17.08.2020 yildagi 8/6-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sharof Rashidov tumani hududidagi mahalla fuqarolar yigʻinlaridagi mavjud qonunga zid nomlarni qayta nomlash, bir-birini takrorlovchi koʻcha nomlarini oʻzgartirish, mavjud koʻchalarga yangi nom berish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumandagi bir-birini takrorlovchi koʻchalar nomini qayta nomlash, jumladan joylarning qadimiy nomlarini tiklash yuzasidan tushgan takliflar koʻrib chiqildi va mazkur takliflar atroflicha muhokama qilinib, koʻchalarni qayta nomlash hamda tumandagi mavjud koʻcha nomlarini tasdiqlash toʻgʻrisida Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi tomonidan taqdim etilgan xulosalar hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlarini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 295-sonli qarori hamda tuman komissiyasi takliflarini inobatga olib, Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sharof Rashidov tumani hududidagi bir-birini takrorlovchi koʻcha nomlarini oʻzgartirish hamda mavjud koʻchalarga yangi nom berish boʻyicha tuman hokimligi huzuridagi geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) xulosalari maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Komissiyaning Sharof Rashidov tuman hududidagi mavjud qonunga zid nomlarni qayta nomlash hamda nomsiz koʻchalarga nom berish boʻyicha takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sharof Rashidov tumanida joylashgan mahalla fuqarolari yigʻinlaridagi qayta nomlangan koʻchalar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman hududidagi nomi oʻzgarmaydigan koʻchalar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman hududidagi nomlari oʻzgartirilayotgan mahalla fuqarolari yigʻinlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman hududidagi nomsiz koʻchalarga berilgan yangi nomlar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman statistika boʻlimi (X. Shokirov), Jizzax viloyati “Yermulkkadastr” davlat korxonasi Sharof Rashidov tumani filiali (N. Imomqulov), tuman arxitektura va qurilish boʻlimi (J. Komilov) hamda tegishli mutasaddi va davlat organlariga amaldagi tartibda nom berilgan va nomlari oʻzgartirilgan mahalla fuqarolar yigʻini, aholi punktlari va koʻchalarning tarkibiy qismlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va elektron bazasini shakllantirish, ish yuritish hujjatlariga oʻzgartirish kiritish bilan bogʻliq barcha tadbirlarni amalga oshirish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman Ichki ishlar boʻlimi (Oʻ. Asqarov) nom berilgan va nomlari oʻzgartirilgan hududlarda aholining fuqarolik pasportlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish ishlarini tashkiliy ravishda amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish boʻyicha tuman komissiyasi (O. Meliboyev, N. Rahmonqulov) nom berilgan va nomi oʻzgartirilgan mahalla fuqarolar yigʻini, aholi punktlari va koʻchalarga ularning nomlari yozilgan metall koʻrsatkich va belgilar, peshlavhalar bosqichma-bosqich oʻrnatilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki, geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarini moliyalashtirish mahalliy budjet mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Jizzax ovozi” gazetasi (A. Mustofoqulov) ushbu qaror gazeta sahifasida yoritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning ijrosini taʼminlash xalq deputatlari tuman Kengashining ijtimoiy-madaniy sohani rivojlantirish, oila, xotin-qizlar va yoshlar masalalari doimiy komissiyasi (G. Mamaraximova)ga va qaror ijrosini taʼminlash geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalari boʻyicha tuman komissiyasi (O. Meliboyev) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman Kengashi raisi, tuman hokimi M.XOLBUTAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sharof Rashidov t.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 17-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8/6-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2020-y., 11/20/8/6/1552-son)