Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XORIJIY FUQAROLARNING VA FUQAROLIGI BOʻLMAGAN SHAXSLARNING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIGA KELISHLARI, KETISHLARI, BU YERDA BOʻLISHLARI VA TRANZIT OʻTISHLARI TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda boʻlishlari va tranzit oʻtishlari tartibini yanada soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Quyidagilar:
Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari va Oʻzbekiston Respublikasidan ketishlari tartibi 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishlari qoidalari 2-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit oʻtishlari qoidalari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yigʻimlar hamda soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlar stavkalari toʻgʻrisida” 1993-yil 19-avgustdagi 423-son qaroriga xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan bir oy muddatda takliflar ishlab chiqsin va ularni belgilangan tartibda taqdim etsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va boshqa vazirliklar va idoralar oʻzlarining idoraviy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi B.H. Gʻulomov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 21-noyabr,
408-son
Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari va Oʻzbekiston Respublikasidan ketishlari
TARTIBI
Keyingi tahrirga qarang.
I. UMUMIY QOIDALAR
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar* xususiy hamda xizmat ishlari boʻyicha, turist sifatida, dam olish, oʻqish, ishlash, davolanish va doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari va undan ketishlari mumkin.
* Keyingi oʻrinlarda matnda “xorijiy fuqarolar” deb ataladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizalari, shu jumladan tranzit kirish vizalari:
Keyingi tahrirga qarang.
a) Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalari tomonidan, bunday konsullik muassasalari mavjud boʻlmagan taqdirda esa — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ikki tomonlama bitimi mavjud boʻlgan boshqa davlatlarning konsullik muassasalari tomonidan beriladi.
Bosh konsulliklar, konsulliklar, vitse-konsulliklar, konsullik agentliklari va elchixonalarning konsullik boʻlimlari Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi konsullik muassasalari hisoblanadi;
b) xalqaro aeroport maqomiga ega boʻlgan Oʻzbekiston aeroportlaridagi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining boʻlinmalari tomonidan beriladi.
Aeroportlarda Tashqi ishlar vazirligining konsullik muassasalari va boʻlinmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizalari xorijiy fuqarolarning barcha toifalariga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Kirish vizalari, qoidaga koʻra, bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga beriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va uning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi boʻlinmalari vizalarning amal qilish muddatini uzaytirishni xorijiy fuqarolarning quyidagi toifalari uchun amalga oshiradi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
a) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli boʻlmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallari xodimlariga (va ularning qaramogʻida boʻlgan ularning oila aʼzolariga), shuningdek Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan matbuot vakillariga va ularning qaramogʻida boʻlgan ularning oila aʼzolariga;
(3-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 17-son, 199-modda)
b) rasmiy va parlament delegatsiyalari aʼzolariga;
v) diplomatik maqomga ega boʻlgan boshqa shaxslarga;
Oldingi tahrirga qarang.
g) ushbu bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan xorijiy fuqarolarning taklifi boʻyicha kelganlarga, biroq koʻpi bilan 2-marta kelganlarga.
Keyingi tahrirga qarang.
Vizaning uzaytirilishi respublika hududida rasmiy boʻlishga ruxsatnomaning uzaytirilishini anglatadi. Amaliy jihatdan vizani uzaytirish amal qilish muddati yangilangan yangi viza berish yoʻli bilan amalga oshiriladi, xorijiy fuqaro akkreditatsiya qilingan taqdirda esa vizaning turi ham oʻzgartiriladi.
