1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.05.00 Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi, kirishi va chiqishi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolik. Aholi. Pasport tizimi;
2.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Umumiy masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XORIJIY FUQAROLARNING VA FUQAROLIGI BOʻLMAGAN SHAXSLARNING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIGA KELISHLARI, KETISHLARI, BU YERDA BOʻLISHLARI VA TRANZIT OʻTISHLARI TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda boʻlishlari va tranzit oʻtishlari tartibini yanada soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari va Oʻzbekiston Respublikasidan ketishlari tartibi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit oʻtishlari qoidalari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi, kirishi va chiqishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining kirish, chiqish va tranzit vizalari (elektron boʻlmagan) toifalarining roʻyxati 4-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi, kirishi va chiqishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasida vizasiz rejim joriy qilingan mamlakatlar roʻyxati 5-ilovaga muvofiq;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 885-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/885/3940-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.01.00 Umumiy qoidalar. Davlat boji toʻlovchilar va undiriladigan obyektlar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi, kirishi va chiqishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yigʻimlar hamda soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlar stavkalari toʻgʻrisida” 1993-yil 19-avgustdagi 423-son qaroriga xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan bir oy muddatda takliflar ishlab chiqsin va ularni belgilangan tartibda taqdim etsin.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi, kirishi va chiqishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va boshqa vazirliklar va idoralar oʻzlarining idoraviy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 7-sentabrdagi 415–31-son qarori bilan tasdiqlangan xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishlarining Vaqtinchalik qoidalarioʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi B.H. Gʻulomov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 21-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
408-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari va Oʻzbekiston Respublikasidan ketishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar* xususiy hamda xizmat ishlari boʻyicha, turist sifatida, dam olish, oʻqish, ishlash, davolanish va doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari va undan ketishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Keyingi oʻrinlarda matnda “xorijiy fuqarolar” deb ataladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalari tomonidan, bunday konsullik muassasalari mavjud boʻlmagan taqdirda esa — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ikki tomonlama bitimi mavjud boʻlgan boshqa davlatlarning konsullik muassasalari tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh konsulliklar, konsulliklar, vitse-konsulliklar, konsullik agentliklari va elchixonalarning konsullik boʻlimlari Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi konsullik muassasalari hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xalqaro aeroport maqomiga ega boʻlgan Oʻzbekiston aeroportlaridagi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining boʻlinmalari tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aeroportlarda Tashqi ishlar vazirligining konsullik muassasalari va boʻlinmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizalari xorijiy fuqarolarning barcha toifalariga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirish vizalari, qoidaga koʻra, bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga beriladi. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda maʼlum toifadagi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga kirish vizalari uch yildan ortiq boʻlmagan muddatga beriladi.
(2-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 885-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/885/3940-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya kiritish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 8 500 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda xoʻjalik jamiyatlarining aksiyalari va ulushlarini sotib olish, shuningdek, xorijiy investitsiyalar ishtirokida korxona tashkil etish shaklida Oʻzbekiston Respublikasiga investitsiya kiritgan xorijiy fuqarolarga koʻp martalik uch yillik investitsiya vizasi (investitsiya vizasi) beriladi va uning amal qilish muddati Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqish zaruratisiz cheklanmagan miqdorda uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda investorning oila aʼzolariga (turmush oʻrtogʻi, ota-onasi va farzandalari) investitsiya vizasi amal qilish muddatiga mos ravishda mehmon vizasi respublikadan chiqmasdan turib uzaytirish huquqi bilan rasmiylashtiriladi.
(2-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-oktabrdagi 864-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2019-y., 09/19/864/3902-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Faxriy fuqaro” maqomi berilgan chel el fuqarolari, shuningdek, ularning oila aʼzolari (er (xotini) va voyaga yetmagan bolalar) davlat boji toʻlamasdan uch yil muddatgacha koʻp marta foydalaniladigan vizalarni olish huquqiga ega.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-avgustdagi 648-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2019-y., 09/19/648/3627-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va uning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi boʻlinmalari vizalarning amal qilish muddatini uzaytirishni xorijiy fuqarolarning quyidagi toifalari uchun amalga oshiradi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli boʻlmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallari xodimlariga (va ularning qaramogʻida boʻlgan ularning oila aʼzolariga), shuningdek Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan matbuot vakillariga va ularning qaramogʻida boʻlgan ularning oila aʼzolariga;
(3-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 17-son, 199-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) rasmiy va parlament delegatsiyalari aʼzolariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) diplomatik maqomga ega boʻlgan boshqa shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vizaning uzaytirilishi respublika hududida rasmiy boʻlishga ruxsatnomaning uzaytirilishini anglatadi. Amaliy jihatdan vizani uzaytirish amal qilish muddati yangilangan yangi viza berish yoʻli bilan amalga oshiriladi, xorijiy fuqaro akkreditatsiya qilingan taqdirda esa vizaning turi ham oʻzgartiriladi.
(3-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Koʻp marta foydalaniladigan vizalar ushbu Tartibning 3-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan xorijiy fuqarolarga ular akkreditatsiya qilingan muddatga, ushbu Tartibning 3-bandi “b”, “v” va “g” kichik bandlarida koʻrsatilgan fuqarolarga bir yilgacha muddatga beriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmalari Oʻzbekiston Respublikasidan ketish (ketish, ketish-kelish) vizalarini berish va ularning amalda boʻlish muddatini uzaytirishni ushbu Tartibning 3-bandida koʻrsatilmagan xorijiy fuqarolar uchun amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Koʻp marta foydalaniladigan vizalar uch yilgacha muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan xorijiy fuqarolarning quyidagi toifalariga va ularning oila aʼzolariga beriladi:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 885-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/885/3940-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) vakolatxona xodimining akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi akkreditatsiya qilingan firmalar va kompaniyalar doimiy vakolatxonalari xodimlariga beriladi. Viza xorijiy firma yoki kompaniyaning doimiy vakolatxonasi iltimosnomasi asosida beriladi;
(6-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-iyuldagi 499-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 693-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xorijiy fuqaroning xorijiy bank yoki boshqa moliya tashkiloti shtatiga kiritilganligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlgan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan xorijiy bank yoki boshqa moliya tashkiloti xodimlariga beriladi. Viza xorijiy bank yoki boshqa moliya tashkilotining iltimosnomasi asosida beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki akkreditatsiya qilingan qoʻshma korxonalar va 100 foiz xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar xodimlariga, ular Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mehnat faoliyati koʻrsatish uchun ruxsatnomasini olganlaridan soʻng, agar ikki tomonlama va koʻp tomonlama hukumatlararo Bitimlar bilan boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, beriladi. Viza korxona iltimosnomasi asosida beriladi.
