Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi QL-459-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari N. Aytjanova, Z. Bekatova, M. Dadaxodjayeva va D. Fayziyeva tomonidan 2019-yil 16-yanvarda kiritilgan “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi QL-459-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari S. OTAMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 6-fevral,
2325-III-son