(3-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Koʻp marta foydalaniladigan vizalar ushbu Tartibning 3-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan xorijiy fuqarolarga ular akkreditatsiya qilingan muddatga, ushbu Tartibning 3-bandi “b”, “v” va “g” kichik bandlarida koʻrsatilgan fuqarolarga bir yilgacha muddatga beriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmalari Oʻzbekiston Respublikasidan ketish (ketish, ketish-kelish) vizalarini berish va ularning amalda boʻlish muddatini uzaytirishni ushbu Tartibning 3-bandida koʻrsatilmagan xorijiy fuqarolar uchun amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Koʻp marta foydalaniladigan vizalar bir yil muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan xorijiy fuqarolarning quyidagi toifalariga va ularning oila aʼzolariga beriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
a) vakolatxona xodimining akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi akkreditatsiya qilingan firmalar va kompaniyalar doimiy vakolatxonalari xodimlariga beriladi. Viza xorijiy firma yoki kompaniyaning doimiy vakolatxonasi iltimosnomasi asosida beriladi;
(6-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-iyuldagi 499-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 693-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
b) xorijiy fuqaroning xorijiy bank yoki boshqa moliya tashkiloti shtatiga kiritilganligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlgan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan xorijiy bank yoki boshqa moliya tashkiloti xodimlariga beriladi. Viza xorijiy bank yoki boshqa moliya tashkilotining iltimosnomasi asosida beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
v) Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki akkreditatsiya qilingan qoʻshma korxonalar va 100 foiz xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar xodimlariga, ular Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mehnat faoliyati koʻrsatish uchun ruxsatnomasini olganlaridan soʻng, agar ikki tomonlama va koʻp tomonlama hukumatlararo Bitimlar bilan boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, beriladi. Viza korxona iltimosnomasi asosida beriladi.
(6-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
g) investitsiya loyihalarini amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy kompaniyalarning mansabdor shaxslari va mutaxassislariga vizalar Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlarining iltimosnomalari asosida beriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-iyundagi 177-sonli qaroriga asosan “g” kichik band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 25-son, 274-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasiga kelish uchun berilgan viza, tranzit vizadan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududida haqiqiy hisoblanadi, xorijiy fuqarolarning borishlari uchun yopiq boʻlgan joylar, obyektlar bundan mustasnodir.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalari va ichki ishlar organlari tomonidan xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasiga kelish va undan ketish vizalari berilganligi yoki ularning amalda boʻlish muddati uzaytirilganligi uchun ulardan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va miqdorda davlat poshlinasi undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari va ketishlari tartibi, ularga vizalar berish hamda ularning amal qilish muddatlari Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan koʻp tomonlama va ikki tomonlama bitimlari bilan, tenglik asosida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari bilan oʻzgartirilishi mumkin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 24-iyuldagi 315-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 14-son, 95-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
II. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIGA KELISH VIZALARINI RASMIYLASHTIRISH TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Yuridik shaxslar yoki Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, xorijiy fuqarolarning, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli boʻlmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallari taklifi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga kelmoqchi boʻlgan xorijiy fuqarolar vizalar olish uchun Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalariga, bunday muassasalar boʻlmagan taqdirda — Oʻzbekiston Respublikasi uchun konsullik funksiyalarini bajarish yuzasidan kelishib olingan boshqa davlatlar konsullik muassasalariga toʻldirilgan belgilangan shakldagi viza anketasiga taklifnoma va milliy pasportni yoki uning oʻrnini bosadigan hujjatni (keyingi oʻrinlarda matnda “milliy pasport” deb yuritiladi) ilova qilgan holda murojaat qiladilar.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan xorijiy fuqarolar — xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli boʻlmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallari xodimlari hamda ularning oila aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining akkreditatsiya kartochkasi asosida viza olish va uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun murojaat qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslar yoki Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli boʻlmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallari xorijiy fuqarolarga taklifnomalarni faqat Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga viza berilishida yordam koʻrsatish toʻgʻrisida iltimosnoma berganlaridan keyingina yuboradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, xorijiy fuqarolarning, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli boʻlmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallarining yozma murojaatlarini koʻrib chiqadi va chet eldagi konsullik muassasalariga tegishli koʻrsatmalar yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslarning taklifnomalariga binoan Oʻzbekiston Respublikasiga kontrakt va shartnomalar boʻyicha uch oydan ortiq muddatga ishga kelayotgan xorijiy fuqarolarga vizalar berish belgilangan tartibga muvofiq Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan xorijiy fuqaroga berilgan mehnat faoliyatiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy fuqarolar — xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari xodimlari va ularning oila aʼzolari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan matbuot vakillari va ularning oila aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining akkreditatsiya kartochkasi asosida vizalarning amal qilish muddatini uzaytirish uchun murojaat qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Viza berish hujjatlarini koʻrib chiqish va xorijiy fuqaroga kelish vizasini rasmiylashtirish muddati 10 sutkadan oshmasligi kerak.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 17-son, 199-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Oʻzbekiston Respublikasiga fuqarolar taklifnomasi boʻyicha yoki doimiy yashash uchun kelmoqchi boʻlgan xorijiy fuqarolar vizalar olish uchun Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalariga, bunday muassasalar boʻlmagan taqdirda — Oʻzbekiston Respublikasi uchun konsullik funksiyalarini bajarish yuzasidan kelishib olingan boshqa davlatlarning konsullik muassasalariga toʻldirilgan belgilangan shakldagi viza anketasiga taklifnomani va milliy pasportni ilova qilgan holda murojaat qiladilar.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
Chet eldan xorijiy fuqarolarni taklif qilmoqchi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha (3 oydan ortiq) yashab turgan va doimiy yashayotgan xorijiy fuqarolar yashash joyidagi ichki ishlar organlariga ikki nusxada toʻldirilgan belgilangan shakldagi anketa-ariza bilan murojaat qiladilar.