(6-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) investitsiya loyihalarini amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy kompaniyalarning mansabdor shaxslari va mutaxassislariga vizalar Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlarining iltimosnomalari asosida beriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-iyundagi 177-sonli qaroriga asosan “g” kichik band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 25-son, 274-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) xorijiy investitsiyali korxonalarning muassislari (ishtirokchilari) va ularning oila aʼzolari uchun.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 885-sonli qaroriga asosan “d” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/885/3940-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Ichki ishlar vazirligi tomonidan “Faxriy fuqaro” maqomi berilgan chel el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga, shuningdek, ularning oila aʼzolari (er (xotini) va voyaga yetmagan bolalar)ga davlat boji toʻlanmasdan uch yil muddatgacha koʻp martalik kirish-chiqish vizalari beriladi va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqmasdan ularning muddati uzaytiriladi.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-avgustdagi 648-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2019-y., 09/19/648/3627-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Investitsiya vizasi noelektron shaklda berilgan ishbilarmonlik kirish vizasi, mehmon vizasi va vatandoshlar uchun kirish vizasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar hududiy organlari tomonidan beriladi va uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy fuqaro Oʻzbekiston Respublikasiga investitsiya vizasi bilan kelgan taqdirda uni uzaytirish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy fuqaro investitsiya vizasini olish va uzaytirish uchun vaqtincha yashash joyi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari hududiy boʻlinmalariga xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonasidan iltimosnomani, shuningdek, kiritilgan investitsiyalar toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotnomalardan birini ilova qilib va milliy pasportini koʻrsatib belgilangan shakldagi anketa bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotnoma:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” davlat korxonasi tomonidan — xoʻjalik jamiyatlarining sotib olingan aksiyalari miqdori toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan — xoʻjalik jamiyatlarining sotib olingan ulushlari miqdori, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalar ishtirokida korxonalar tashkil etilganligi toʻgʻrisida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya vizasini olgan xorijiy fuqaro rasmiylashtirilgan vizani investitsiya vizasi amal qilishining qolgan muddati uchun fuqaroligi boʻlmagan shaxsning yangi (almashtirishda) milliy pasportiga yoki harakatlanish hujjatiga yopishtirish uchun vaqtincha yashash joyi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining hududiy boʻlinmalariga murojaat qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Investitsiya vizasi berilganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi hisobni va tegishli reyestrni yuritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligiga va “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” davlat korxonasiga har oyda tegishli maʼlumotlarni yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirokchilar ulushlari oʻzgarganligi bilan bogʻliq ustav hujjatlarini qayta roʻyxatdan oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” davlat korxonasi keyinchalik investitsiya vizasining amal qilish muddatini qisqartirish yoki bekor qilish masalasini koʻrib chiqish uchun uch kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga maʼlumot yuboradi.
(62-63-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-oktabrdagi 864-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2019-y., 09/19/864/3902-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasiga kelish uchun berilgan viza, tranzit vizadan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududida haqiqiy hisoblanadi, xorijiy fuqarolarning borishlari uchun yopiq boʻlgan joylar, obyektlar bundan mustasnodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan tartibda va miqdorda konsullik yigʻimlari, shuningdek, konsullik ishlarini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan haqiqiy xarajatlarni qoplash hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va konsullik muassasalari boshliqlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalari boshliqlari tomonidan belgilanadigan tartibda va miqdorda yigʻimlar undiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va miqdorda davlat poshlinasi undiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 885-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/885/3940-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari va ketishlari tartibi, ularga vizalar berish hamda ularning amal qilish muddatlari Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan koʻp tomonlama va ikki tomonlama bitimlari bilan, tenglik asosida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari bilan oʻzgartirilishi mumkin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 24-iyuldagi 315-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 14-son, 95-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yuridik shaxslar yoki Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, xorijiy fuqarolarning, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli boʻlmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallari taklifi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga kelmoqchi boʻlgan xorijiy fuqarolar vizalar olish uchun Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalariga, bunday muassasalar boʻlmagan taqdirda — Oʻzbekiston Respublikasi uchun konsullik funksiyalarini bajarish yuzasidan kelishib olingan boshqa davlatlar konsullik muassasalariga toʻldirilgan belgilangan shakldagi viza anketasiga taklifnoma va milliy pasportni yoki uning oʻrnini bosadigan hujjatni (keyingi oʻrinlarda matnda “milliy pasport” deb yuritiladi) ilova qilgan holda murojaat qiladilar.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan xorijiy fuqarolar — xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli boʻlmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallari xodimlari hamda ularning oila aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining akkreditatsiya kartochkasi asosida viza olish va uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun murojaat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar yoki Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli boʻlmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallari xorijiy fuqarolarga taklifnomalarni faqat Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga viza berilishida yordam koʻrsatish toʻgʻrisida iltimosnoma berganlaridan keyingina yuboradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, xorijiy fuqarolarning, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli boʻlmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallarining yozma murojaatlarini koʻrib chiqadi va chet eldagi konsullik muassasalariga tegishli koʻrsatmalar yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarning taklifnomalariga binoan Oʻzbekiston Respublikasiga kontrakt va shartnomalar boʻyicha uch oydan ortiq muddatga ishga kelayotgan xorijiy fuqarolarga vizalar berish belgilangan tartibga muvofiq Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan xorijiy fuqaroga berilgan mehnat faoliyatiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy fuqarolar — xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari xodimlari va ularning oila aʼzolari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan matbuot vakillari va ularning oila aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining akkreditatsiya kartochkasi asosida vizalarning amal qilish muddatini uzaytirish uchun murojaat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasiga fuqarolar taklifnomasi boʻyicha yoki doimiy yashash uchun kelmoqchi boʻlgan xorijiy fuqarolar vizalar olish uchun Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalariga, bunday muassasalar boʻlmagan taqdirda — Oʻzbekiston Respublikasi uchun konsullik funksiyalarini bajarish yuzasidan kelishib olingan boshqa davlatlarning konsullik muassasalariga toʻldirilgan belgilangan shakldagi viza anketasiga taklifnomani va milliy pasportni ilova qilgan holda murojaat qiladilar.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet eldan xorijiy fuqarolarni taklif qilmoqchi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha (3 oydan ortiq) yashab turgan va doimiy yashayotgan xorijiy fuqarolar yashash joyidagi ichki ishlar organlariga ikki nusxada toʻldirilgan belgilangan shakldagi anketa-ariza bilan murojaat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning taklifnomasi boʻyicha xorijiy fuqaroga Oʻzbekiston Respublikasiga kelishga viza berish uchun ruxsatnomani rasmiylashtirish muddati 15 sutkadan oshmasligi kerak. Oʻzbekiston Respublikasiga doimiy yashash uchun kelayotgan xorijiy fuqarolar uchun hujjatlarni koʻrib chiqish muddati ayrim hollarda 30 sutkagacha uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xorijiy fuqarolar turist sifatida kelish vizalarini olish uchun Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasasiga, bunday muassasalar boʻlmagan taqdirda — Oʻzbekiston Respublikasi uchun konsullik funksiyasini bajarish yuzasidan kelishib olingan boshqa davlatlarning konsullik muassasalariga toʻldirilgan belgilangan shakldagi viza anketasiga milliy pasportni va oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirayotgan turistik tashkilotlarning taklifnomasini taqdim etgan holda murojaat qiladilar.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyuldagi PQ-3836 son “Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarning kirishi tartibini optimallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy fuqaroning turist sifatida kelish vizasini rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasasi tomonidan 3 sutkadan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi, bayram va dam olish kunlari bundan mustasnodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlatda Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalari boʻlmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasiga turistlar sifatida kelayotgan xorijiy fuqarolarga kelish-ketish vizalarini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining aeroportlardagi konsullik byurosi tomonidan berilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasining turistik vizasida koʻrsatilgan muddatdan oldin kelgan taqdirda turistik vizalarga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining konsullik byurolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan oʻtish punktlarida tegishli oʻzgartirishlar kiritishga ruxsat etiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-noyabrdagi 894-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2017-y., 09/17/894/0219-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolari elektron kirish vizasini olish imkoniyatiga ega boʻlgan mamlakatlar roʻyxatiga kiritilgan xorijiy fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalari va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga murojaat qilmasdan, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga 30 kun muddatga bir martalik, ikki martalik va koʻp martalik kirish uchun “e-visa.gov.uz” portali orqali “E-VISA.UZ” tizimi yordamida elektron vizani rasmiylashtirishlari va olishlari mumkin. Elektron vizani rasmiylashtirish va olish tartibi Elektron viza toʻgʻrisidagi nizom bilan tartibga solinadi.
