QL-461-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida” degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari S. OTAMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 6-fevral,
2329-III-son