03.12.2020 yildagi PQ-4910-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.12.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini rivojlantirish, ularni qoʻllab-quvvatlash uchun zarur sharoitlar yaratish, ulgʻayib kelayotgan yosh avlodning ilm-fanga boʻlgan intilishlarini ragʻbatlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish borasidagi islohotlarni tizimli amalga oshirish, shuningdek akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari Oʻ.R. Salomov hamda huzurida akademik litseylar mavjud boʻlgan oliy taʼlim muassasalari rektorlari (filial direktorlari) iqtidorli yoshlarni akademik litseylarga saralab olish tizimini samarali tashkil etish, akademik litseylarda taʼlim sifatini muntazam oshirib borish, oʻquv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish uchun shaxsan masʼul va javobgar etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huzurida akademik litseylar mavjud boʻlgan oliy taʼlim muassasalari rektorlari (filial direktorlari):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish uchun ilgʻor xorijiy mamlakatlar malakali ekspertlarini jalb qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litsey oʻquvchilarining kamida bitta xorijiy tilni puxta oʻzlashtirib chiqishi uchun dars mashgʻulotlariga yuqori malakali pedagoglar jalb qilinishi va zaruriy sharoitlar yaratilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalari prorektorlari (filial direktori oʻrinbosarlari)ni oʻz yoʻnalishlari boʻyicha akademik litseylar faoliyatiga har tomonlama yordam koʻrsatish va nazorat qilish uchun masʼul etib belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari, shu jumladan rahbar xodimlari belgilangan tartibda akademik litseylarning dars mashgʻulotlariga jalb qilinishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseylarning taʼlim infratuzilmasi muntazam ravishda rivojlantirib borilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda boshqa vazirlik va idoralar (bundan Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya mustasno) tizimidagi oliy taʼlim muassasalari, shuningdek xorijiy oliy taʼlim muassasalari huzuridagi akademik litseylarda (qaror boʻyicha matnda — akademik litseylar) oʻquvchi yoshlarga taʼlim berishda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni akademik litseylarga saralab olish, chuqurlashtirilgan taʼlim dasturlari asosida oʻqitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchi yoshlarda keng dunyoqarash, intellektual salohiyat, ijodiy va tahliliy fikrlashni rivojlantirish, ilm-fanga boʻlgan qiziqishni oshirish, ularning fan olimpiadalaridagi ishtirokini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarni amalga oshirilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish, vatanparvarlik, izlanuvchanlik va yaratuvchanlik ruhida tarbiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseylarda taʼlim sifatini yaxshilash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya va taʼlim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini taʼminlash, oʻquvchilarning axborot texnologiyalari boʻyicha savodxonligini oshirish, ularni “ustoz-shogird” tizimi asosida tegishli sohada yuqori natijalarga erishgan malakali mutaxassislarga biriktirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim jarayonini mazmunli va samarali tashkil etish uchun pedagoglar malakasini oshirish, ularni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirib borish tizimini isloh qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy taʼlim infratuzilmasi talablaridan kelib chiqib, akademik litseylardagi mavjud moddiy-texnik bazani mustahkamlab borish, bilimlarni mustaqil shakllantirish uchun sharoit va imkoniyatlarni kengaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Oʻ.R. Salomov) uch oy muddatda ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻquv meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumtaʼlim fanlar soati hisobiga chuqurlashtirilgan fanlar soatini oshirish hamda ular ulushini kamida 50 foizga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartida 10-11-sinf oʻquvchilari umumtaʼlim tayyorgarligiga qoʻyilgan majburiy talablarni shakllantirish bilan birga ularning iqtidorini har tomonlama rivojlantirish imkonini beruvchi oʻquv dasturlari asosida oʻqitish tartibini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim bosqichlari uzluksizligini taʼminlash maqsadida oliy taʼlim muassasalarining turdosh taʼlim yoʻnalishlarida takroran oʻqitiladigan fanlarni akademik litseylar oʻquv dasturidagi tegishli fanlar bilan unifikatsiya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki, akademik litseylarda oʻqish davrida unifikatsiya qilingan fanlarni oʻzlashtirgan, oliy taʼlim muassasalarida talabalikka qabul qilingan taʼlim oluvchilar uchun ushbu fanlarni oʻzlashtirish ixtiyoriy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Oʻ.R. Salomov) unifikatsiya qilingan fanlar boʻyicha dars mashgʻulotlari tegishli oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari tomonidan olib borilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tizimida oliy taʼlim muassasalari hamda akademik litseylar mavjud boʻlgan vazirlik va idoralarning 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseylarga iqtidorli yoshlarni saralab olish mexanizmini 1-ilovaga muvofiq joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba tariqasida, roʻyxati 2-ilovada keltirilgan akademik litseylarga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan maxsus hududlarda oʻtkaziladigan test sinovlari bilan birgalikda dastlabki yozma imtihon asosida