(12-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 885-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/885/3940-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron vizani rasmiylashtirish va berishga doir murojaatni koʻrib chiqish muddati murojaat berilgan kundan tashqari ikki ish kunini tashkil etadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 886-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/886/2130-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xorijiy fuqarolar tranzit vizasini olish uchun Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasasiga, bunday muassasalar boʻlmagan hollarda — Oʻzbekiston Respublikasi uchun konsullik funksiyalarini bajarish yuzasidan kelishib olingan boshqa davlatlarning konsullik muassasalariga toʻldirilgan belgilangan shakldagi viza-anketa bilan murojaat qiladilar hamda milliy pasportni, borilayotgan davlat vizasini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasidan borilayotgan davlatga joʻnab ketish sanasi tasdiqlangan yoʻl hujjatlarini taqdim etadilar.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali shaxsiy, yoʻlovchilar tashish yoki yuk transportida tranzit bilan oʻtib ketadigan xorijiy (haydovchilar) fuqarolar (72 soatdan koʻp boʻlmagan muddat mobaynida) viza anketasi, milliy pasport va borilayotgan mamlakat vizasidan tashqari xalqaro namunadagi haydovchilik guvohnomasini, transportga egalikni va avtotransportning texnik holatini tasdiqlovchi hujjatlarni, yukning borilayotgan mamlakatga yetkazib berilishini tasdiqlovchi yuk hujjatlarini va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
131. Xorijda boʻlgan xorijiy fuqarolarga investitsiya vizasini rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijda boʻlgan xorijiy fuqarolarga investitsiya vizasini rasmiylashtirish uchun iltimos qiluvchi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonasidan iltimosnomani, taklif qilayotgan shaxs pasporti nusxasini, shuningdek, kiritilgan investitsiyalar toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotnomalardan birini ilova qilib belgilangan namunadagi anketa bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalariga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotnoma:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” davlat korxonasi tomonidan — xoʻjalik jamiyatlarining sotib olingan aksiyalari miqdori toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan — xoʻjalik jamiyatlarining sotib olingan ulushlari miqdori, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalar ishtirokida korxonalar tashkil etilganligi toʻgʻrisida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya vizasi Oʻzbekiston Respublikasining chet eddagi konsullik muassasalari tomonidan milliy pasport ilova qilingan holda belgilangan shakldagi viza anketasini toʻldirishda yoxud kelganidan keyin — xalqaro maqomga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlarida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan, Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi boʻlmagan davlatlardan kelgan shaxsga iltimosnomani rasmiylashtiruvchi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona investitsiya vizasini kelganidan keyin xalqaro maqomga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlarida rasmiylashtirish masalasini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalari bilan oldindan ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya vizasini olgan xorijiy fuqaro rasmiylashtirilgan vizani investitsiya vizasi amal qilishining qolgan muddati uchun fuqaroligi boʻlmagan shaxsning yangi (almashtirilganda) milliy pasportiga yoki harakatlanish hujjatiga yopishtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasasiga yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalariga murojaat qilishga haqlidir.
(131-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-oktabrdagi 864-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2019-y., 09/19/864/3902-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari boshliqlari alohida hollarda xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasiga kelish vizasini berish toʻgʻrisida mustaqil ravishda qaror qabul qilish huquqiga egadirlar. Bunda ular qabul qilingan qaror toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga bir sutka mobaynida xabarnoma yoʻllaydilar.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-dekabrdagi 970-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 09/19/970/4113-son)
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-dekabrdagi 970-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 09/19/970/4113-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasidan ketish hujjatlarini olganlaridan soʻng viza olish uchun tegishli davlatlarning diplomatik va konsullik vakolatxonalariga murojaat qiladilar.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning yashash uchun guvohnomasi va doimiy roʻyxatdan oʻtkazilganligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha chiqqanda, agar ular uch yildan ortiq vaqt mobaynida uzrli sabablarsiz Oʻzbekistondagi doimiy yashash joyiga qaytmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan vaqtincha tashqariga chiqqan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning harakatlanish hujjatining amal qilish muddati tamom boʻlgach, agar ular harakatlanish hujjatini almashtirmasa yoxud uzrli sabablarsiz uni almashtirishni rad etsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bekor qilish toʻgʻrisida shaxsan murojaat qilsa yoxud notarial tasdiqlangan ishonchnoma boʻyicha boshqa shaxs murojaat qilsa yoki chet eldagi tegishli organlarning soʻrovi boʻyicha bekor qilinadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIGA KELISH VA UNDAN KETISH HUQUQIDAGI CHEKLASHLAR
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi, kirishi va chiqishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Xorijiy fuqaroning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishi quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) milliy xavfsizlik yoki jamoat tartibini muhofaza qilishni taʼminlash manfaatlari yoʻlida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar bu Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va boshqa shaxslarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun zarur boʻlsa;
(19-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-avgustdagi 236-son qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 376-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) agar shaxs chet el terrorchi, ekstremist va boshqa jinoiy tashkilotlarning faoliyatiga aloqador boʻlsa;
(19-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-avgustdagi 236-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 376-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) agar shaxs oʻzi haqida qasddan soxta maʼlumotlar bergan boʻlsa yoki zarur hujjatlarni taqdim etmagan boʻlsa;
(19-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-avgustdagi 236-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 376-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) agar shaxs ilgari xorijiy shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelish-ketish tartibini hamda bu yerda boʻlish qoidalarini, Oʻzbekiston Respublikasining bojxona, valyuta va boshqa qonunchiligini buzganligi aniqlangan boʻlsa;
(19-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-avgustdagi 236-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 376-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) agar shaxs kasal boʻlsa yoki uning salomatligi jamiyat xavfsizligi va sogʻlomligiga xavf tugʻdirsa hamda ushbu kasallik Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga kiritilgan boʻlsa.
(19-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-avgustdagi 236-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 376-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu qaror bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishlari qoidalarining 22-bandiga muvofiq xorijiy fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasiga kelish cheklangan boʻlsa, unga Oʻzbekiston Respublikasiga kelishi rad etiladi.
