Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hayʼati aʼzolari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-oktabrdagi 579-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hayʼati aʼzolarining tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlari hayʼatlarining faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 19-oktabrdagi 855-son qarori hamda 2019-yil 15-yanvardagi 29-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hayʼati aʼzolarining soni 9 (toʻqqiz) kishidan iborat boʻlishi belgilab qoʻyilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hayʼati aʼzolari tarkibi tasdiqlansin:
|
1. |
Maqsudov Alisher Irkinovich |
— |
rais |
|
2. |
Oblomuradov Narzullo Naimovich |
— |
raisning birinchi oʻrinbosari |
|
3. |
lavozim boʻyicha |
— |
rais oʻrinbosari |
|
4. |
Boqijanov Islombek Ismoilovich |
— |
rais oʻrinbosari |
|
5. |
Sobirov Oʻlmas Aliqulovich |
— |
Atrof muhit ifloslanishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish boshqarmasi boshligʻi |
|
6. |
Tagayev Ikromjon Komiljonovich |
— |
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha inspeksiyasi boshligʻi |
|
7. |
Sadikov Abdurashid Abdujalilovich |
— |
Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar masalalari bosh boshqarmasi boshligʻi |
|
8. |
Haytboyev Vohidjon Tumanboyevich |
— |
Yigʻma axborot-tahlil boshqarmasi boshligʻi |
|
9. |
lavozim boʻyicha |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi |
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hayʼat aʼzolari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 21-avgustdagi 654-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 30-noyabr,
755-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/755/1574-son)