iqtidorli yoshlarni saralab olishning ikki bosqichli tizimini (keyingi oʻrinlarda — ikki bosqichli tizim) amalga kiritish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin. Bunda, 1-ilovada nazarda tutilgan fan olimpiadalari, tanlov gʻoliblari va fanlarni oʻzlashtirish sertifikatiga ega boʻlganlar uchun imtiyozlar mazkur akademik litseylarga oʻqishga qabul qilishda ham inobatga olinishi belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseylarga hujjat topshiruvchilarni roʻyxatdan oʻtkazish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseyning tegishli yoʻnalishida oʻqish uchun kelib tushgan arizalar soni belgilangan qabul parametriga 2:1 nisbatdan kam boʻlgan hollarda mazkur yoʻnalish boʻyicha qabul parametrlari tegishli oʻquv yili uchun arizalar soniga nisbatan ikki baravar qisqartiriladi, bundan mazkur yoʻnalish uchun bir akademik guruh oʻquvchilari soniga teng boʻlgan hollar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki bosqichli tizimda dastlabki yozma imtihon kirish test sinovlaridan avval boʻysunuvi boʻyicha tegishli oliy taʼlim muassasasi nazorati ostida akademik litsey tomonidan oʻtkaziladi hamda uning yakunlari boʻyicha oʻquvchilarni kirish test sinovlarini topshiruvchilar roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki bosqichli tizimda dastlabki yozma imtihonni oʻtkazish tartibi hamda baholash mezonlari boʻysunuvi boʻyicha tegishli oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan tasdiqlanadi hamda 2021-yil 1-fevralga qadar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi rasmiy veb-sayti va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Oʻ.R. Salomov) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Taʼlim inspeksiyasi) (U.N. Tashkenbayev), tizimida oliy taʼlim muassasalari hamda akademik litseylar mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021-yil 15-dekabrga qadar tajriba natijalaridan kelib chiqib barcha akademik litseylarga ikki bosqichli tizim asosida qabul qilish tartibi toʻgʻrisida asoslantirilgan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Iqtidorli yoshlarni saralab olish va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish boʻyicha komissiya 4-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish boʻyicha komissiyaning (Oʻ.R. Salomov) asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish sohasidagi dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus taʼlim sohasida ishtirok etuvchi vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda hamkorligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik fikrini oʻrganish, ilgʻor xorijiy tajribalarni tahlil qilish, pedagoglar va oʻquvchilar oʻrtasida soʻrovlar oʻtkazish asosida akademik litseylarda taʼlim sifatini oshirish va infratuzilmasini yaxshilash, taʼlim jarayoniga axborot texnologiyalarini tatbiq etishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseylarda taʼlim faoliyatining tashkil etilishi, ular faoliyatini boshqarish tizimining samaradorligi, yaratilgan sharoitlar, qoʻllanilayotgan taʼlim-tarbiya usullarining taʼsirchanligini muntazam ravishda oʻrganib borish va baho berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseylarda taʼlim sifatiga, jumladan ular reytingiga oid koʻrsatkichlarni tanqidiy tahlil qilish hamda ular yuzasidan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hayʼatiga tahliliy hujjatlar kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus taʼlim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish va ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlar ijrosini toʻliq, sifatli va oʻz vaqtida tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Oʻ.R. Salomov) hamda huzurida akademik litseylar mavjud boʻlgan oliy taʼlim muassasalari rektorlari (filial direktorlari):
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yildan boshlab ilgʻor xorijiy mamlakatlar, shu jumladan Finlyandiyaning malakali ekspertlarini jalb qilgan holda har yili akademik litseylar faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan “Yoʻl xarita”sini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoʻl xarita”si ijrosini xorijiy ekspertlar ishtirokida muntazam ravishda monitoring qilib borsin hamda aniqlangan muammolarni zudlik bilan bartaraf etish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseylarda har oyda kamida bir marotaba bevosita oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan akademik litsey xodimlari va oʻquvchilari ishtirokida “rektor soati” oʻtkazib borilishini tashkil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizimida akademik litseylar mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda akademik litseylarga ilmiy-metodik yordam koʻrsatish, oʻquv-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish, taʼlim sifatini tubdan yaxshilash, ilgʻor pedagogik texnologiyalarni joriy etish maqsadida oliy taʼlim muassasalarining tegishli kafedralarini akademik litseylar taʼlim yoʻnalishlariga biriktirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biriktirilgan kafedralar professor-oʻqituvchilari tomonidan unifikatsiya qilingan fanlar boʻyicha dars mashgʻulotlarini olib borish, ilgʻor oʻqitish uslublarini akademik litsey taʼlim jarayoniga mos ravishda tatbiq etish hamda mahorat darslarini oʻtkazish, litsey oʻquvchilari va oʻqituvchilari oʻrtasida tanlovlar oʻtkazish, oʻquvchilarning ilm-fan, innovatsion va ratsionalizatorlik qobiliyatlarini rivojlantirish boʻyicha ishlarni tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseylar faoliyati yiliga kamida ikki marotaba Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining hayʼat yigʻilishi hamda oliy taʼlim muassasalarining ilmiy kengashida keng muhokamadan oʻtkaziladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalarining oʻquv ishlari uchun masʼul prorektori (filial direktori oʻrinbosari) bir vaqtning oʻzida akademik litsey direktori hisoblanadi. Bunda, oliy taʼlim muassasalarining oʻquv ishlari uchun masʼul prorektor (filial direktori oʻrinbosari)lariga normativlarga muvofiq belgilanadigan ustamalarga qoʻshimcha ravishda oliy taʼlim muassasasining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan bazaviy lavozim maoshiga nisbatan har oylik 20 foiz ustama toʻlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini berish boʻyicha akademik litseylarning ikkinchi bosqich oʻquvchilari uchun toʻrtinchi semestr davomida bepul test sinovi tashkil etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga qabul qilinmagan hamda kasb-hunar egallash istagida boʻlgan akademik litsey bitiruvchilari boʻysunuvi boʻyicha oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan kasb-hunarga oʻrgatish kurslari (markazlari)da oʻqitiladi. Bunda, tegishli oliy taʼlim muassasalari rektorlari (filial direktorlari) ushbu bitiruvchilarga kasb-hunar oʻrgatish ishlarini tashkil qilish va ularga har tomonlama koʻmaklashish uchun masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Akademik litseylarga xodimlarni pedagogik faoliyatga jalb etish uchun belgilangan kamida 5 yil uzluksiz pedagogik ish stajiga ega boʻlish toʻgʻrisidagi talab bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Taʼlim inspeksiyasi (U.N. Tashkenbayev) akademik litseylarning, shu jumladan quyidagi yoʻnalishlardagi faoliyatini qamrab oluvchi reytingini ishlab chiqsin va uning shaffof tarzda yuritilishini taʼminlasin:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseyga oʻqishga kirish uchun hujjat topshirgan talabgorlar sonining mazkur litsey uchun belgilangan qabul parametriga nisbati (raqobat koʻrsatkichi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalariga qabul qilingan oʻquvchilar ulushi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyting aniqlangan yilda nufuzli xalqaro va respublika fan olimpiadalari, sport musobaqalarida gʻolib boʻlgan (sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan) akademik litsey oʻquvchilari ulushi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet tili va fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar ulushi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy darajali, chet tili va fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʻlgan asosiy shtatdagi pedagoglar ulushi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy pedagoglar, shuningdek, xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar — Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities reytinglarida birinchi 1 000 ta oʻrinni egallagan oliy taʼlim muassasalari diplomlariga ega boʻlgan mahalliy pedagoglar ulushi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) reyting natijalari boʻyicha uzluksiz 3 yil davomida taʼlim sifatiga oid koʻrsatkichlarida salbiy dinamika kuzatilgan soʻnggi 5 ta oʻrindan birini egallab kelgan akademik litseylar boshqa oliy taʼlim muassasasi tasarrufiga oʻtkaziladi yoki boshqa turdagi taʼlim muassasasi sifatida qayta tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Iqtidorli yoshlarni oliy taʼlim muassasalariga jalb qilish, ular uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida oliy taʼlim muassasalari huzurida yangidan tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan maktab va akademik litseylar roʻyxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, oliy taʼlim muassasalari huzuridagi ixtisoslashtirilgan maktab direktorlari boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishilgan holda oliy taʼlim muassasasining rektori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar yangidan tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktab va akademik litseylar faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik va tadbirkorlik faoliyatidan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Taʼlim inspeksiyasi hamda Respublika oliy taʼlim kengashining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dars mashgʻulotlarini, shu jumladan respublika yoki xorijiy taʼlim muassasalarining yuqori malakali pedagoglari ishtirokida onlayn tarzda oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseylar bazasida ushbu litseylarga oʻqishga tayyorlash, kompyuter savodxonligini oshirish, kasb-hunar, jumladan Internet jahon axborot tarmogʻi yordamida xizmatlar koʻrsatish (ishlar bajarish) orqali oʻzini oʻzi band qilish (frilansing)ni oʻrgatish boʻyicha taʼlim xizmatlarini, yozgi va qishki maktablarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pullik taʼlim xizmatlarini koʻrsatish uchun mualliflik metodikalari asosida ishlab chiqilgan, boʻysunuvi boʻyicha tegishli oliy taʼlim muassasalari kengashi qarori bilan chop etilishiga ruxsat etiladigan tayyorlov oʻquv adabiyotlarini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Akademik litseylarga budjetdan tashqari, shuningdek oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtidorli pedagoglarning xorijiy mamlakatlar taʼlim muassasalarida oʻz mutaxassisligi boʻyicha qisqa muddatli malaka oshirish, shu jumladan onlayn kurslarda oʻqishi bilan bogʻliq xarajatlarni toʻliq yoki qisman qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori malakali, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni oʻquv jarayoniga jalb etish, alohida yutuqlarga