(19-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 885-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/885/3940-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) agar uning ketishi davlat xavfsizligini taʼminlash manfaatlariga zid boʻlsa — ketishga toʻsqinlik qiluvchi holatlarning amal qilish muddati tugagungacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar shaxsga nisbatan uning doimiy yashash uchun chet elga ketishiga toʻsqinlik qiluvchi shartnoma, kontrakt majburiyatlari amalda boʻlsa — ushbu majburiyatlar toʻxtatilgunga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) agar shaxsga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan boʻlsa — ish oxiriga yetkazilgunga qadar yoki uning yuzasidan sud qarori qabul qilingunga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) agar shaxs jinoyat sodir etganligi uchun jazoga hukm qilingan boʻlsa — jazoni oʻtab boʻlgungacha yoki jazodan ozod etilmaguncha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) agar shaxs unga sud tomonidan yuklangan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortayotgan boʻlsa — majburiyatlarni toʻliq bajarib boʻlgunga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) agar shaxs oʻzi haqida qasddan soxta maʼlumotlar bergan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) agar sudda shaxsga nisbatan fuqarolik daʼvosi qoʻzgʻatilgan boʻlsa — sud tomonidan qaror qabul qilinib va u ijro etilgunga qadar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. CHET ELGA KETISH HUQUQI RAD ETILGANLIGI USTIDAN SHIKOYAT QILISH TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ushbu Tartibning IV boʻlimida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha chet elga ketish huquqining rad etilishi, javob berishning belgilangan muddatidan ortiqcha kechiktirilishi ustidan xorijiy fuqarolar yuqori organlarga shikoyat qilishlari mumkin, bu organlar bir oydan koʻp boʻlmagan muddatda javob berishlari kerak, xorijiy fuqaro uning qaroridan norozi boʻlganda, sudga shikoyat qilishi mumkin. Chet elga ketish huquqini mazkur Tartib 20-bandining “b” kichik bandida koʻrsatilgan sabablarga koʻra cheklash ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar (keyingi oʻrinlarda chet el fuqarolari deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashashlari yoki vaqtincha boʻlishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Qoidalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) chet el fuqarolarini akkreditatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasiga boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolarining avtotransport vositalarini hisobga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) qonun hujjatlarini va ushbu Qoidalarni buzganlik uchun chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish muddatlarini qisqartirish va ularni Oʻzbekiston Respublikasidan chiqarib yuborish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha boʻlib turgan chet el fuqarolari joylashtirish vositalarida (mehmonxonalarda, mehmonxona xizmatlari — vaqtincha yashash xizmatlari koʻrsatiladigan turistik bazalarda va majmualarda, dam olish uylari va zonalarida, pansionatlarda, kempinglarda, motellarda, oilaviy mehmon uylarida, oʻtov va chodirli lagerlarda, sanatoriylarda va boshqa obyektlarda, shuningdek, tunash uchun joylashish vositalariga aylantirilgan yer transportida), oʻzlari tanlagan boshqa uy-joy maydonida, shuningdek, davolash muassasalarida qabul qiluvchi tashkilotlarni (vazirliklar, idoralar, mulkchilik shaklidan hamda faoliyat turidan qatʼi nazar korxonalar va tashkilotlarni, chet davlatlarning doimiy vakolatxonalarini, xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning vakolatxonalarini va chet davlatlarning hukumat tashkilotlarini, xalqaro va chet el nodavlat (nohukumat) notijorat tashkilotlarining (keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb ataladi) vakolatxonalarini), shuningdek, ularni shaxsiy ishlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilgan shaxslarni xabardor qilgan holda yashaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasida boʻlib turgan chet el fuqarolari yonida pasport yoki pasport oʻrnini bosuvchi hujjatlar (keyingi oʻrinlarda milliy pasportlar deb ataladi) boʻlishi hamda ular bu hujjatlarni vakolatli organlar vakillarining talabiga muvofiq taqdim etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarolari milliy pasport yoʻqolganligi haqida darhol qabul qiluvchi tashkilotga va ichki ishlar organlariga xabar qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turistlarning hujjatlarini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadigan soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Taklif qilgan (qabul qiladigan) shaxslar, tashkilotlar, shu jumladan turoperator va turagent chet el fuqarolariga ularning Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida va ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan huquqlari va majburiyatlari oʻz vaqtida tushuntirib berilishini, chet el fuqarolari bilan munosabatlarda belgilangan huquqiy meʼyorlar aniq bajarilishini taʼminlaydilar, chet el fuqarolarining tegishli hisobini yuritadilar (Oʻzbekiston Respublikasiga shaxsiy ishlar bilan notijorat maqsadlarda kelayotgan chet el fuqarolarini qabul qiladigan va ularga turar joy beradigan jismoniy shaxslar bundan mustasno), shuningdek, Internet tarmogʻi orqali ixtisoslashtirilgan elektron avtomatlashtirilgan dastur (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) yordamida xabardor qilish yoki Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli boʻlimlariga murojaat qilish yoʻli bilan ularning vaqtincha propiskadan oʻtkazilishini, respublika hududida harakatlanishini hamda oʻzlariga belgilab berilgan boʻlish muddati tugagach, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketishini taʼminlash uchun javobgar boʻladilar.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 09/10/1049/4245-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik turistlarni qabul qiladigan turoperator va turagent, shuningdek, ularning xodimlari chet ellik turistlar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini buzganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadilar, ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan javobgarlik bundan mustasno.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 09/10/1049/4245-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joylashtirish vositalariga, davolash muassasalariga va boshqa uy-joy maydonlariga joylashtirilgan chet el fuqarolari (mustaqil sayohat qilib, chodirli lagerlarda hamda tunash uchun joylashtirish vositasiga aylantirilgan yer transportida yashaydigan chet el fuqarolari bundan mustasno) vaqtincha propiskadan oʻtish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikdan ozod qilinib, chet el fuqarolari kelganlaridan keyin uch sutka ichida ichki ishlar organlarini mustaqil ravishda xabardor qilishlari shart boʻlgan joylashtirish vositalari va davolash muassasalari maʼmuriyatining, shuningdek, boshqa uy-joy maydonlari egalarining javobgarligi kuchaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Chet ellik fuqaro tashkilotlardan birining taklifiga muvofiq kelgan hollarda boshqa tashkilot ushbu fuqaroga nisbatan majburiyatlarni va ushbu Qoidalarning 5-bandida nazarda tutilgan javobgarlikni zimmasiga olgan holda, uni oʻz yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻziga nisbatan viza rejimi qoʻllanilmaydigan yoxud viza berishning soddalashtirilgan tartibi qoʻllaniladigan, uchinchi shaxslarning taklifisiz yoki taklifsiz turistlar sifatida kelgan chet el fuqarolari pasport nazoratidan oʻtishdan oldin ushbu Qoidalarning 5-bandida nazarda tutilgan talablar va javobgarlik bilan tanishib chiqadilar. Mazkur fuqarolar zarur hollarda viza muddatini uzaytirish uchun mustaqil ravishda hujjatlar topshirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Chet el fuqarolarini Oʻzbekiston Respublikasiga notijorat maqsadlarda shaxsiy ishlar boʻyicha taklif qilgan va ularga uy-joy maydonini bergan shaxslar quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularni quyidagi yoʻllar bilan vaqtincha propiska qilish choralarini koʻradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish muddati 30 kundan ortiq boʻlsa, hududiy ichki ishlar organlariga shaxsan murojaat etish orqali xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish muddati toʻliq 30 kundan oshmasa, Dastur yordamida yoki hududiy ichki ishlar organlariga shaxsan murojaat etish orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarolari uchun belgilangan Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish muddati tugaganidan keyin ularning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketishiga yordam berishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu shaxslar tomonidan chet el fuqarolariga uy-joy, transport vositalari berish yoxud boshqa xizmatlar koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari va ushbu Qoidalar buzilishiga olib kelishi oldindan maʼlum boʻlgan hollarda ushbu shaxslarning chet el fuqarolariga uy-joy, transport vositalari berishiga yoxud boshqa xizmatlar koʻrsatishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasida boʻlib turgan chet el fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va ushbu Qoidalarga rioya etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Chet el fuqarolari, mansabdor shaxslar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa fuqarolari ushbu Qoidalarning talablariga rioya etishlari yuzasidan nazoratni ichki ishlar organlari hamda Tashqi ishlar vazirligi oʻz vakolatlari doirasida joylardagi hokimiyat organlari va Oʻzbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda, shu jumladan Dastur yordamida amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Chet el fuqarolarini vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish va ularga Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash hamda uning hududida harakatlanishi uchun ruxsatnomalar berish tartibi Oʻzbekistonning boshqa