Fuqarolarning taklifnomasi boʻyicha xorijiy fuqaroga Oʻzbekiston Respublikasiga kelishga viza berish uchun ruxsatnomani rasmiylashtirish muddati 15 sutkadan oshmasligi kerak. Oʻzbekiston Respublikasiga doimiy yashash uchun kelayotgan xorijiy fuqarolar uchun hujjatlarni koʻrib chiqish muddati ayrim hollarda 30 sutkagacha uzaytirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Xorijiy fuqarolar turist sifatida kelish vizalarini olish uchun Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasasiga, bunday muassasalar boʻlmagan taqdirda — Oʻzbekiston Respublikasi uchun konsullik funksiyasini bajarish yuzasidan kelishib olingan boshqa davlatlarning konsullik muassasalariga toʻldirilgan belgilangan shakldagi viza anketasiga milliy pasportni va oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirayotgan turistik tashkilotlarning taklifnomasini taqdim etgan holda murojaat qiladilar.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Xorijiy fuqaroning turist sifatida kelish vizasini rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasasi tomonidan 3 sutkadan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi, bayram va dam olish kunlari bundan mustasnodir.
Xorijiy davlatda Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalari boʻlmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasiga turistlar sifatida kelayotgan xorijiy fuqarolarga kelish-ketish vizalarini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining aeroportlardagi konsullik byurosi tomonidan berilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Xorijiy fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasining turistik vizasida koʻrsatilgan muddatdan oldin kelgan taqdirda turistik vizalarga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining konsullik byurolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan oʻtish punktlarida tegishli oʻzgartirishlar kiritishga ruxsat etiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-noyabrdagi 894-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2017-y., 09/17/894/0219-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Xorijiy fuqarolar tranzit vizasini olish uchun Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasasiga, bunday muassasalar boʻlmagan hollarda — Oʻzbekiston Respublikasi uchun konsullik funksiyalarini bajarish yuzasidan kelishib olingan boshqa davlatlarning konsullik muassasalariga toʻldirilgan belgilangan shakldagi viza-anketa bilan murojaat qiladilar hamda milliy pasportni, borilayotgan davlat vizasini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasidan borilayotgan davlatga joʻnab ketish sanasi tasdiqlangan yoʻl hujjatlarini taqdim etadilar.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali shaxsiy, yoʻlovchilar tashish yoki yuk transportida tranzit bilan oʻtib ketadigan xorijiy (haydovchilar) fuqarolar (72 soatdan koʻp boʻlmagan muddat mobaynida) viza anketasi, milliy pasport va borilayotgan mamlakat vizasidan tashqari xalqaro namunadagi haydovchilik guvohnomasini, transportga egalikni va avtotransportning texnik holatini tasdiqlovchi hujjatlarni, yukning borilayotgan mamlakatga yetkazib berilishini tasdiqlovchi yuk hujjatlarini va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Tranzit vizani Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasasi tomonidan rasmiylashtirish 3 sutka mobaynida amalga oshiriladi.
