08.12.2016 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.04.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Fransiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida Fransiya taraqqiyot agentligi va “PROPARKO”ni taʼsis etish va ularning faoliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Fransiya Respublikasi Hukumati (keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar),
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning doʻstlik va hamkorlik rishtalarini mustahkamlashga oʻzaro intilishlarini inobatga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning tenglik va oʻzaro manfaatdorlik prinsiplari asosida iqtisodiy va moliyaviy hamkorlikni faollashtirish va kengaytirish oʻzaro istagini hisobga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fransiya taraqqiyot agentligi (keyingi oʻrinlarda “FTA” deb yuritiladi) va uning shoʻba korxonasi Iqtisodiy hamkorlikda ishtirok etish va koʻmaklashish jamiyati (Societe de Promotion et de Participation pour la Cooperation Economique) (keyingi oʻrinlarda “PROPARKO” deb yuritiladi) taraqqiyot loyihalarini moliyalashtirishga ixtisoslashganligini va oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi hududida olib borishini eslatib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy rivojlanishi maqsadlariga muvofiq FTA va PROPARKO moliyaviy va texnik yordamini Oʻzbekiston Respublikasida qulaylashtirish uchun ushbu Bitimning (keyingi oʻrinlarda “Bitim” deb yuritiladi) tuzilishi Tomonlarning umumiy manfaatlariga javob berishini hisobga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlarining mustaqillik, suverenitet, ichki ishlariga aralashmaslik va tenglik prinsiplarini hurmat qilgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Bitimning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimning maqsadi FTA va PROPARKO Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyatining tartibi va shartlarini belgilashdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
FTA va PROPARKOning Oʻzbekiston Respublikasida maqomi va faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Tomonlar FTA va PROPARKOning Fransiya Respublikasi qonunchiligiga muvofiq yuridik shaxslar ekanliklarini hamda mazkur Bitimga binoan Oʻzbekiston Respublikasida oʻz faoliyatlarini amalga oshirishlari mumkinligini, shu jumladan quyidagi huquqlarga ega ekanliklarini tan oladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatishlari uchun zarur ashyoviy va shaxsiy huquq hamda majburiyatlarga ega boʻlish va ularni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) muzokaralar olib borish va har qanday turdagi shartnoma va kontraktlar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi yoki har qanday davlat yoxud xususiy subyektlar (jismoniy shaxslar bundan mustasno) tomonidan taqdim etilgan barcha taʼminot shakllarini, shu jumladan kafolat va garovlarni qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Oʻzbekiston Respublikasining har qanday sudlarida daʼvogar yoki javobgar sifatida ishtirok etish hamda Oʻzbekiston Respublikasi organlariga murojaat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. FTA va PROPARKO ushbu Bitim qoidalariga muvofiq quyidagi huquqlarga ham ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat yoki xususiy subyektlarga (jismoniy shaxslar bundan mustasno) va davlat yoki xususiy bank hamda moliyaviy muassasalarga, shuningdek davlat yoki xususiy milliy, xorijiy yoki xalqaro uyushma yoki tashkilotlarga hamda Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan yoki uning hududida oʻz bosh ofisiga ega har qanday yuridik shaxsga (keyingi oʻrinlarda “benefitsiar” deb yuritiladi) yevro, AQSh dollari yoki Tomonlar uchun maqbul boʻlgan boshqa xorijiy valyutada moliyalashtirishni taqdim etish, shuningdek har qanday moliyaviy va texnik yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq har qanday kompaniya kapitalida (tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼiy nazar) ulushlarni erkin qoʻlga kiritish, investitsion fondlarga mablagʻlar kiritish, shuningdek oʻz ishtirok ulushlari yoki aksiyalaridan foydalanish yoki ularni har qanday mahalliy yoxud xorijiy yuridik yoki jismoniy shaxslarga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) davlat yoki xususiy subyektlar uchun (jismoniy shaxslar bundan mustasno) konsultativ, texnik yordam yoki taʼlim berish xizmatlarini koʻrsatish va tadqiqotlar oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim doirasida moliyalashtiriladigan har bir loyiha uning Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilishi maqsadga muvofiqligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan majburiy tarzda oldindan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2-moddaning “a”, “b” va “v” bandlarida sanab oʻtilgan xatti-harakatlar har bir alohida holatda tuziladigan hamda Tomonlarning huquq va majburiyatlarini aniqlashtiradigan alohida bitim bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.3. FTA va/yoki PROPARKO oʻz faoliyatini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi yoki har qanday davlat yoxud xususiy subyekt (jismoniy shaxslar bundan mustasno) bilan tuzadigan bitimlari ingliz tilida tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.4. FTA va/yoki PROPARKO tomonidan oʻz vakolati doirasida Oʻzbekiston Respublikasi yoki har qanday davlat yoki xususiy subyekt (jismoniy shaxslar bundan mustasno) bilan tuziladigan moliyalashtirish toʻgʻrisidagi