mamlakatlar bilan ikki tomonlama va koʻp tomonlama bitimlari bilan, shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda teng asoslarda oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Chet el fuqarolarini akkreditatsiya qilish. Chet el fuqarolarining avtotransport vositalarini hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida chet el fuqarolarining quyidagi toifalari akkreditatsiya qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) chet el diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining rahbarlari, diplomatik personal aʼzolari, konsulliklarning mansabdor shaxslari, harbiy attashelar, diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarining maʼmuriy-texnik va xizmat koʻrsatish personali, shuningdek, ularning oila aʼzolari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ommaviy axborot vositalarining vakillari va ularning oila aʼzolari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning va chet davlatlar hukumat tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasiga xizmat ishlari boʻyicha kelgan mansabdor shaxslari, mazkur tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonalari xodimlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida shtab-kvartirasi boʻlgan xalqaro tashkilotlar huzuridagi mamlakatlar vakolatxonalarining mazkur tashkilotlar ustav hujjatlariga yoki tegishli shartnomalarga muvofiq diplomatik imtiyozlardan va immunitetlardan foydalanuvchi xodimlari, shuningdek, ularning oila aʼzolari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, uning vakolatxonalari tomonidan mazkur shaxslarga akkreditatsiya kartochkalari beriladi hamda bevosita ularning milliy pasportlariga akkreditatsiya haqida yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasiga olti oygacha muddatga kelgan chet el fuqarolarining shaxsiy va xizmat avtotransport vositalari Oʻzbekiston Respublikasining bojxona organlarida hisobga qoʻyilishi kerak. Chet ellik egalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga olti oydan ortiq muddatga olib kirilayotgan transport vositalari Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida roʻyxatga olinib, milliy raqam belgilari almashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl harakati toʻgʻrisidagi konvensiya (Vena, 1968-yil 8-noyabr) talablariga javob beradigan xalqaro haydovchilik guvohnomalari va milliy haydovchilik guvohnomalari Oʻzbekiston Respublikasi hududida avtotransport vositalarini boshqarish uchun haqiqiydir. Chet el fuqarolariga milliy haydovchilik guvohnomalarini berish yoki ushbu fuqarolarning mazkur Konvensiya talablariga javob bermaydigan haydovchilik guvohnomalarini almashtirib berish Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik egalarining transport vositalarini davlat texnik koʻrigidan oʻtkazish ham Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yoki Oʻzbekiston Respublikasida yashayotgan chet el fuqarolariga qarashli boʻlgan avtomototransportni foydalanish uchun chet el fuqarolariga berish notarial tartibda rasmiylashtirilib, avtomototransportning davlat raqami belgisini chet el fuqarolariga moʻljallangan tegishli toifadagi belgiga almashtirish uchun ichki ishlar organlari xabardor qilinadi. Chet el fuqarolari tomonidan qaytarib olib chiqib ketish majburiyati bilan olib kirilgan avtotransport belgilangan muddat tugaganidan keyin chet elga olib chiqib ketilishi kerak va u Oʻzbekiston Respublikasi hududida olib qoʻyilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Chet el fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasining oʻzlariga tashrif uchun ruxsat berilgan hududidagina harakatlanishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarolari vaqtincha boʻlish punktiga yetib kelganlaridan keyin taklif qilgan (qabul qiladigan) shaxslar, tashkilotlar ularni Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida Dastur vositasida yoki hududiy ichki ishlar organlariga yozma murojaat qilish orqali vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joylashtirish vositalarida yoki davolash muassasalarida turgan chet el fuqarolari mazkur muassasalarda hisobdan oʻtadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan va yashash guvohnomalariga ega boʻlgan chet el fuqarolarini vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish ularning muayyan yashash joyida turadigan davri uchun amalga oshiriladi. Uch sutkadan to olti oygacha davrga vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish shaxsni doimiy yashash joyidan oʻchirmagan holda amalga oshiriladi. Xizmat safariga, taʼtilga, dam olish yoki davolanishga joʻnab ketayotganlardan tashqari boshqa shaxslarni olti oydan ortiq muddatga vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish shaxsni doimiy yashash joyidan oʻchirgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qabul qiluvchi tashkilotlar yoʻnalishi boʻyicha kelgan chet el fuqarolarining chegara zonasiga va tashrif uchun yopiq boʻlgan joylarga kirishi hamda harakatlanishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu tashkilotlarning yozma murojaatlari asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy ishlar bilan kelgan chet el fuqarolarining chegara zonasiga va tashrif uchun yopiq boʻlgan joylarga kirishi hamda harakatlanishi chet el fuqarolarining shaxsiy yozma arizalari asosida faqat ichki ishlar organlarining ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qiluvchi tashkilotlarning iltimosiga koʻra chet el fuqarolariga koʻp marta kirish va harakatlanish uchun ruxsatnomalar berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilingan chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanish tartibi, agar Oʻzbekiston ishtirokchisi boʻlgan xalqaro kelishuvlarda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ikki tomonlama shartnomalar bilan va tenglik asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida tranzit harakatlanishi Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tranzit oʻtishi qoidalariga (3-ilovaga qaralsin) muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Respublikasidagi turar joyini ushbu Qoidalarni buzgan holda oʻzgartirgan chet el fuqarolari ichki ishlar organlarining talabi bilan oldingi turar joylariga qaytishlari yoki tanlagan borish punktlariga muvofiq yurishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Boʻlish muddatini qisqartirish va Oʻzbekiston Respublikasidan chiqarib yuborish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Chet el fuqarolari ushbu Qoidalarni buzganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qoidalarning talablariga amal qilishlari shart boʻlgan shaxslarning (shu jumladan respublikaga chet el fuqarolarini shaxsiy ishlar boʻyicha taklif qilgan yoki ularga xizmat koʻrsatadigan shaxslarning) Qoidalar talablarini buzishi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini yoki ushbu Qoidalarni buzayotgan chet el fuqarosiga Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish uchun unga belgilangan muddat qisqartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarosining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish muddati uning bundan buyon boʻlishi uchun asoslar yoki mablagʻlar boʻlmaganida ham qisqartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Chet el fuqarosining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish muddatini qisqartirish hamda uni chiqarib yuborish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Chet el fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzgan, yaʼni Oʻzbekistonda yashash huquqini beruvchi hujjatlarsiz yoki haqiqiy boʻlmagan hujjatlar bilan yashagan, vaqtinchalik yoki doimiy roʻyxatdan oʻtish, harakatlanish yoki yashash joyini tanlash boʻyicha belgilangan tartibga rioya qilmagan, boʻlish muddati tugaganidan keyin chiqib ketishdan boʻyin tovlagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tranzit oʻtish qoidalariga rioya etmagan hollarda Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqarib yuborilib, keyinchalik uning Oʻzbekiston Respublikasiga kirish huquqi bir yildan uch yilgacha cheklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasi hududida sodir etilgan jinoyat uchun sud tomonidan belgilangan jazoni ijro etib boʻlgan yoki oʻtab boʻlganidan keyin yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilinganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqarib yuborilib, bundan keyin uning Oʻzbekiston Respublikasiga kirish huquqi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
katta ijtimoiy xavf tugʻdirmaydigan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlarni sodir etganlik uchun — besh yilga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ogʻir jinoyatlarni sodir etganlik uchun — oʻn yilga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganlik uchun — umrbod cheklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarosining Oʻzbekiston Respublikasiga kirish huquqini cheklash muddati u Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqarib yuborilgan (Davlat chegarasini kesib oʻtgan) paytdan boshlab hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
221. Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsni, agar uning ota-onasidan biri yoki uni vasiylikka yoxud homiylikka olgan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy asoslarda yashash huquqiga ega boʻlsa, kuyidagi hollarda Oʻzbekiston Respublikasidan chiqarib yuborishga yoʻl qoʻyilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzgan, yaʼni Oʻzbekistonda yashash huquqini beruvchi hujjatlarsiz yoki haqiqiy boʻlmagan hujjatlar bilan yashagan, vaqtincha yoki doimiy propiska, koʻchish yoki turar joyni tanlash yuzasidan belgilangan tartibga rioya etmagan, boʻlish muddati tugagach chiqib ketishdan boʻyin tovlagan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining hududi orqali tranzit tarzda oʻtish tartibiga rioya qilmagan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida sodir etgan jinoyati uchun sud tomonidan belgilangan jazo ijro etib boʻlingan yoki oʻtab boʻlinganidan keyin yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan hollarda.