(13-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
14. Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari boshliqlari alohida hollarda xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasiga kelish vizasini berish toʻgʻrisida mustaqil ravishda qaror qabul qilish huquqiga egadirlar. Bunda ular qabul qilingan qaror toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga bir sutka mobaynida xabarnoma yoʻllaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
III. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDAN KETISH VIZALARINI RASMIYLASHTIRISH TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
15. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, chet elga bormoqchi boʻlgan fuqaroligi boʻlmagan shaxs yashash uchun hujjatni, belgilangan namunadagi anketa-arizani, davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitansiyani va 35 x 45 mm oʻlchamli 4 ta fotosuratni taqdim etgan holda, doimiy roʻyxatda turgan joydagi kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasiga murojaat qiladi.
Chet elga vaqtincha chiqishda fuqaroligi boʻlmagan shaxsga chet elga chiqish uchun 2 yil mobaynida amal qiladigan ruxsatnoma yozuvi stikeri (keyingi oʻrinlarda stiker deb ataladi) rasmiylashtiriladi. Koʻrsatilgan muddat mobaynida fuqaroligi boʻlmagan shaxs bir necha marta chet elga chiqishi mumkin. Stikerning amal qilish muddati fuqaroligi boʻlmagan shaxsning guvohnomasi yoki harakatlanish hujjatining amal qilish muddatidan oshmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasidan boshqa xorijiy davlatlarga stiker rasmiylashtirmasdan chiqishi qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka olib keladi.
Stikerning amal qilish muddati chet elda tamom boʻlishi Oʻzbekiston Respublikasiga kirishda, shuningdek bir xorijiy davlatdan boshqasiga safar qilishda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni javobgarlikka tortish uchun asos hisoblanmaydi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 22-oktabrdagi 301-sonli qaroriga asosan uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 42-son, 539-modda)
Doimiy yashash uchun chet elga chiqishda fuqaroligi boʻlmagan shaxsga amal qilish muddatisiz stiker rasmiylashtiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari fuqaroligi boʻlmagan shaxsning murojaatini 15 ish kuni mobaynida koʻrib chiqadi va chet elga chiqish huquqiga cheklovlar uchun asos boʻlmagan taqdirda fuqaroligi boʻlmagan shaxsning guvohnomasini rasmiylashtiradi hamda guvohnomaga yoki harakatlanish hujjatiga stikerni yopishtiradi.
Hujjatlarni koʻrib chiqish muddati 30 ish kunigacha uzaytirilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan fuqaroligi boʻlmagan shaxs chet eldan qaytganidan keyin uch ish kuni mobaynida guvohnoma yoki harakatlanish hujjatini topshirish va oʻrniga Oʻzbekiston Respublikasida yashashga ruxsatnoma olish uchun kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasiga murojaat qilishlari kerak.
Amal qiladigan stiker fuqaroligi boʻlmagan shaxsning haqiqiy boʻlmagan guvohnomasidan yoki harakatlanish hujjatidan yangi guvohnoma yoki harakatlanish hujjatiga koʻchirilgan hollarda, ushbu stikerni rasmiylashtirish muddati 7 ish kunidan oshmasligi kerak.
Chet elga xizmat safariga borayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga, ular ishlaydigan tashkilotlarning mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, chet elga chiqish huquqini cheklashlar uchun asos boʻlmagan taqdirda, stikerni rasmiylashtirish uchun hujjatlarni koʻrib chiqish muddati 10 ish kunidan oshmasligi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqishni talab qiladigan shoshilinch davolanish zaruriyatini, ogʻir kasallik holatlarini yoki yaqin qarindoshi vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda fuqaroligi boʻlmagan shaxsga va unga hamrohlik qiluvchi shaxslarga stikerni rasmiylashtirish muddati, chet elga chiqish huquqini cheklash uchun asos boʻlmagan taqdirda, 5 ish kunidan oshmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Doimiy yashash uchun chet elga chiqishda fuqaroligi boʻlmagan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan oʻz ota-onasining va turmush oʻrtogʻining (birgalikda chiqish holatlari bundan mustasno), shuningdek agar birgalikdagi nikohdan bolalar boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan sobiq turmush oʻrtogʻining notarial tasdiqlangan roziligini, shuningdek ular vafot etgan yoki bedarak yoʻqolgan hollarda, vafot etganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani yoki sudning shaxsni bedarak yoʻqolgan deb eʼtirof etish haqidagi qarorini (nusxalari olinib, asli qaytariladi) kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasiga taqdim etadi.
