Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni doirasida erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarida biznes subyektlarini joylashtirish, ularga imtiyoz va preferensiyalar berishni tashkiliy va huquqiy jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida Hukumat soati.
2. “Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 135-moddasiga oʻzgartish kiritish haqida”gi QL-413-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (ikkinchi oʻqish).
3. “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Doing business” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-433-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
4. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-453-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
5. “Ichki ishlar organlari faoliyatining isloh qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek “Militsiya xodimlarini ijtimoiy va huquqiy jihatdan himoya qilishni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi QL-457-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
6. “Xalqaro mehnat tashkilotining Xalqaro mehnat normalari qoʻllanilishiga koʻmaklashish uchun uch tomonlama maslahatlashuvlar toʻgʻrisidagi 144-son konvensiyasini (Jeneva, 1976-yil 21-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-460-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari S. OTAMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 5-fevral,
2317-III-son