(221-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-dekabrdagi 1022-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2019-y., 09/19/1022/4181-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Chet el fuqarosining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish muddatini qisqartirish va uni Oʻzbekiston Respublikasidan chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qarorlar Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan qabul qilinadi. Chet el fuqarosi ushbu qarorda koʻrsatilgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketishi shart. Bunday hollarda chiqib ketishdan boʻyin tovlaydiganlar qonun hujjatlariga muvofiq majburiy tartibda chiqarib yuborilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarosiga berilgan viza uni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqarib yuborish vaqtida bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Oʻzbekiston Respublikasida boʻlib turgan chet el fuqarolarini taklif qilgan qabul qiluvchi tashkilotlar va xususiy shaxslar ichki ishlar organlariga chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish muddatlarini qisqartirish hamda ularni chiqarib yuborishni iltimos qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Xizmat, shaxsiy, savdo yoki jamoat ishlari boʻyicha, oʻqish, malaka oshirish, ishlash uchun yoki turistlar sifatida kelgan chet el fuqarolarini Oʻzbekiston Respublikasidan chiqarib yuborish xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasidan chiqarib yuborilayotgan chet el fuqarolarini taklif qilgan qabul qiluvchi tashkilotlar va xususiy shaxslar zimmasida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa chet elliklarni, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan chet el fuqarolarini chiqarib yuborish xarajatlari ichki ishlar organlari zimmasida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Chet el fuqarosi oʻzini Oʻzbekiston Respublikasidan chiqarib yuborish va Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish muddatini qisqartirish toʻgʻrisidagi qaror yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va asosda shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ushbu Qoidalarning 19 — 25-bandlaridagi qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalariga, shuningdek, xalqaro huquq meʼyorlariga muvofiq imtiyozlardan va immunitetlardan foydalanuvchi shaxslarga tatbiq etilmaydi.
(2-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2018-y., 09/18/845/2090-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit oʻtuvchi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning* Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari va Oʻzbekiston Respublikasidan ketishlariga, agar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan berilgan tranzit vizalar mavjud boʻlgan taqdirda haqiqiy pasportlar yoki ularning oʻrnini bosuvchi hujjatlar boʻyicha ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Keyingi oʻrinlarda matnda “xorijiy fuqarolar” deb ataladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali oʻzlari boradigan mamlakatga havo, temir yoʻl va suv transporti bilan tranzit oʻtishlariga Oʻzbekiston Respublikasi bilan qoʻshni boʻlgan davlatga borish uchun haqiqiy hisoblangan hujjatlar va tegishli oʻtish hujjatlari (ularda Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi boshqa transportga oʻtirish punktidan ketish sanasi tasdiqlangan holda) mavjud boʻlgan taqdirda ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalqaro tranzit avtotashishlarni amalga oshiruvchi xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi orqali tranzit oʻtishlari va ularning yengil avtomobillarda tranzit oʻtishlari Oʻzbekiston Respublikasiga qoʻshni boʻlgan davlatga oʻtish uchun haqiqiy boʻlgan hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda, shuningdek, davlatlararo bitimlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tranzit vizalar Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻxtash huquqisiz beriladi. Istisno hollarda xorijiy fuqarolarga qoʻshni davlatga oʻtish yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududida bir yoki bir necha punktda toʻxtash huquqi bilan tranzit viza berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagi hollarda Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali vizasiz tranzit oʻtishga ruxsat beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) havo transporti yoʻlovchilari Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali qoʻnmasdan uchib oʻtganlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xalqaro aviayoʻnalishlar samolyotlarida samolyotdan samolyotga oʻtib uchishda hamda yoʻlovchilarda boriladigan mamlakatga kirish huquqini beruvchi hujjatlar va aviachiptalar mavjud boʻlganda, ularda samolyotdan samolyotga oʻtish sanasi tasdiqlanganda, Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlish vaqti 24 soatdan oshmaganda. Bunda yoʻlovchilar aeroportning ular uchun maxsus ajratilgan hududidan tashqariga chiqish huquqiga ega boʻlmaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi tegishli hukumatlararo bitimlarga ega boʻlgan mamlakatlar fuqarolariga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari boʻlinmalariga passajirlar toʻgʻrisida oldindan oʻz vaqtida maʼlumot beradigan tashuvchining uchinchi mamlakatga aviabileti mavjud boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarning kirishi tartibini optimallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 4-iyuldagi PQ-3836-son qaroriga 2-ilovada koʻrsatilgan davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasidan tranzit orqali oʻtadigan fuqarolariga besh sutkadan ortiq boʻlmagan muddatda.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 886-sonli qaroriga asosan “g” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/886/2130-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzining shaxsiy transport vositasida, piyoda yoki guruh tarkibida avtobusda turizm maqsadida tranzit yurmoqchi boʻlgan xorijiy fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasiga kelgungacha Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz faoliyatini amalga oshiruvchi turizm tashkilotlarining avtoturlarini belgilangan tartibda, toʻxtash joylarini koʻrsatgan holda olishi hamda tegishli turizm vizasiga ega boʻlishi shart, oʻzlariga nisbatan viza rejimi qoʻllanmaydigan xorijiy fuqarolar bundan mustasno.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit oʻtuvchi xorijiy fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish chegara punktidan mazkur qoidalarga rioya qilgan holda belgilangan yoʻnalish boʻyicha yuradilar hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida faqat tranzit vizalarda koʻrsatilgan punktlarda toʻxtashlari mumkin boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali avtotransport vositalarida tranzit oʻtuvchi, shu jumladan avtomobilda xalqaro yuk tashishlarni amalga oshiruvchi xorijiy fuqarolar faqat xalqaro avtomobil qatnovi uchun ochiq boʻlgan yoʻllar va yoʻnalish varaqasida koʻrsatilgan yoʻnalish boʻyicha yurishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan talablar Oʻzbekiston Respublikasi chegaralari orqali safar yoʻnalishi qayd etilgan avtotransport vositasida (tunash uchun qayta butlangan yer usti avtotransport vositasida) turistik (notijorat) maqsadlarda tranzit oʻtayotgan chet el fuqarolariga tatbiq etilmaydi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-dekabrdagi 1022-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 09/18/1022/2328-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovqatlanish, dam olish va tunab qolish uchun faqat motellar, kempinglar yoki maxsus ajratilgan toʻxtash joylari mavjud boʻlgan yoʻnalishdagi punktlarda toʻxtash mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasidan temir yoʻl orqali oʻtayotgan, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit oʻtayotgan poyezdlarda oʻtayotgan xorijiy fuqarolar poyezd toʻxtab turishining amaldagi jadvalda koʻrsatilgan vaqtida stansiyalarga tushish huquqiga ega boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi hududida 24 soatdan ortiq boʻlmagan muddatda bir yoki bir necha punktda toʻxtash koʻrsatilgan tranzit vizaga ega boʻlgan xorijiy fuqarolar ushbu punktlarga kelganlaridan keyin Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishlari qoidalari bilan belgilangan tartibda joylashish vositalari va davolash muassasalarida hisobga turishga yoki vaqtincha roʻyxatdan oʻtishga va ular uchun belgilangan boʻlish muddatidan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasidan joʻnab ketishga majburdirlar.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tranzit oʻtuvchi va Oʻzbekiston Respublikasi hududida 24 soatdan ortiq muddatga majburiy toʻxtagan xorijiy fuqarolar toʻxtash paytidan boshlab keyingi sutka mobaynida ichki ishlar organlarida Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish ruxsatnomasini rasmiylashtirishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy toʻxtash quyidagi hollarda boʻlishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) poyezd, avtotransport vositasi, kema yoki samolyotning harakatini toʻxtatuvchi tabiiy ofatlar yuz berganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) avtomobilning biron-bir qismi buzilishi yoki yoʻl-transport hodisasi yuz berishi natijasida shikastlangan avtotransport vositasini tuzatish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) vrachning xulosasiga koʻra bemorning yoʻlda yurishi uning salomatligi uchun xavfli hisoblangan kasallik holatida. Bunday holda u bilan birga borayotgan oila aʼzolari yoki hamrohlik qilayotgan shaxslar bemorning oldida qolishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yoʻllar tutashgan joyda bir transport turidan boshqasiga oʻtirish kechikkanda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy toʻxtash xorijiy fuqarolarga bunday toʻxtash yuz bergan shahar yoki boshqa aholi yashaydigan joy doirasida majburiy toʻxtashni keltirib chiqargan sabab bartaraf etilgunga qadar boʻlish huquqini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlishni va tranzit vizalarning amal qilish muddatini uzaytirishni rasmiylashtirish yoʻnalish yoʻlida toʻxtash sababi va muddatini tasdiqlovchi tegishli tashkilot yoki muassasaning maʼlumotnomasi koʻrsatilgan holda xorijiy fuqaroning shaxsiy arizasiga binoan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagilar toʻxtash vaqtida xorijiy fuqarolar yashaydigan joylar boʻlishi mumkin:
(12-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻz faoliyatini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshiradigan joylashish vositalari va davolash muassasalari.