(16-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasidan ketish hujjatlarini olganlaridan soʻng viza olish uchun tegishli davlatlarning diplomatik va konsullik vakolatxonalariga murojaat qiladilar.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning yashash uchun guvohnomasi va doimiy roʻyxatdan oʻtkazilganligi:
Keyingi tahrirga qarang.
xorijiy fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha chiqqanda, agar ular uch yildan ortiq vaqt mobaynida uzrli sabablarsiz Oʻzbekistondagi doimiy yashash joyiga qaytmasa;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan vaqtincha tashqariga chiqqan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning harakatlanish hujjatining amal qilish muddati tamom boʻlgach, agar ular harakatlanish hujjatini almashtirmasa yoxud uzrli sabablarsiz uni almashtirishni rad etsa;
bekor qilish toʻgʻrisida shaxsan murojaat qilsa yoxud notarial tasdiqlangan ishonchnoma boʻyicha boshqa shaxs murojaat qilsa yoki chet eldagi tegishli organlarning soʻrovi boʻyicha bekor qilinadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
IV. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIGA KELISH VA UNDAN KETISH HUQUQIDAGI CHEKLASHLAR
19. Xorijiy fuqaroning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishi quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
a) milliy xavfsizlik yoki jamoat tartibini muhofaza qilishni taʼminlash manfaatlari yoʻlida;
b) agar bu Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va boshqa shaxslarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun zarur boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
(19-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-avgustdagi 236-son qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 376-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
v) agar shaxs chet el terrorchi, ekstremist va boshqa jinoiy tashkilotlarning faoliyatiga aloqador boʻlsa;
(19-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-avgustdagi 236-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 376-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
g) agar shaxs oʻzi haqida qasddan soxta maʼlumotlar bergan boʻlsa yoki zarur hujjatlarni taqdim etmagan boʻlsa;
(19-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-avgustdagi 236-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 376-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
d) agar shaxs ilgari xorijiy shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelish-ketish tartibini hamda bu yerda boʻlish qoidalarini, Oʻzbekiston Respublikasining bojxona, valyuta va boshqa qonunchiligini buzganligi aniqlangan boʻlsa;
(19-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-avgustdagi 236-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 376-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
e) agar shaxs kasal boʻlsa yoki uning salomatligi jamiyat xavfsizligi va sogʻlomligiga xavf tugʻdirsa hamda ushbu kasallik Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga kiritilgan boʻlsa.
(19-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-avgustdagi 236-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 376-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu qaror bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishlari qoidalarining 40-bandiga muvofiq xorijiy fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasiga kelish cheklangan boʻlsa, unga Oʻzbekiston Respublikasiga kelishi rad etiladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-avgustdagi 236-sonli qarori asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 376-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
20. Xorijiy fuqaroning Oʻzbekiston Respublikasidan ketishiga quyidagi hollarda ruxsat berilmaydi:
Keyingi tahrirga qarang.
a) agar uning ketishi davlat xavfsizligini taʼminlash manfaatlariga zid boʻlsa — ketishga toʻsqinlik qiluvchi holatlarning amal qilish muddati tugagungacha;
b) agar shaxsga nisbatan uning doimiy yashash uchun chet elga ketishiga toʻsqinlik qiluvchi shartnoma, kontrakt majburiyatlari amalda boʻlsa — ushbu majburiyatlar toʻxtatilgunga qadar;
v) agar shaxsga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan boʻlsa — ish oxiriga yetkazilgunga qadar yoki uning yuzasidan sud qarori qabul qilingunga qadar;
g) agar shaxs jinoyat sodir etganligi uchun jazoga hukm qilingan boʻlsa — jazoni oʻtab boʻlgungacha yoki jazodan ozod etilmaguncha;
d) agar shaxs unga sud tomonidan yuklangan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortayotgan boʻlsa — majburiyatlarni toʻliq bajarib boʻlgunga qadar;
e) agar shaxs oʻzi haqida qasddan soxta maʼlumotlar bergan boʻlsa;
j) agar sudda shaxsga nisbatan fuqarolik daʼvosi qoʻzgʻatilgan boʻlsa — sud tomonidan qaror qabul qilinib va u ijro etilgunga qadar.
