Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Xalqaro uzumchilik va vinochilik tashkilotini taʼsis etish toʻgʻrisidagi Bitimni (Parij, 2001-yil 3-aprel) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-523-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018-yil 3-iyulda kiritilgan “Xalqaro uzumchilik va vinochilik tashkilotini taʼsis etish toʻgʻrisidagi Bitimni (Parij, 2001-yil 3-aprel) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-523-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2019-yil 12-iyul,
2586-III-son