erishgan pedagog va xodimlarga ustamalar hamda moddiy ragʻbatlantirishning boshqa turlari miqdorlarini mustaqil belgilash va toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtidorli, shuningdek aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlaridan boʻlgan oʻquvchilarni moddiy ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy-texnik bazani mustahkamlash, kanselyariya jihozlari, dasturiy mahsulotlar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalarini xarid qilish, tayyorlov oʻquv adabiyotlarini nashr etish, litseylar veb-saytlarini yaratish va taʼminlab borish, masofaviy taʼlim texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda, oliy taʼlim muassasalariga budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan oʻz tizimidagi akademik litseylarni ushbu bandda koʻrsatilgan xarajatlarni birgalikda moliyalashtirishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan 2021-yil 1-yanvardan boshlab akademik litsey pedagoglari va xodimlarining mehnatini munosib ragʻbatlantirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litsey pedagog va oʻquv-yordamchi xodimlari mehnatiga haq toʻlashda Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablarning tegishli xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari qoʻllaniladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litsey direktorining oʻquv-tarbiya jarayoni bilan bevosita bogʻliq boʻlgan oʻrinbosarlarining bazaviy lavozim maoshlariga 20 foiz miqdorida har oylik ustamalar toʻlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boʻysunuvi boʻyicha tegishli oliy taʼlim muassasasining moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqib, budjetdan tashqari, jumladan toʻlov-kontrakt mablagʻlari hisobidan akademik litseylarda oʻrnak koʻrsatgan pedagog va xodimlarga lavozim maoshlarining 100 foizigacha miqdorida har oylik ustamalar toʻlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) akademik litseylarning fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD), shuningdek fan doktori yoxud fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga, professor yoki dotsent ilmiy unvonlariga ega boʻlgan pedagog xodimlari mehnatga haq toʻlash shartlariga koʻra oliy taʼlim muassasasi katta oʻqituvchisiga tenglashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 2021-yil 1-yanvardan boshlab oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida taʼlim muassasasi rahbarining bazaviy lavozim maoshiga nisbatan bosh hisobchining bazaviy lavozim maoshi 80 foiz miqdorida, hisobchining bazaviy lavozim maoshi 60 foiz miqdorida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Belgilansinki, mazkur qarorning 17-bandi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya tizimidagi akademik litseylarning (bundan “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari mustasno) shahodatlanmagan maʼmuriy boshqaruv, pedagog va boshqa xodimlariga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseylar yoʻnalishlari va bloklariga qarab bir pedagog xodimga toʻgʻri keladigan oʻquvchilar soni nisbatining cheklangan normativi 1:12 nisbatda belgilanadi. Bunda, yoʻnalishlar va bloklar boʻyicha bir nafar pedagog xodimga toʻgʻri keladigan oʻquvchilar soni nisbatining normativlari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida chuqurlashtirib oʻqitiladigan fanlar boʻyicha har semestrda oʻquvchilarni salohiyatiga koʻra teng nisbatda guruhlarga boʻlib oʻqitishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Oʻ.R. Salomov) Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) bilan birgalikda uch oy muddatda amaldagi akademik litsey va professional taʼlim muassasalarining direktor jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish tartibini soddalashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A.J. Ortiqov) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I.U. Madjidov) hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda asoslangan hisob-kitoblarga binoan akademik litseylarning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash hamda jihozlash ishlarining 2022-yil va kelgusi yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturlariga muntazam kiritib borilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ushbu qarorda belgilangan chora-tadbirlarning samarali va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q.R. Sariyev, Qashqadaryo viloyati hokimi Z.T. Mirzayev, Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov, Sirdaryo viloyati hokimi Gʻ.Gʻ. Mirzayev, Surxondaryo viloyati hokimi T.A. Bobolov, Toshkent viloyati hokimi R.Q. Xolmatov, Xorazm viloyati hokimi F.U. Ermanov va Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxodjayev hududlarda oliy taʼlim muassasalari huzurida yangidan tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan maktab va akademik litseylar faoliyatini toʻlaqonli yoʻlga qoʻyishda har tomonlama koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari mazkur qarorda zimmasiga yuklangan vazifalar hamda Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning ijrosini oʻz vaqtida va sifatli tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I.U. Madjidov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari Oʻ.R. Salomov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2021-yil 1-iyun va 2021-yil 20-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 3-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4910-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik litseylarga iqtidorli yoshlarni saralab olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEXANIZMI

Saralab olish mexanizmi/Imtiyoz egalari

Imtihon/Imtiyoz mazmuni

Akademik litseylarga iqtidorli yoshlarni test sinovlari asosida saralab olish mexanizmi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan maxsus pavilyonlarda oʻtkaziladigan test sinovlari.

Test sinovlari quyidagi boʻlimlardan tashkil topadi:

I boʻlim — tanlangan yoʻnalishga mos 2 ta fan boʻyicha test sinovlari;

II boʻlim — intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash boʻyicha test.

Fan olimpiadalari, tanlovlar gʻoliblari va fanlarni oʻzlashtirish sertifikatiga ega boʻlganlar uchun imtiyozlar

Xalqaro matematika olimpiadasi (International Mathematical Olympiad (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi (International Physics Olympiad (IPhO), Xalqaro kimyo olimpiadasi (International Chemistry Olympiad (IChO), Xalqaro biologiya olimpiadasi (International Biology Olympiad (IBO), Xalqaro informatika olimpiadasi (International Olympiad in Informatics (IOI) xalqaro fan olimpiadalarida ishtirok etgan yoki Xalqaro Jautikov Olimpiadasi (International Zhautykov Olympiad (IZhO), Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi, Oʻsmirlar oʻrtasida Xalqaro Tabiiy fanlar olimpiadasi (International Junior Science Olympiad (IJSO), Xalqaro Matematika musobaqasi (International Mathematics Competition (IMC)dagʻoliblikni qoʻlga kiritgan umumtaʼlim muassasalarining 8-9-sinf oʻquvchilari.

Akademik litseyning mos yoʻnalishiga qabul parametrlaridan tashqari imtihonsiz qabul qilinadilar.

Umumtaʼlim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari orasidan fan olimpiadasining respublika bosqichida 1 — 3-oʻrinlar gʻoliblari.

Akademik litseyning mos yoʻnalishiga hujjat topshirganda, dastlabki yozma imtihondan ozod etiladi va ixtisoslik fani boʻyicha test sinovidan maksimal ball beriladi.

T/r

Sertifikatlar nomi

Tillar/Fanlar

Minimal ballar

1.

International English Language Testing System (IELTS academic)

Ingliz tili

5

2.

Test of English as a Foreign Language (TOEFL)

IBT 42

3.

Cambridge Assessment English PET

B1

4.

Goethe-Zertifikat

Nemis tili

B1

5.

TestDaf

B1

6.

Deutsches Sprachdiplom

B1

7.

Diplome d'Etudes en Langue Francaise (DELF)

Fransuz tili

B1

8.

Test de Connaissance du Francais (TCF)

B1

9.

Boshqa tillar uchun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha

Ispan, turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uygʻur, italyan, yapon tili

B1

10.

Umumtaʼlim fani va chet tilini bilish darajasi boʻyicha milliy sertifikat

tegishliligi boʻyicha

B1*

Mazkur chet tili va fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilarga akademik litseylarga kirish test sinovlarining fanlar majmuasiga kiritilgan mos chet tili va fanlardan imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.

Akademik litseylar tomonidan umumtaʼlim muassasalarining iqtidorli oʻquvchilarini jalb qilish maqsadida 8-9-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan olimpiada va tanlovlar gʻoliblari.

Ikki bosqichli saralab olish tizimi joriy etilgan akademik litseylarga oʻqishga kirishda dastlabki yozma imtihondan ozod etiladi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Izoh: umumtaʼlim fanini bilish darajasi boʻyicha minimal ball Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tajriba tariqasida ikki bosqichli imtihon sinovlari orqali iqtidorli yoshlarni saralab olish tartibi joriy etiladigan akademik litseylar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Akademik litsey nomi

1.

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi akademik litsey

2.

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti huzuridagi akademik litsey

3.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi akademik litsey

4.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi akademik litsey

5.

Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi akademik litsey

6.

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi akademik litsey

7.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi akademik litsey

8.

Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi akademik litsey

9.

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti huzuridagi akademik litsey

10.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi akademik litsey

11.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi akademik litsey

12.

Toshkent moliya instituti huzuridagi akademik litsey

13.

Jizzax davlat pedagogika instituti huzuridagi akademik litsey

14.

Namangan davlat universiteti huzuridagi akademik litsey

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtidorli yoshlarni saralab olish va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chora-tadbirlar dasturi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

1.