V. CHET ELGA KETISH HUQUQI RAD ETILGANLIGI USTIDAN SHIKOYAT QILISH TARTIBI
21. Ushbu Tartibning IV boʻlimida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha chet elga ketish huquqining rad etilishi, javob berishning belgilangan muddatidan ortiqcha kechiktirilishi ustidan xorijiy fuqarolar yuqori organlarga shikoyat qilishlari mumkin, bu organlar bir oydan koʻp boʻlmagan muddatda javob berishlari kerak, xorijiy fuqaro uning qaroridan norozi boʻlganda, sudga shikoyat qilishi mumkin. Chet elga ketish huquqini mazkur Tartib 20-bandining “b” kichik bandida koʻrsatilgan sabablarga koʻra cheklash ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi
qoidalari
I. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar (keyingi oʻrinlarda chet el fuqarolari deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashashlari yoki vaqtincha boʻlishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Qoidalar:
a) chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanishi;
b) chet el fuqarolarini akkreditatsiya qilish;
v) Oʻzbekiston Respublikasiga boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolarining avtotransport vositalarini hisobga qoʻyish;
g) qonun hujjatlarini va ushbu Qoidalarni buzganlik uchun chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish muddatlarini qisqartirish va ularni Oʻzbekiston Respublikasidan chiqarib yuborish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha boʻlib turgan chet el fuqarolari joylashtirish vositalarida (mehmonxonalarda, mehmonxona xizmatlari — vaqtincha yashash xizmatlari koʻrsatiladigan turistik bazalarda va majmualarda, dam olish uylari va zonalarida, pansionatlarda, kempinglarda, motellarda, oilaviy mehmon uylarida, oʻtov va chodirli lagerlarda, sanatoriylarda va boshqa obyektlarda, shuningdek, tunash uchun joylashish vositalariga aylantirilgan yer transportida), oʻzlari tanlagan boshqa uy-joy maydonida, shuningdek, davolash muassasalarida qabul qiluvchi tashkilotlarni (vazirliklar, idoralar, mulkchilik shaklidan hamda faoliyat turidan qatʼi nazar korxonalar va tashkilotlarni, chet davlatlarning doimiy vakolatxonalarini, xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning vakolatxonalarini va chet davlatlarning hukumat tashkilotlarini, xalqaro va chet el nodavlat (nohukumat) notijorat tashkilotlarining (keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb ataladi) vakolatxonalarini), shuningdek, ularni shaxsiy ishlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilgan shaxslarni xabardor qilgan holda yashaydilar.
4. Oʻzbekiston Respublikasida boʻlib turgan chet el fuqarolari yonida pasport yoki pasport oʻrnini bosuvchi hujjatlar (keyingi oʻrinlarda milliy pasportlar deb ataladi) boʻlishi hamda ular bu hujjatlarni vakolatli organlar vakillarining talabiga muvofiq taqdim etishlari shart.
Chet el fuqarolari milliy pasport yoʻqolganligi haqida darhol qabul qiluvchi tashkilotga va ichki ishlar organlariga xabar qilishlari shart.
Turistlarning hujjatlarini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadigan soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.
5. Taklif qilgan (qabul qiladigan) shaxslar, tashkilotlar, shu jumladan turizm operatorlari chet el fuqarolariga ularning Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida va ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan huquqlari va majburiyatlari oʻz vaqtida tushuntirib berilishini, chet el fuqarolari bilan munosabatlarda belgilangan huquqiy meʼyorlar aniq bajarilishini taʼminlaydilar, chet el fuqarolarining tegishli hisobini yuritadilar (Oʻzbekiston Respublikasiga shaxsiy ishlar bilan notijorat maqsadlarda kelayotgan chet el fuqarolarini qabul qiladigan va ularga turar joy beradigan jismoniy shaxslar bundan mustasno), shuningdek, Internet tarmogʻi orqali ixtisoslashtirilgan elektron avtomatlashtirilgan dastur (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) yordamida xabardor qilish yoki Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli boʻlimlariga murojaat qilish yoʻli bilan ularning vaqtincha propiskadan oʻtkazilishini, respublika hududida harakatlanishini hamda oʻzlariga belgilab berilgan boʻlish muddati tugagach, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketishini taʼminlash uchun javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Chet ellik turistlarni qabul qiladigan turizm operatorlari, shuningdek, ularning xodimlari chet ellik turistlar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini buzganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadilar, ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan javobgarlik bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Joylashtirish vositalariga, davolash muassasalariga va boshqa uy-joy maydonlariga joylashtirilgan chet el fuqarolari (mustaqil sayohat qilib, chodirli lagerlarda hamda tunash uchun joylashtirish vositasiga aylantirilgan yer transportida yashaydigan chet el fuqarolari bundan mustasno) vaqtincha propiskadan oʻtish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikdan ozod qilinib, chet el fuqarolari kelganlaridan keyin uch sutka ichida ichki ishlar organlarini mustaqil ravishda xabardor qilishlari shart boʻlgan joylashtirish vositalari va davolash muassasalari maʼmuriyatining, shuningdek, boshqa uy-joy maydonlari egalarining javobgarligi kuchaytiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Chet ellik fuqaro tashkilotlardan birining taklifiga muvofiq kelgan hollarda boshqa tashkilot ushbu fuqaroga nisbatan majburiyatlarni va ushbu Qoidalarning 5-bandida nazarda tutilgan javobgarlikni zimmasiga olgan holda, uni oʻz yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilish huquqiga ega.
