Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Ona suti bilan oziqlantirishni qoʻllab-quvvatlash hamda goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar toʻgʻrisida”gi QL-475-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (Goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalarning ovqatlanishi toʻgʻrisida)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Ona suti bilan oziqlantirishni qoʻllab-quvvatlash hamda goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar toʻgʻrisida”gi QL-475-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2019-yil 12-iyul,
2584-III-son