Akademik litseyga oʻqishga qabul qilish, koʻchirish va oʻqishdan chetlatish tartibini takomillashtirish.

1. Akademik litseylarga umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilarini tanlab olish, oʻqishga qabul qilish, ularning oʻqishini koʻchirish va oʻqishdan chetlatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni, shu jumladan, quyidagilar asosida takomillashtirishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish:

a) quyidagilarga ruxsat etilmasligini belgilash:

akademik litseydan oʻqishdan chetlatilgan oʻquvchilar oʻqishini tiklashga;

umumtaʼlim muassasalaridan akademik litseylarga oʻqishni koʻchirishga;

akademik litseylararo oʻqishni koʻchirishga, qonun hujjatlarida oliy taʼlim muassasalari talabalariga oʻqishni koʻchirish uchun belgilangan uzrli sabablar hamda umumtaʼlim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari orasidan respublika, shuningdek 8-9-sinflar bitiruvchilari orasidan xalqaro nufuzli fan olimpiadalari gʻoliblarining boshqa akademik litseylar mos yoʻnalishlariga oʻqishni koʻchirishi bundan mustasno;

b) semestr yakuni boʻyicha ikki yoki undan ortiq fanni “qoniqarsiz” bahoga oʻzlashtirgan va tartib-qoidalarni qoʻpol ravishda buzgan oʻquvchilarni oʻqishdan chetlatish;

akademik litseylardan chetlatilgan oʻquvchilar oʻqishini yashash joyi boʻyicha umumtaʼlim muassasasiga koʻchirish.

2021-yil 1-aprel

-

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), tizimida oliy taʼlim muassasalari hamda akademik litseylar mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar

2. Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil 15-aprel

2.

Barcha fanlardan eng yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga ega boʻlgan 10 nafar oʻquvchiga akademik litsey pedagogik kengashi qaroriga koʻra “Akademik litseyimiz iftixori” stipendiyasini toʻlash.

1. Davlat budjetidan akademik litseylarga ajratilgan mablagʻlar hisobidan har semestrda bir marotaba uning yakuni boʻyicha barcha fanlardan eng yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga ega boʻlgan 10 nafar oʻquvchiga akademik litsey pedagogik kengashi qaroriga koʻra bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida “Akademik litseyimiz iftixori” stipendiyasi toʻlash tartibini belgilash.

2021-yil 1-may

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), tizimida oliy taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar

2. Mazkur tartib asosida oʻzlashtirish koʻrsatkichi yuqori boʻlgan oʻquvchilarga stipendiyalar toʻlab borish.

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab doimiy

3.

Akademik litseylar uchun ikki yillik tizimga moslashtirilgan hamda oʻquvchilarda muayyan kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan taʼlim va fan dasturlari asosida oʻquv adabiyotlari — darsliklar, oʻquv va oʻquv-metodik qoʻllanmalar yaratish tizimini takomillashtirish.

1. Akademik litseylar uchun ikki yillik tizimga moslashtirilgan hamda oʻquvchilarda muayyan kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan oʻquv va fan dasturlari asosida oʻquv adabiyotlari — darsliklar (shu jumladan, multimedia ilovalari bilan), oʻquv va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni yaratish tizimini xalqaro tajribalar (xususan, YUNESKO tavsiyalari) asosida isloh qilish, bu borada quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqish:

dars va fakultativ mashgʻulotlar olib borishda ilgʻor xorijiy mamlakatlar oʻquv adabiyotlaridan foydalanishga ruxsat berish;

muqobil oʻquv adabiyotlarini yaratish tizimiga bosqichma-bosqich oʻtish;

vazirlik tomonidan muqobil oʻquv adabiyotlariga qoʻyiladigan aniq talab va mezonlarni belgilash hamda keng jamoatchilik eʼtiboriga havola etish;

muqobil oʻquv adabiyotlarining ekspertizasi jarayonini raqamlashtirgan holda uni xolislik, oshkoralik asosida qisqa muddatlarda tashkil etish;

oʻrnatilgan talab va mezonlar hamda tegishli aprobatsiya natijalari asosida ekspertizadan oʻtgan muqobil oʻquv adabiyotlariga grif berish;

boʻysunuv boʻyicha oliy taʼlim muassasasi kengashi qarori asosida muqobil oʻquv adabiyotlaridan oʻquv jarayonida foydalanish huquqini berish;

akademik litseylar kutubxonalarini zarur miqdordagi zamonaviy oʻquv va badiiy adabiyotlar bilan muntazam taʼminlab borish manbalarini belgilash.

2021-yil 15-may

-

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev), tizimida oliy taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar

2. Chora-tadbirlar dasturi loyihasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil 1-iyun

4.

