01.12.2020 yildagi O‘RQ-652-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 02.12.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 10-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2020-yil 20-noyabrda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrda qabul qilingan “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-589-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 12, 883-modda; 2020-yil, № 5, 297-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 8-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tovarlar (xizmatlar) nomi

Soliq stavkasi

2020-yil 1-yanvardan

2020-yil 1-apreldan

2020-yil 1-oktabrdan

1.

Oziq-ovqat xomashyosidan rektifikatsiyalangan etil spirti, rektifikatsiyalangan va efiroaldegidli fraksiyadan texnik etil spirti va etil spirtining boshlangʻich fraksiyasi (1 dal uchun)

10 800 soʻm

2.

Vino (1 dal tayyor mahsulot uchun):

tabiiy ravishda achitilgan tabiiy vinolar (etil spirti qoʻshilmagan holda)

7 700 soʻm

boshqa vinolar

14 500 soʻm

3.

Konyak (1 dal tayyor mahsulot uchun)

102 000 soʻm

hajmiy ulushda spirt 40 foizdan koʻp boʻlgan konyak

168 100 soʻm

4.

Aroq �a boshqa alkogolli mahsulotlar (1 dal tayyor mahsulot uchun)

98 000 soʻm

hajmiy ulushda spirt 40 foizdan koʻp boʻlgan aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar

162 700 soʻm

5.

Pivo (1 dal tayyor mahsulot uchun)

10 600 soʻm

6.

Filtrli, filtrsiz sigaretalar, papiroslar

141 500 soʻm/1000 dona + 9,0 foiz*

152 800 soʻm/1000 dona + 9,0 foiz*

163 500 soʻm/1000 dona + 9,0 foiz*

7.

Zargarlik buyumlari

25%

8.

Mobil aloqa xizmatlari

20%

9.

Kumushdan ishlangan oshxona anjomlari

11%

10.

Neft mahsulotlari:

Ai-80 benzini

200 000 soʻm/ tonna

Ai-91, Ai-92, Ai-93, Ai-95 benzini va undan yuqori

250 000 soʻm/ tonna

dizel yoqilgʻisi

200 000 soʻm/ tonna

EKO-dizel yoqilgʻisi

180 000 soʻm/ tonna

aviakerosin

180 000 soʻm/ tonna

dizel yoki karbyurator (injektor) dvigatellari uchun motor moyi

250 000 soʻm/ tonna

11.

Tabiiy gaz, shu jumladan, eksport

20%

12.

Ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan sotiladigan suyultirilgan gaz (“Hududgaztaʼminot” AJ orq?li aholiga sotiladigan hajmlar bundan mustasno), shu jumladan, eksport

30%

13.

Polietilen granulalar

30%

14.