(12-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tranzit yoʻlovchi u bilan birga boʻladigan vakolatxonadagi aniq shaxs koʻrsatilgan holda xorijiy vakolatxonaning yozma iltimosnomasi boʻlgan taqdirda akkreditatsiya qilingan xorijiy vakolatxona binosi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻxtash vaqtida xorijiy fuqarolarning yotoqxonalar va shaxsiy kvartiralarda yashashlariga istisno hollarda va faqat ichki ishlar organlarining ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi hududida 24 soatdan ortiq boʻlmagan muddatda majburiy toʻxtagan xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketishlariga tranzit viza ichki ishlar organlarida uzaytirilmasdan ruxsat berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit oʻtuvchi, yoʻnalishni va Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish chegara punktini oʻzgartirishni istovchi xorijiy fuqarolar buning uchun ichki ishlar organlarining ruxsatnomasini olishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qoidalarning shubhasiz buzilishiga olib keladigan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy fuqarolarga joy, transport vositalari berishlariga yoxud ularga boshqa xizmatlar koʻrsatishlariga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy fuqarolarga joy va transport vositalari berilgan barcha hollarda ularning egalari bu haqda bir sutkadan kechikmay ichki ishlar organlariga maʼlum qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalari va konsullik muassasalari boshliqlari va xodimlarining javobgarligi toʻgʻrisidagi masala diplomatik yoʻl bilan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qoidalarning xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit oʻtish shartlariga rioya qilishlarini taʼminlovchi yoxud ularga xizmat koʻrsatuvchi shaxslar tomonidan buzilishi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortishga olib keladi.
Diplomatik kirish vizasi (doimiy akkreditatsiya qilinganlar uchun)
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy turgan xodimlari va ularning qaramogʻida boʻlgan ularning oila aʼzolariga (diplomatik pasportga ega boʻlgan) akkreditatsiya muddatiga beriladi.
2.
D-2
Diplomatik kirish vizasi (vaqtincha turganlar uchun)
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan xodimlari va ularning qaramogʻida boʻlgan ularning oila aʼzolariga (diplomatik pasportga ega boʻlgan) 3 oygacha muddatga beriladi.
3.
DT
Diplomatik kirish vizasi (diplomatik pasport egalari uchun turistik)
Oʻzbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kirayotgan xorijiy davlatlarning diplomatik xodimlari va xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining xodimlari va ularning qaramogʻida boʻlgan ularning oila aʼzolariga (diplomatik pasportga ega boʻlgan) 1 oygacha muddatga beriladi.
4.
S-1
Xizmat kirish vizasi (doimiy akkreditatsiya qilinganlar uchun)
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy turgan xodimlari va ularning qaramogʻida boʻlgan ularning oila aʼzolariga (diplomatik pasportga ega boʻlmagan), shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli boʻlmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy turgan xodimlariga va ularning qaramogʻida boʻlgan ularning oila aʼzolariga akkreditatsiya muddatiga beriladi.
5.
S-2
Xizmat kirish vizasi (vaqtincha)
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan xodimlari va ularning qaramogʻida boʻlgan ularning oila aʼzolariga (diplomatik pasportga ega boʻlmagan), shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli boʻlmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan xodimlariga va ularning qaramogʻida boʻlgan ularning oila aʼzolariga 3 oy muddatgacha beriladi.
6.
S-3
Xizmat kirish vizasi (Oʻzbekiston Respublikasi davlat tashkilotlarining taklifi boʻyicha )
Oʻzbekiston Respublikasi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, qonunchilikda nazarda tutilgan, shuningdek, Prezident va Hukumat tashabbusi bilan tashkil etilgan nodavlat notijorat birlashmalar taklifi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga xizmat safariga keluvchi xorijiy fuqarolarga 1 yil muddatgacha beriladi.
7.
O
Rasmiy kirish vizasi (rasmiy va davlat tashriflari doirasida)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining taklifi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchi rasmiy delegatsiya aʼzolariga rasmiy tadbirlar oʻtkazish muddatiga beriladi.
8.
V-1
Ishbilarmonlik kirish vizasi (Oʻzbekiston Respublikasining profil muassasalari va idoralarida akkreditatsiya qilinganlar uchun)
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy tijorat tashkilotlari vakolatxonalari, shuningdek xorijiy banklar yoki boshqa moliyaviy tashkilotlar xodimlariga akkreditatsiya muddatiga beriladi.
9.
V-2
Ishbilarmonlik kirish vizasi (biznes viza)
Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha turgan ishbilarmonlik doiralari vakillariga 1 yil muddatgacha beriladi.
10.
T
Turistik kirish vizasi
Oʻzbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda tashrif buyurayotgan xorijiy fuqarolarga 1 oy muddatgacha beriladi.
11.
TG
Guruhli turistik kirish vizasi
Oʻzbekiston Respublikasiga kamida 5 kishidan iborat boʻlgan turistik guruh tarkibida turistik maqsadlarda tashrif buyurayotgan xorijiy fuqarolarga 1 oy muddatgacha beriladi.
12.
PLG
Ziyorat kirish vizasi
Turistik faoliyat subyektlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning soʻrovnomalari boʻyicha Oʻzbekistonning madaniy-tarixiy va diniy-maʼnaviy merosi, anʼanalarini oʻrganish uchun xorijiy fuqarolarga 2 oy muddatgacha beriladi.
13.
E
Ishchi kirish vizasi (Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi litsenziyasi asosida)
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi tomonidan xorijiy fuqaroga berilgan mehnat faoliyati huquqi tasdiqlangan muddatga beriladi.
14.
J-1
Matbuot vakillari uchun kirish vizasi (Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida doimiy akkreditatsiya qilingan)
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida doimiy akkreditatsiya qilingan xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari va ularning qaramogʻida boʻlgan ularning oila aʼzolariga akkreditatsiya muddatiga beriladi.
15.