Akademik litsey pedagog xodimlarini ishga qabul qilish tartibini takomillashtirish.

Akademik litsey pedagog xodimlariga qoʻyiladigan talablarni kuchaytirish, onlayn tarzda vakant oʻrinlarga oʻtkazilayotgan tanlovlarga oid maʼlumotlarni eʼlon qilish hamda arizalarni qabul qilish, shuningdek, tanlov asosida ishga qabul qilishning shaffof va markazlashtirilgan elektron mexanizmi yaratilishini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2021-yil 1-aprel

-

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), tizimida oliy taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar

5.

Akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish.

1. Akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

2020-yil 1-sentabr

-

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev) tizimida oliy taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar

2. Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil 15-sentabr

6.

Akademik litseylarda guruh jurnali, reyting daftarchasi, oʻquv mashgʻulotlari, imtihon jadvallari, oʻquvchilar oʻzlashtirishi, davomati, diplom va akademik maʼlumotnomalarni raqamlashtirishni nazarda tutuvchi axborot tizimini joriy etish.

Barcha akademik litseylarda guruh jurnali, reyting daftarchasi, oʻquv mashgʻulotlari, imtihon jadvallari, oʻquvchilar oʻzlashtirishi, davomati, diplom va akademik maʼlumotnomalarni raqamlashtirishni nazarda tutuvchi axborot tizimini ishlab chiqish va unda, shu jumladan quyidagilarni koʻzda tutish:

oʻquvchilar hamda jamoatchilik nazoratini taʼminlash uchun ularning ota-onalari (ular oʻrnini bosuvchi shaxslar, vasiylar, homiylar) uchun mazkur axborot tizimidan foydalanish imkoniyatini yaratish;

axborot tizimida har bir akademik litsey oʻquvchilari va pedagoglari orasida yiliga kamida ikki marotaba anonim ijtimoiy soʻrov oʻtkazish imkoniyatining yaratilishi;

soʻrovda oʻquvchi-yoshlarning akademik faoliyati, taʼlim muassasasida yaratilgan sharoit, taʼlim sifatiga oid muammolar kabi masalalarning qamrab olinishi;

soʻrovnoma Taʼlim inspeksiyasi bilan birgalikda ishlab chiqilishi;

soʻrovnoma natijalaridan akademik litsey va boʻysunuvi boʻyicha tegishli oliy taʼlim muassasasi rahbariyatlari, shuningdek, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Taʼlim inspeksiyasi foydalanishlari mumkinligi.

2021-yil 1-avgust

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sodiqov), Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev), tizimida oliy taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar

2. Axborot tizimini joriy etish.

2021/2022 oʻquv yili

7.

Akademik litseylarga oʻqishga qabul qilish parametrlarini belgilash.

1. Akademik litseylarga oʻqishga qabul qilish parametrlarini shakllantirish.

Har yili 1-may

-

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Ortiqov), tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar

2. Akademik litseylarga qabul parametrlarini Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlash.

Har yili 1-iyun

8.

Akademik litseylarga oʻquvchilarni qabul qilish uchun imtihonlarni tashkil etish.

1. Akademik litseylarga kirish test sinovlarini oʻtkazishning aniq sana va joylari haqida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, oliy taʼlim muassasalari, akademik litseylar veb-saytlarida, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish.

Test sinovlarini oʻtkazishdan kamida 15 kun avval

-

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev),

tizimida oliy taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar

2. Test sinovlarini oʻtkazish.

Har yili iyun-iyul oylari

9.

Akademik litseylarga oʻqishga qabul qilish uchun oʻtkaziladigan test sinovlari majmuasini tasdiqlash.

1. Navbatdagi oʻquv yilida yoʻnalishlar boʻyicha test sinovlari oʻtkaziladigan fanlar majmuasini tasdiqlash hamda ularni navbatdagi oʻquv yili uchun eʼlon qilib borish.

2. Mantiqiy fikrlash darajasi (IQ)ni aniqlash boʻyicha test uchun tayyorlanishi lozim boʻlgan adabiyotlar roʻyxatini tasdiqlash va eʼlon qilish.

2021-yil 15-yanvar

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab har yili 1-noyabr

-

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Davlat test markazi (M. Karimov)

10.

Akademik litseylar oʻqituvchilarining malakasini oshirish.

Akademik litseylarning iqtidorli oʻqituvchilarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasining stipendiyasi asosida xorijiy mamlakatlarda malaka oshirish, stajirovka oʻtash, magistratura va doktoranturada oʻqitishni tashkil etish.

Doimiy

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), tizimida oliy taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi

11.

Akademik litseylarga iqtidorli oʻquvchilarni jalb qilish.