Yakuniy isteʼmolchiga sotiladigan:**

benzin

1 litr uchun 285 soʻm/

1 tonna uchun 378 480 soʻm

dizel yoqilgʻisi

1 litr uchun 285 soʻm/

1 tonna uchun 346 275 soʻm

suyultirilgan gaz

1 litr uchun 285 soʻm/

1 tonna uchun 540 645 soʻm

siqilgan gaz

1 kub.metr uchun 435 soʻm

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Aksiz soligʻining qatʼiy belgilangan stavkasi aksiz toʻlanadigan tovarlar natura ifodasidagi hajmiga nisbatan qoʻllaniladi, aksiz soligʻining advalor stavkasi ishlab chiqaruvchining aksiz soligʻi va qoʻshilgan qiymat soligʻi qoʻshilmagan holda realizatsiya qilingan tovarlar qiymatiga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Benzin, dizel yoqilgʻisi va suyultirilgan gazni avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari orqali sotishda aksiz soligʻi 1 litrdan kelib chiqib, boshqa hollarda esa 1 tonnadan kelib chiqib hisoblab chiqariladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 11-ilova quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Izoh: Qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliqni koʻpaytirish (yetishtirish) uchun foydalaniladigan suv hajmlari boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2020-yil uchun belgilangan stavkalardan 50 foizga pasaytiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 14-ilovaning izohi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2020-yil 1-apreldan 2020-yil 31-dekabrga qadar boʻlgan davrda umumiy ovqatlanish korxonalari alkogol mahsulotini chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim toʻlashdan ozod qilinadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-599-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova; 2020-yil, № 3, 198-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 97-moddaning oʻn uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushbu bobning qoidalari soliq agentlariga va ushbu Kodeksning 482-moddasida nazarda tutilgan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) quyidagi mazmundagi 72-bob bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“72-bob. Alohida sharoitlarda soliq majburiyatlarini bajarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
481-modda. Alohida sharoitlarda qoʻshimcha vakolatlar berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 2020-yilning alohida sharoitlarida quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga haqlidir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ushbu Kodeksda va “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan ayrim soliqlar va yigʻimlar (bundan qoʻshilgan qiymat soligʻi va yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq mustasno) stavkalarini oʻzgartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ushbu Kodeksda belgilangan soliqlar, shu jumladan ular boʻyicha boʻnak va joriy toʻlovlar hamda yigʻimlarni toʻlash muddatlarini uzaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) soliq, moliyaviy hisobotlarni va (yoki) soliqlarni hisoblab chiqarish bilan bogʻliq boshqa hujjatlarni, shuningdek ularni taqdim etmaganlik (oʻz vaqtida taqdim etmaganlik) uchun javobgarlikni qoʻllamaslik asoslari va (yoki) shartlarini taqdim etish muddatlarini uzaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) soliqlar, penyalar va jarimalarni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish, shuningdek ularni berish tartibi va shartlarini qayta koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) soliqlar, yigʻimlar, penyalar va jarimalarni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnomalarni joʻnatish va ijro etish muddatlarini, shuningdek soliqlar, yigʻimlar, penyalar, jarimalarni undirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish muddatlarini uzaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) soliqlar va yigʻimlar boʻyicha (bundan qoʻshilgan qiymat soligʻi va yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq mustasno) soliq imtiyozlarini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) soliqlar, penyalar va jarimalarni majburiy undirish choralarini toʻxtatib turish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilishi davrida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlar ushbu normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
482-modda. Soliqlarni, soliqlar boʻyicha boʻnak toʻlovlarini toʻlash boʻyicha foizsiz toʻlashni kechiktirishning yoki boʻlib-boʻlib toʻlashni qoʻllashning va alohida sharoitlarda soliq majburiyatlarini bajarishning vaqtinchalik tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlarni, soliqlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari boʻyicha foizsiz kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati quyidagilar boʻyicha beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeks 17-moddasi birinchi qismining 6, 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan soliqlar boʻyicha — mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, agar ushbu qismning uchinchi xatboshisida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa. Koʻrsatilgan soliqlarga nisbatan kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati 2020-yil 31-dekabrga qadar soddalashtirilgan asosda, olti oydan koʻp boʻlmagan muddatga berilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeks 17-moddasi birinchi qismining 6 — 9-bandlarida koʻrsatilgan soliqlar va aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha — oʻz faoliyatini toʻxtatgan va (yoki) tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasidan tushumlar miqdori 2020-yilning birinchi choragida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi oʻrtacha oylik koʻrsatkichga nisbatan 50 foizdan koʻproqqa kamayadigan mikrofirmalar, kichik korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga. Bunday soliqlarga nisbatan ushbu moddaning beshinchi qismida belgilangan tartibda 2020-yil 1-oktabrga qadar kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) imkoniyati berilib, kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) imkoniyati berilgan soliqlar summalari keyinchalik toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 11-bobida nazarda tutilgan soliqlarni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish tartibi soliqlarni toʻlash boʻyicha foizsiz kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berishning ushbu moddada nazarda tutilgan tartibiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlarni, soliqlar boʻyicha boʻnak toʻlovlarni toʻlash boʻyicha foizsiz kechiktirish va boʻlib-boʻlib toʻlashning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan imkoniyati — soliq toʻlovchining arizasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi hududiy boʻlinmalari rahbarlarining xulosalari asosida, boshqa hujjatlar talab qilib olinmagan holda beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan imkoniyati — mikrofirmalar, kichik korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan ular soliq organlariga quyidagilarni taqdim etgan taqdirda qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq solish obyekti joylashgan joy boʻyicha — mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha kechiktirishni (boʻlib-boʻlib toʻlashni) qoʻllash toʻgʻrisidagi bildirishni ushbu Kodeks 417-moddasining oltinchi qismida, 432-moddasining birinchi qismida va 448-moddasining uchinchi qismida belgilangan soliqni, soliq boʻyicha boʻnak toʻlovini toʻlash muddatlaridan kechiktirmay, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan esa mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha kechiktirishni (boʻlib-boʻlib toʻlashni) qoʻllash toʻgʻrisidagi bildirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqqa doir hisobga olish joyi boʻyicha — aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliq boʻyicha kechiktirishni (boʻlib-boʻlib toʻlashni) qoʻllash toʻgʻrisidagi bildirishni soliq hisobotini taqdim etish uchun belgilangan muddat bilan bir vaqtda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchilar tomonidan ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan soliqlarni, soliqlar boʻyicha boʻnak toʻlovlarini toʻlash boʻyicha kechiktirishni (boʻlib-boʻlib toʻlashni) soliq organlarini xabardor qilmagan holda qoʻllanilganligiga soliqlarni, soliqlar boʻyicha boʻnak toʻlovlarini oʻz vaqtida toʻlamaganlik sifatida qaraladi. Mazkur hollarda bunday soliq toʻlovchilarni aniqlagan soliq organlari toʻlanmagan soliqlarning, soliqlar boʻyicha boʻnak toʻlovlarining summasiga ushbu Kodeksning 110-moddasida belgilangan tartibda penya hisoblaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan, kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) imkoniyati berilgan soliqlarga nisbatan soliqning, soliqlar boʻyicha boʻnak toʻlovlarining summalarini toʻlash 2020-yil 1-oktabrdan keyin amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ijtimoiy soliq boʻyicha — olti oy davomida teng ulushlarda, ushbu Kodeks 407-moddasining beshinchi qismida va 408-moddasining toʻrtinchi qismida belgilangan soliqni toʻlash muddatlaridan kechiktirmay;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) quyidagilar boʻyicha oʻn ikki oy davomida teng ulushlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha — ushbu Kodeks 417-moddasining oltinchi qismida belgilangan soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlarini toʻlash muddatidan kechiktirmay, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun esa har oyning oʻn beshinchi kunidan kechiktirmay;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarning yer soligʻi boʻyicha — ushbu Kodeksning 432-moddasi birinchi qismida belgilangan soliqni toʻlash muddatidan kechiktirmay, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun esa — har oyning oʻn beshinchi sanasidan kechiktirmay;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha — ushbu Kodeks 448-moddasining uchinchi qismida belgilangan soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlarini toʻlash muddatidan kechiktirmay;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha — har oyning oʻn beshinchi kunidan kechiktirmay.