Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-463-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2019-yil 11-fevralda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-463-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini dastlabki tarzda koʻrib chiqish uchun Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi masʼul etib belgilansin.
2. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishni tashkil etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi guruh ushbu qonun loyihasini Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasiga, siyosiy partiyalar fraksiyalariga hamda Oʻzbekiston ekologik harakati deputatlar guruhiga topshirsin.
3. Yuridik boʻlim bir hafta muddatda mazkur qonun loyihasining huquqiy ekspertizasini tashkil etsin hamda Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasiga xulosa taqdim etsin.
4. Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi siyosiy partiyalar fraksiyalari, Oʻzbekiston ekologik harakati deputatlar guruhining fikrlari va takliflarini hamda Yuridik boʻlimning xulosasini hisobga olgan holda Qonunchilik palatasi Kengashiga mazkur qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi toʻgʻrisida xulosa taqdim etsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari S. OTAMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 12-fevral,
2344-III-son