Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MALAYZIYADA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ELCHIXONASINI OCHISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Malayziya oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida 1992-yil 21-fevraldagi Protokolga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasi taʼsis etilsin.
* 2-ilova berilmaydi.
1996-yil uchun Elchixona xodimlari soni 5 nafardan iborat etib belgilansin, ulardan: 3 kishi — diplomatik tarkib xodimlari, 2 kishi — texnik xodimlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xodimlarning butlanishiga qarab xarajatlar smetasiga muvofiq 1996-yil uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda shtat jadvaliga muvofiq Elchixonaning diplomatik xodimlari tarkibini butlash uchun nomzodlar yuzasidan taklif kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasining Malayziyadagi Elchisi maishiy, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi vaziriga tenglashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 22-noyabr,
409-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 13-dekabrdagi 438-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)