bitimlar har bir alohida holatda Tomonlar belgilaydigan qonunchilik bilan tartibga solinishi mumkin boʻlib, bunda nizolarni hal qilish masalalari Xalqaro hakamlik sudi yoki Tomonlar kelishuviga muvofiq nizolarni hal qiluvchi boshqa organ yurisdiksiyasiga taalluqli boʻlishi mumkin va ularning qarorlari 1958-yildagi “Chet el mamlakatlari hakamlik qarorlarini tan olish va ijro etish toʻgʻrisida”gi Nyu-York konvensiyasiga muvofiq oʻzaro tan olinishi va ijro etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Bank masalalarini tartibga solish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. FTA va PROPARKO tomonidan ushbu Bitim doirasida amalga oshiriladigan moliyalashtirish ularning Fransiyada va chet ellarda ochilgan bank hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. FTA va PROPARKO va ularning vakolatxonalari (quyida keltiriladigan 6-moddaga muvofiq belgilanganidek) Oʻzbekiston Respublikasida bank va/yoki kredit tashkiloti maqomiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi hududida taʼsis etilgan va faoliyat yuritadigan har qanday bank turlari va/yoki kredit tashkilotlariga qoʻllaniladigan har qanday bank qonunchiligi yoki boshqa qonun hujjatlari qoidalari qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3. FTA va PROPARKO Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishgan holda bank tavakkalchiligi borasida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Kredit axboroti milliy instituti (keyingi oʻrinlarda “KAMI” deb yuritiladi) yigʻma axborotidan foydalanish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FTA va PROPARKO KAMIga bank tavakkalchiligini tahlil qilish va uning oldini olish uchun zarur boʻlgan axborotlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FTA va PROPARKO Fransiya banki qoshidagi Tavakkalchiliklar markaziy byurosi va KAMI oʻrtasida tajriba almashinuviga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Valyutani erkin ayirboshlash va pul oʻtkazmalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati benefitsiar oʻzining FTA va/yoki PROPARKO oldidagi majburiyatlarini qoplashi uchun milliy valyutadagi mablagʻlarni xorijiy valyutaga erkin ayirboshlashini va ularning oʻtkazilishini kafolatlaydi, basharti FTA va/yoki PROPARKO benefitsiari xorijiy valyutani sotib olish uchun ariza bergan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu kafolat moliyalashtirishda ishtirok etayotgan tomonlar majburiyatlarining bajarilishi kafolati hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. FTA va PROPARKO zaruriyat tugilganda qarz mablagʻlarini qarz oluvchining tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilariga bevosita toʻlash huquqiga ega, basharti ular Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
FTA va PROPARKOning Oʻzbekiston Respublikasida soliqqa tortilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FTA va PROPARKO mazkur Bitimning 2-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyati doirasida foyda soligʻini (shu jumladan toʻlov manbaidan ushlab qolinadigan) toʻlashdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
FTA va PROPARKOning vakolatxonalari — ularning xodimlari maqomi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.1. Tomonlarning oʻzaro kelishuviga hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq FTA va PROPARKO ushbu Bitimda koʻzda tutilgan qoidalarni amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasida oʻzlarining vakolatxonalarini (keyingi oʻrinlarda “Vakolatxonalar” deb yuritiladi) ochish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Vakolatxonalar va ularning chet ellik xodimlarini Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq akkreditatsiya qilishda koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.3. Vakolatxonalar FTA va/yoki PROPARKO tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida moliyalashtirish uchun loyihalarni identifikatsiyalash, bunday loyihalar bilan bogʻliq hujjatlarni tayyorlash va ishlab chiqish, shuningdek ularning bajarilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish uchun masʼul.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.4. Vakolatxonalar bank va/yoki kredit tashkiloti maqomiga ega emas hamda tijorat faoliyati bilan shugʻullana olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Vakolatxonalarga quyidagi imtiyozlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatxonalar faoliyati uchun zarur boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan uskunalar va predmetlarni bojxona bojlari va soliqlardan ozod etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatxonalar ehtiyoji uchun transport vositalarini, biroq har bir Vakolatxona uchun ikkitadan koʻp boʻlmagan transport vositasini, “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimida olib kirish uchun davriy bojxona toʻlovlaridan ozod etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatxonalarning chet ellik xodimlariga ish haqi va mukofotlar toʻlash bilan bogʻliq soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlardan ozod etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati FTA va PROPARKOning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi aktivlarini natsionalizatsiya va ekspropriatsiya qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlatning asoslantirilgan manfaati sababli bunday choralar yoki xatti-harakatlar qoʻllaniladigan boʻlsa, ular FTA va PROPARKOga munosib kompensatsiya qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.7. Vakolatxonalar Oʻzbekiston Respublikasida milliy valyutada, AQSh dollarida va/yoki yevroda hisobvaraqlari ochish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.8. Vakolatxonalar xodimlarining maqomi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FTA va PROPARKO Oʻzbekiston Respublikasida xodimlarni fuqarolikka mansubligidan qatʼiy nazar ishga qabul qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.8.1. Vakolatxonalarning chet ellik xodimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) FTA va PROPARKO oʻzlarining Oʻzbekiston Respublikasidagi Vakolatxonalari lozim darajada faoliyat koʻrsatishi uchun zarur boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan xodimlari (keyingi oʻrinlarda “chet ellik xodimlar” deb yuritiladi) soni va malakasini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Vakolatxonalarning chet ellik xodimlariga, shuningdek ularning oila aʼzolariga Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi, chiqishi va boʻlishida hamda roʻyxatdan oʻtishi/akkreditatsiya qilinishida koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Vakolatxonalarning chet ellik xodimlari va ularning oila aʼzolarini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan tovarlarni bojxona bojlari va soliqlardan ozod etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatxonalarning har bir chet ellik xodimi va uning turmush oʻrtogʻi shaxsiy ehtiyojlari uchun “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimida olib kiriladigan transport vositasi uchun davriy bojxona toʻlovlarini toʻlashdan ozod etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FTA va PROPARKO uchun Oʻzbekiston Respublikasida olib borayotgan faoliyati bilan bogʻliq ravishda toʻlanayotgan mukofotlar va toʻlovlarni jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati oʻrnatilgan tartibda FTA va PROPARKOga chet ellik mutaxassislarni jalb etish uchun ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), FTA va PROPARKO chet ellik xodimlarining turmush oʻrtoqlariga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.8.2. Vakolatxonalarning mahalliy xodimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FTA va PROPARKO Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyati doirasida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan yoki mehnat huquqi, ijtimoiy taʼminot va tibbiy sugʻurtaga oid Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va qoidalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida yashovchi xodimlarni ishga qabul qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.8.3. FTA va PROPARKOning Oʻzbekiston Respublikasidagi muvaqqat missiyalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FTA va PROPARKO loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish doirasida muvaqqat missiya yoki maslahatchilarni Oʻzbekiston Respublikasiga joʻnatishlari mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati muvaqqat missiyalar aʼzolarining Oʻzbekiston Respublikasiga kirishi va chiqishi, boʻlishi hamda roʻyxatdan oʻtishiga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatxonalar chet ellik xodimlariga nisbatan qoʻllaniladigan imtiyozlar muvaqqat missiyalar aʼzolariga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Bitimning qoʻllanilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FTA va PROPARKOning Oʻzbekiston Respublikasidagi mazkur Bitimning 2-moddasida nazarda tutilgan faoliyatini amalga oshirishiga koʻmaklashish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ushbu Bitim qoidalarining oʻz vaqtida bajarilishi boʻyicha choralar koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Bitimning kuchga kirishi, amal qilish muddati, oʻzgartish kiritish va tugatilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.1. Kuchga kirishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ushbu Bitimning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarning tugatilganligi toʻgʻrisida bir-birlarini yozma ravishda xabardor qiladilar. Ushbu Bitim bunday xabarnomaning oxirgisi olingan sanadan keyingi oyning birinchi kunidan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.2. Ushbu Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻzaro kelishuv asosida ushbu Bitimga uning ajralmas qismi boʻlgan alohida bayonnomalar bilan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.3. Nizolarni hal etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimni talqin etish yoki qoʻllashga doir Tomonlar oʻrtasidagi har qanday nizoni Tomonlar diplomatik kanallar orqali muzokara va maslahatlashuvlar oʻtkazish yoʻli bilan hal etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.4. Amal qilish muddati va tugatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim nomuayyan muddatga tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlardan biri boshqa Tomonga diplomatik kanallar orqali yozma xabarnoma yoʻllash orqali Bitimni istalgan vaqtda tugatishi mumkin. Bunday xabarnoma olingan kundan olti oy oʻtgach Bitim amal qilishini tugatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim amal qilinishining tugatilishi mazkur Bitim amal qilish muddatida tuzilgan har qanday amaldagi kelishuvlarga taʼsir qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gamburg shahrida 2016-yilning 8-dekabrida ikki (2) asl nusxada, har biri oʻzbek va fransuz tillarida tuzildi, bunda ikkala matn bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)