J-2
Matbuot vakillari uchun kirish vizasi (“Dunyo” AAda vaqtincha akkreditatsiya qilinganlar)
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida vaqtincha akkreditatsiya qilingan xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillariga akkreditatsiya muddatiga beriladi.
16.
PV-1
Mehmon kirish vizasi (Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi orqali Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining taklifi boʻyicha)
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining taklifi boʻyicha mehmon safarini amalga oshiruvchi xorijiy fuqarolarga 1 yilgacha muddatga beriladi.
17.
PV-2
Mehmon kirish vizasi (xorijiy fuqarolarning taklifi boʻyicha)
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy akkreditatsiya qilingan va roʻyxatdan oʻtkazilgan xorijiy fuqarolar taklifi boʻyicha mehmon safarini amalga oshiruvchi xorijiy fuqarolarga 1 yilgacha muddatga beriladi.
18.
VTD
Vatandoshlar uchun kirish vizasi (Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi orqali Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining taklifi boʻyicha)
Oʻzbekiston Respublikasida tugʻilganlar va ularning oila aʼzolari uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan va uning hududida doimiy yashovchi ularning qarindoshlari tomonidan taklifnoma mavjud boʻlganda 2 yilgacha muddatga beriladi.
19.
STD
Talabalar kirish vizasi (oliy taʼlim muassasalararo almashish asosida — vaqtincha taʼlim olish davriga)
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan oliy taʼlim muassasalarida qisqa muddatda (oliy taʼlim muassasalararo almashishga binoan yoki oliy taʼlim muassasalararo oʻzaro aloqalar doirasida vaqtincha asosda) taʼlim oluvchi xorijiy talabalarga 1 yilgacha muddatga beriladi, oʻz tasarrufida taʼlim muassasasiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim muassasalari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar iltimosnomalariga koʻra rasmiylashtiriladi.
20.
A-1
Oʻquv kirish vizasi (doimiy asosda — taʼlim davriga)
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan taʼlim muassasalarida taʼlim oluvchi xorijiy talabalarga 1 yilgacha muddatga beriladi, oʻz tasarrufida taʼlim muassasasiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim muassasalari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar iltimosnomalariga koʻra rasmiylashtiriladi.
21.
A-2
Oʻqituvchilar kirish vizasi (Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy asosda ishga joylashishda)
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimi oʻquv muassasalarining professor-oʻqituvchilar tarkibi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy oʻquv muassasalari filiallarining professor-oʻqituvchilar tarkibiga — xorijiy fuqarolarga 1 yilgacha muddatga beriladi. Oʻz tasarrufida taʼlim muassasasiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim muassasalari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar iltimosnomalariga koʻra rasmiylashtiriladi.
22.
A-3
Akademik kirish vizasi (vaqtincha asosda)
Oʻzbekiston Respublikasida ilmiy-tadqiqot (dissertatsiyalar, ilmiy ishlar uchun materiallar toʻplash) va oʻqituvchilik faoliyatini (qisqa muddatli sayyor maʼruzalar) yuritishni xohlaydigan xorijiy shaxslar uchun 3 oydan 2 yilgacha muddatga beriladi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari, vazirliklar yoki idoralar iltimosnomalariga koʻra rasmiylashtiriladi.
23.
MED
Tibbiy kirish vizasi
Davolash-profilaktika muassasalari taklifi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga davolanish uchun keladigan xorijiy fuqarolar uchun 3 oygacha muddatga beriladi.
24.
S-1
Ekipaj uchun kirish vizasi
Havo kemalari va temir yoʻl tarkiblari ekipajlarining xorijiy aʼzolariga 1 yilgacha muddatga beriladi.
25.
S-2
Haydovchilar uchun kirish vizasi
Yuk tashuvchi avtotransport vositalarining xorijiy haydovchilariga 1 yilgacha muddatga beriladi.
26.
EXIT
Chiqish vizasi
Xorijiy fuqarolar tomonidan kirish vizalarining muddati kechiktirilgan hollarda ularning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishi uchun 1 oygacha muddatga beriladi.
27.
TRAN
Tranzit vizasi
Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit bilan oʻtuvchi xorijiy fuqarolarga 3 kungacha muddatga beriladi.
28.
INV
Koʻp martalik investitsiya vizasi
Xorijiy investitsiyalarni kiritish paytida Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan 8500-martali bazaviy toʻlov kattaligidan kam boʻlmagan miqdorda xoʻjalik uyushmalarining aksiyalari va ulushlarini olish, shuningdek xorijiy investitsiyalar ishtirokida boʻlgan korxonalarni tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga investitsiya kiritayotgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqmasdan uning muddatini uzaytirish imkoniyati bilan ushbu korxonalarning soʻrovnomalari boʻyicha beriladi, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga rasmiylashtiriladi, 3 yilgacha amal qilish muddati bilan beriladi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 885-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/885/3940-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ikki tomonlama xalqaro shartnomalar va tenglik asosida Ozarbayjon Respublikasi, Gruziya, Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozogʻiston Respublikasi, Moldova Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Qirgʻiziston Respublikasi (60 kungacha) va Tojikiston Respublikasi (30 kungacha) bilan ikki tomonlama vizasiz rejim oʻrnatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Izohning 1-bandida koʻrsatib oʻtilmagan qolgan mamlakatlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan bir tomonlama tarzda 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vizasiz rejim yuqorida sanab oʻtilgan mamlakatlarning fuqarolariga, ularning safar maqsadlaridan qatʼi nazar Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan barcha toifadagi pasport (diplomatik, xizmat va umumfuqarolik) egalariga nisbatan qoʻllaniladi. Mamlakatga kirish uchun shaxs amaldagi milliy pasport yoki xorijiy mamlakatlarga safar vaqtida qoʻllaniladigan, uning oʻrniga oʻtadigan, amal qilish muddati vizani rasmiylashtirishdan kamida 6 oyni tashkil qilishi kerak boʻlgan boshqa hujjatga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vizasiz rejim koʻrsatib oʻtilgan mamlakatlar hududida doimiy yashaydigan, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30 kunlik va 60 kunlik vizasiz rejim Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasini kesib oʻtgan vaqtdan boshlab amalga kiradi va uning tugashiga qadar xorijiy fuqaro respublikadan chiqib ketishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida 30 yoki 60 kundan koʻp boʻlish zarurati holatlarida xorijiy fuqaro ushbu qarorga 4-ilovada bayon etilgan, Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizalari toifalarining birini unga rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlarni topshirishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Roʻyxatda 66 dan 85 gacha koʻrsatib oʻtilgan mamlakatlar fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz rejim 2020-yil 1-yanvardan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan, Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus maʼmuriy hududi fuqarolari uchun mamlakatning xalqaro aeroportlari orqali koʻpi bilan 7 kun muddatga Oʻzbekiston Respublikasiga kirishning vizasiz rejimi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining boʻlinmalariga yoʻlovchilar toʻgʻrisida dastlabki maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim qiluvchi tashuvchining qaytuvchi aviachiptasi mavjud boʻlganda 2020-yil 1-yanvardan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan eʼtiboran 30 kun muddatga vizasiz rejim 2020-yil 1-yanvardan boshlab Birlashgan Arab Amirliklari rezidenti maqomini olgan xorijiy davlatlar fuqarolariga nisbatan ham qoʻllaniladi. Birlashgan Arab Amirliklari rezidenti maqomini olgan xorijiy davlatlar fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasiga kirishda amal qilish muddati 90 kundan kam boʻlmagan rezidentlik vizasining asl nusxasini taqdim etadilar.
(izoh Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-dekabrdagi 1050-sonli qaroriga asosan 6-band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 09/19/1050/4253-son)