Jizzax viloyati Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining
Qarori
Tumandagi Bobur, Yangiboʻston, Chinobod, Zarafshon, Baxtli, Gulbahor, Doʻstlik, Tinchlik, Choʻlquvar va Boʻston mahalla fuqarolar yigʻinlarining hududlaridagi nomi oʻzgaradigan koʻchalarga qayta nom berish boʻyicha takliflarini koʻrib chiqish va tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-martdagi “Shaxarlar, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning maxallalarini tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish va ularni nomini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomini tasdiqlash haqida”gi 48-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 2019-yil 27-dekabrdagi 661-08-sonli buyrugʻi hamda Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash boʻyicha tuman komissiyasining 2020-yil 3-iyuldagi 01-131-sonli yigʻilish bayonini inobatga olib xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash boʻyicha tuman komissiyasining tumandagi Bobur, Yangiboʻston, Chinobod, Zarafshon, Baxtli, Gulbahor, Doʻstlik, Tinchlik, Choʻlquvar va Boʻston mahalla fuqarolar yigʻinlarining hududlaridagi nomi oʻzgaradigan koʻchalarga qayta nom berish boʻyicha bergan takliflari maʼqullansin.
2. Tumandagi Bobur, Yangiboʻston, Chinobod, Zarafshon, Baxtli, Gulbahor, Doʻstlik, Tinchlik, Choʻlquvar va Boʻston mahalla fuqarolar yigʻinlarining hududlaridagi nomi oʻzgaradigan koʻchalar 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman ichki ishlar boʻlimi (Y. Akaboyev) nomi oʻzgartiriladigan koʻchalarga va nomsiz koʻchalarga hududlar aholisining fuqarolik pasportiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish ishlarini tashkiliy ravishda amalga oshirilishi yuzasidan zarur chora-tadbirlarni belgilasin.
4. Tuman davlat xizmatlari markazi (J. Almatov)ga va tegishli idora hamda tashkilotlarga fuqarolar yigʻinlaridagi koʻchalarga va nomsiz koʻchalariga nom berish boʻyicha roʻyxatga olish haqidagi meʼyoriy hujjatlarga belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritish vazifasi topshirilsin.
5. Tuman hokimining oʻrinbosari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi (G. Xaydarova) hamda fuqarolar yigʻinlari raislariga nomi oʻzgartirilgan va yangi nom beriladigan koʻchalarga belgilangan nom lavxalarini oʻrnatish hamda har bir hondonni raqamlash vazifasi yuklatilsin.
6. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
7. Ushbu qarornining ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining sanoat, transport, qurilish, kommunal xoʻjaligi masalalari va aholiga xizmat koʻrsatish boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi J. BERDIBOYEV
Arnasoy sh.,
2020-yil 18-avgust,
8/9-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2020-y., 11/20/8/9/1542-son)