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlarni, soliqlar boʻyicha boʻnak toʻlovlarini toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilgan davrda soliq toʻlovchi tugatilgan taqdirda kechiktirilgan (boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilgan) toʻlov summasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda budjet tizimiga toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlash 2020-yil 15-oktabrga qadar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yilda foyda soligʻining soliq toʻlovchisi joriy hisobot davri birinchi oyining yigirmanchi kunigacha joriy hisobot davri uchun foyda soligʻi boʻyicha har oylik boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi soliq organiga moʻljallanayotgan foydadan kelib chiqqan, foyda soligʻini oʻtgan chorak natijalari asosida hisoblab chiqarishning belgilangan talabi bekor qilingan holda taqdim etishga haqlidir. Foyda soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlari summasini kamaytirish holatlari aniqlangan taqdirda, soliq organlari har oylik boʻnak toʻlovlari summasini qayta koʻrib chiqishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 393-moddasida koʻrsatilgan daromadlar boʻyicha soliq toʻlovchilar 2019-yil uchun jami yillik daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyani doimiy yashash joyidagi soliq organiga 2020-yil 1-avgustga qadar taqdim etadi. 2019-yil uchun jami yillik daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya maʼlumotlariga koʻra jismoniy shaxslardan olinadigan hisoblab chiqarilgan daromad soligʻini toʻlash bunday deklaratsiyani taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
483-modda. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-oktabrgacha boʻlgan davr uchun foyda soligʻini hisoblab chiqarishda tijorat banklari tomonidan moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlarning kreditlari boʻyicha toʻlovlarni kechiktirish imkoniyati berilgan davrda hisoblangan va kechiktirilgan foizlar summasi jami daromad tarkibiga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 31-dekabrga qadar boʻlgan davrda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonxona xizmatlari (joylashtirish xizmatlari) koʻrsatuvchi subyektlar, “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibiy boʻlinmalari, “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibiga kiruvchi masʼuliyati cheklangan jamiyatlar shaklidagi xalqaro aeroportlar, shuningdek “Oʻzaeronavigatsiya markazi” davlat unitar korxonasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarning mol-mulkidan olinadigan soliqni va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlashdan ozod qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasi boʻyicha toʻlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmasi oyiga bir milliard soʻmdan oshmaydigan, elektron hisob-fakturalarni qoʻllovchi qoʻshilgan qiymat soligʻi soliq toʻlovchilari qoʻshilgan qiymat soligʻini har choraklik asosda, ushbu Kodeksning 37-bobida belgilangan tartibda hisoblab chiqarishga va toʻlashga haqli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) foyda soligʻini hamda aylanmadan olinadigan soliqni hisoblab chiqarishda jami daromad tarkibiga ushbu Kodeks 299-moddasining toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan daromadlar kiritilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) qatʼiy belgilangan miqdorda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini va ijtimoiy soliqni hisoblashni hamda toʻlashni ushbu Kodeksning 392 va 408-moddalarida koʻrsatilgan, karantin tadbirlari davrida oʻz faoliyatini majburiy tarzda toʻxtatib turgan soliq toʻlovchilarga nisbatan toʻxtatib turish faoliyatni amalga oshirish joyidagi soliq organlariga soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali elektron hujjat tarzida yuboriladigan faoliyatning vaqtinchalik toʻxtatib turilishi toʻgʻrisidagi bildirish asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchi faoliyati tiklangan taqdirda faoliyatni amalga oshirish boshlanguniga qadar bu haqida faoliyatni amalga oshirish joyidagi soliq organlarini shunga oʻxshash tartibda xabardor qilishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish boʻyicha tibbiyot va karantin obyektlarini qurish hamda ularning faoliyat koʻrsatishi uchun zarur boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan qurilish materiallari va boshqa tovarlar qoʻshilgan qiymat soligʻini va aksiz soligʻini toʻlashdan ozod etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) ushbu Kodeks 415-moddasining uchinchi qismida, 422-moddasining oltinchi qismida, 429-moddasining toʻqqizinchi qismida va 437-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan, shu jumladan 2020-yil 1-aprelga qadar aniqlangan obyektlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha oshirilgan soliq stavkalari, shuningdek ular boʻyicha penya hisoblash va qarzdorlikni majburiy undirish choralari qoʻllanmaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun 2-moddasining qoidalari 2020-yil 1-martdan eʼtiboran yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-652-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.12.2020-y., 03/20/652/1581-son)