Akademik litseylarga iqtidorli oʻquvchilarni jalb qilish maqsadida umumtaʼlim muassasalari 8-9-sinf oʻquvchilari oʻrtasida shaffo? tarzda olimpiada va turli tanlovlar oʻtkazish, shuningdek umumtaʼlim muassasalarining 5-6-sinf oʻquvchilarining bilimi, qiziqishi va shaxsiy sifatlarini oʻrganish asosida yagona maʼlumotlar bazasini yaratish hamda umumtaʼlim maktablarida akademik litseylar faoliyati, qabul shartlari va imtiyozlar toʻgʻrisida oʻquvchilarni xabardor qilish boʻyicha keng targʻibot ishlarini olib borish.

Doimiy

-

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), tizimida akademik litseylar boʻlgan oliy taʼlim muassasalari

12.

Akademik litseylar bitiruvchilarining oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirishi darajasi boʻyicha tahlillar olib borish.

Akademik litseylarga umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilarini tanlab olish, oʻqishga qabul qilish, ularning oʻqishini koʻchirish va oʻqishdan chetlatish tartibiga muvofiq belgilangan talablarning tegishli oʻquv yilidagi ijrosi doirasida akademik litseylar bitiruvchilarining oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirishi darajasi, taʼlim muassasalari rahbarlari va pedagog xodimlariga nisbatan koʻrilgan choralar boʻyicha tahlillar oʻtkazib, Vazirlar Mahkamasi va Prezident Administratsiyasiga axborot kiritish.

2021-yil 1-may

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab har yili 1-oktabr

-

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev), Davlat test markazi (M. Karimov), tizimida oliy taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish boʻyicha komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻ.R. Salomov

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisi

U.U. Sharifxodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari

Sh.U. Turdikulova

Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining birinchi oʻrinbosari

A.J.. Ortiqov

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot  va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari

E.M. Muxitdinov

Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari

J.I. Abruyev

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari

O.A. Pekos

Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari

Sh.I. Asadov

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

O.A. Qoʻysinov

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining oʻrinbosari

S.B. Radjabov

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori oʻrinbosari

U.P. Umurzakov

Respublika oliy taʼlim kengashi raisi

R.I. Xolmurodov

Samarqand davlat universiteti rektori

K.X. Karimov

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori

S.S. Niyazbekov

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bosh boshqarma boshligʻi, komissiya kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya faoliyatiga kelishilgan holda boshqa vazirliklar, idoralar, xoʻjalik jamiyatlari va fuqarolik jamiyati institutlari rahbarlari va mutaxassislari jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalari huzurida yangidan tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan maktab va akademik litseylar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan maktab/akademik litsey nomi

Ixtisoslashtirilgan maktab/akademik litsey joylashtiriladigan bino

I. 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab faoliyati tashkil etiladigan taʼlim muassasalari

1.

Urganch davlat universiteti huzuridagi fizika-matematika va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan maktab

Xorazm viloyati, Urganch shahar 6-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

2.

Nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi matematika faniga ixtisoslashtirilgan maktab

Nukus davlat pedagogika instituti qoshidagi faoliyati tugatilgan akademik litsey

II. 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab faoliyati tashkil etiladigan taʼlim muassasalari

1.

Oʻzbekiston milliy universiteti huzuridagi aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab

Oʻzbekiston Milliy universiteti qoshidagi faoliyati tugatilgan akademik litsey

2.

Samarqand davlat universiteti huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab

Samarqand davlat universiteti qoshidagi Urgut tumani 3-sonli faoliyati tugatilgan akademik litsey

3.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti qoshidagi faoliyati tugatilgan Yunusobod akademik litseyi

4.

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti qoshidagi faoliyati tugatilgan akademik litsey

5.

Toshkent davlat pedagogika universitetining Shahrisabz filiali huzuridagi akademik litsey

Faoliyati tugatilgan Shahrisabz axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji filiali

6.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali huzuridagi akademik litsey

Faoliyati tugatilgan Oqoltin sanoat kasb-hunar kolleji

7.

Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali huzuridagi akademik litsey

Faoliyati tugatilgan Qiziriq qishloq xoʻjalik va servis kasb-hunar kolleji

8.

Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali huzuridagi akademik litsey

Faoliyati tugatilgan Angren xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Xorazm viloyati, Urganch shahar 6-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi ham faoliyatini oʻz binosida davom ettiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab faoliyati tashkil etiladigan taʼlim muassasalariga qabul oʻquv yili davomida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2020-y., 07/20/4910/1593-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son; 03.08.2022-y., 07/22/344/0704-son; 08.08.2022-y., 06/22/183/0721-son; 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 11.09.2025-y., 06/25/164/0821-son; 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)