Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 25.11.1996 yildagi 416-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QIShLOQ XOʻJALIGI EKINLARI PAYHON QILINIShIGA QARShI KURAShNI KUChAYTIRIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joylardagi ahvolni oʻrganib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekinlarni payhon qilishga qarshi kurashni kuchaytirish toʻgʻrisida” 1994-yil 21-noyabrdagi Farmonini va ushbu masala boʻyicha Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 6-noyabrdagi 423-son qarorini bajarish yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, vazirliklar va idoralarning tashkilotchilik ishlari aytib oʻtilgan hujjatlar talablariga javob bermasligini koʻrsatmoqda. Koʻpgina xoʻjalik rahbarlarining beparvoligi va masʼuliyatsizligi, ijro intizomining pastligi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi tomonidan amaliy choralar koʻrilmaganligi natijasida chorva mollari payhon qilishi tufayli gʻalla, paxta, meva-sabzavot va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari nobudgarchiligi kamaymayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, oʻzini oʻzi boshqarish organlari, mulkchilikning barcha shakllaridagi xoʻjaliklarning rahbarlari eʼtibori qishloq xoʻjaligi ekinlari, mevali daraxtlar, uzumzorlar va ihota daraxtzorlari zonalari payhon qilinishiga qarshi kurash qoniqarsiz tashkil etilganligiga, chorva mollari payhon qilishi natijasida ekinlarga, daraxtlarga zarar yetkazayotgan shaxslarga nisbatan yetarlicha talabchanlik koʻrsatilmayotganligiga qaratilsin. Shu maqsadlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ekinzorlarida mol boqish, mollarning, avtotransport yoki qishloq xoʻjaligi texnikasining ekinzorlar orqali oʻtishi hamda ekinlarning payhon boʻlishiga olib keluvchi boshqa qonun buzishlarga qarshi kurash kuchaytirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjaliklarning rahbarlariga ichki ishlar organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillari bilan birgalikda ekinlarning payhon boʻlishi hollarini aniqlash va bunday qonun buzishlarning oldini olish yuzasidan muntazam reydlar oʻtkazish topshirilsin. Ekinlar koʻp payhon boʻlgan joylarda kuzatish punktlari oʻrnatilsin va dala qorovullari belgilansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekinlarni payhon qilish hollari aniqlangan taqdirda payhon qilgan chorva mollari, avtotransport, qishloq xoʻjaligi texnikasi yoki boshqa payhon qilish vositasining egasini aniqlashga doir operativ chora-tadbirlar koʻrilsin, materiallar aybdorlarni qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortish uchun tegishli organlarga berilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilab qoʻyilsinki, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalarga, tashkilotlarga, shuningdek fuqarolarga qarashli payhon qilish vositalari tutib qolinadi va uning egalari hamda mulkdorlar tomonidan payhon qilish tufayli yetkazilgan zarar toʻliq qoplangan taqdirda qaytarib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qishloq xoʻjaligi ekinlarini qoʻriqlash uchun masʼul boʻlgan boʻlinmalariga minish uchun otlar ajratsinlar. Otlarni saqlash xarajatlari xoʻjaliklar hisobiga amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi (Mustafoyev), Ichki ishlar vazirligi (Almatov), mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjaliklarning hamda ular tarkibiy boʻlinmalarining ekinlarning saqlanishini taʼminlamagan va ularning payhon boʻlishiga yoʻl qoʻygan rahbarlariga nisbatan egallab turgan vazifasidan boʻshatish, qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortish masalasini majburiy tartibda qoʻysinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi (Mustafoyev) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekinlarni payhon qilishga qarshi kurashni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi Farmonining bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrsin, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi (Mingboyev) ekinlarni payhon qilishning har bir holati boʻyicha jazolashning muqarrarligini va yetkazilgan zararning toʻliq undirib olinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (Mirsafoyev) ekinlarni payhon qilganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi masala yuzasidan qonunchilikni targʻib qilish ishlarini kuchaytirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzteleradio” kompaniyasi (Hakimov) hamda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (Hazratqulov) mollarning ekinlarni payhon qilishi oqibatida xalq xoʻjaligiga yetkaziladigan zarar toʻgʻrisida matbuot, radio va televideniye orqali tushuntirish ishlarini muntazam olib borsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi hamda Davlat oʻrmon qoʻmitasi bilan birgalikda shu yilning dekabr oyida ekinlar va daraxt koʻchatlarini payhon qilishga qarshi kurashish ishlarining ahvolini har tomonlama koʻrib chiqsin, ushbu ishlarni yanada yaxshilash va ularning samaradorligini oshirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni belgilasin va amalga oshirsin hamda har oyda Vazirlar Mahkamasiga axborot berib tursin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Q.Gʻ. Obidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 25-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
416-son