23.10.2020 yildagi 64/11-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2021 — 2023-yillarga moʻljallangan ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimini kompleks rivojlantirish dasturi”ga viloyat boʻyicha kiritilayotgan loyihalar hamda ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari tariflari taqdimoti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 25.09.2020-yildagi “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish hamda sohadagi investitsiya loyihalari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6074-son Farmoniga muvofiq hamda Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish hamda sohadagi investitsiya loyihalari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6074-son Farmoni ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Jizzax Suv taʼminoti” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori “2021 — 2023-yillarga moʻljallangan ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimini kompleks rivojlantirish dasturi”ga viloyat boʻyicha kiritilayotgan loyihalar hamda ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari tariflari yuzasidan taqdimoti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Viloyatda “2021 — 2023-yillarga moʻljallangan ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimini kompleks rivojlantirish” Dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari, viloyat moliya bosh boshqarmasi , viloyat uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi, “Suv taʼminoti va oqova suv obyektlari qurilishi boʻyicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi Jizzax viloyat boshqarmasi bilan birgalikda “Dastur”ga kiritilgan loyihalarni belgilangan tartibda va oʻz muddatida moliyalashtirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Suv taʼminoti va oqova suv obyektlari qurilishi boʻyicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi Jizzax viloyat boshqarmasi dasturga kiritilgan loyihalarni oʻz vaqtida sifatli qurib foydalanishga topshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Viloyat qurilish bosh boshqarmasi, viloyat arxitektura va qurilish nazorati inspeksiyasi bilan birgalikda xar bir obyektda ishlarning sifati boʻyicha alohida nazorat oʻrnatilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari, viloyat uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi, “Suv taʼminoti va oqova suv obyektlari qurilishi boʻyicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi Jizzax viloyat boshqarmasi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi “Suvinspeksiya”ning Jizzax viloyati bosh inspektoriga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur ijrosini monitoring qilib borish boʻyicha ishchi guruhini tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi guruhi tomonidan taqdim etilgan tahliliy maʼlumotlar asosida Dastur ijrosini xar oyda bir marotaba majlislarda tanqidiy muhokama qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vaqtida va toʻliq bajarilmagan loyihalar yuzasidan masʼul boshqarma, tashkilot va muassasalar rahbarlariga nisbatan tegishli choralarni koʻrish boʻyicha takliflarni kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar boʻyicha xar oyda xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyatiga maʼlumot kiritib borilishini taʼminlash vazifalari yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Dastur doirasida qurilishi tugallangan ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv tizimlari obyektlaridan samarali foydalanilishini taʼminlash maqsadida foydalanuvchi balansiga qabul qilishdan oldin viloyat arxitektura va qurilish nazorati inspeksiyasining ijobiy xulosasi olinishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur ijrosini taʼminlanishi yuzasidan doimiy nazorat oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarida amalga oshirilayotgan xar bir loyihani toʻliq yakuniga qadar joyiga chiqqan xolda oʻrganib borilishini hamda bu borada qatʼiy deputatlik nazorati oʻrnatishni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Jizzax Suv taʼminoti” MChJ tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida korxonani modernizatsiya qilish xarajatlarini inobatga olib, viloyat Moliya bosh boshqarmasi va viloyat Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan berilgan xulosalarga asosan ichimlik suvi1 metr kubi tarif narxi aholi isteʼmolchilari uchun 2500 soʻm, yuridik tashkilotlari uchun 3500 soʻm (qoʻshimcha qiymat soligʻisiz), kanalizatsiya xizmati uchun aholiga 1000 soʻm, yuridik tashkilotlariga 1500 soʻm (qoʻshimcha qiymat soligʻisiz) etib tariflar tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Axborotlashtirish va ommaviy kommunikatsiyalar viloyat boshqarmasi, viloyat televideniyesi, “Jizzax haqiqati” gazetasi tahririyatiga dastur ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlarni doimiy ravishda ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Sanoat, transport, qurilish, aloqa, kommunal xoʻjalik hamda aholiga xizmatlar koʻrsatish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (T. Usmonov) va viloyat hokimining oʻrinbosarlari (N. Rajabov, A. Raxmonqulov) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat Kengash raisi, viloyat hokimi E. SALIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 23-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64/11-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2020-y., 11/20/64/11/1544-son)