7. Oʻziga nisbatan viza rejimi qoʻllanilmaydigan yoxud viza berishning soddalashtirilgan tartibi qoʻllaniladigan, uchinchi shaxslarning taklifisiz yoki taklifsiz turistlar sifatida kelgan chet el fuqarolari pasport nazoratidan oʻtishdan oldin ushbu Qoidalarning 5-bandida nazarda tutilgan talablar va javobgarlik bilan tanishib chiqadilar. Mazkur fuqarolar zarur hollarda viza muddatini uzaytirish uchun mustaqil ravishda hujjatlar topshirish huquqiga ega.
8. Chet el fuqarolarini Oʻzbekiston Respublikasiga notijorat maqsadlarda shaxsiy ishlar boʻyicha taklif qilgan va ularga uy-joy maydonini bergan shaxslar quyidagilarga majbur:
ularni quyidagi yoʻllar bilan vaqtincha propiska qilish choralarini koʻradilar:
Keyingi tahrirga qarang.
agar chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish muddati 30 kundan ortiq boʻlsa, hududiy ichki ishlar organlariga shaxsan murojaat etish orqali xabardor qilish;
agar chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish muddati toʻliq 30 kundan oshmasa, Dastur yordamida yoki hududiy ichki ishlar organlariga shaxsan murojaat etish orqali;
chet el fuqarolari uchun belgilangan Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish muddati tugaganidan keyin ularning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketishiga yordam berishlari shart.
Bu shaxslar tomonidan chet el fuqarolariga uy-joy, transport vositalari berish yoxud boshqa xizmatlar koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari va ushbu Qoidalar buzilishiga olib kelishi oldindan maʼlum boʻlgan hollarda ushbu shaxslarning chet el fuqarolariga uy-joy, transport vositalari berishiga yoxud boshqa xizmatlar koʻrsatishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasida boʻlib turgan chet el fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va ushbu Qoidalarga rioya etishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Chet el fuqarolari, mansabdor shaxslar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa fuqarolari ushbu Qoidalarning talablariga rioya etishlari yuzasidan nazoratni ichki ishlar organlari hamda Tashqi ishlar vazirligi oʻz vakolatlari doirasida joylardagi hokimiyat organlari va Oʻzbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda, shu jumladan Dastur yordamida amalga oshiradilar.
11. Chet el fuqarolarini vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish va ularga Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash hamda uning hududida harakatlanishi uchun ruxsatnomalar berish tartibi Oʻzbekistonning boshqa mamlakatlar bilan ikki tomonlama va koʻp tomonlama bitimlari bilan, shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda teng asoslarda oʻzgartirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Chet el fuqarolarini akkreditatsiya qilish. Chet el fuqarolarining avtotransport vositalarini hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida chet el fuqarolarining quyidagi toifalari akkreditatsiya qilinadi:
a) chet el diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining rahbarlari, diplomatik personal aʼzolari, konsulliklarning mansabdor shaxslari, harbiy attashelar, diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarining maʼmuriy-texnik va xizmat koʻrsatish personali, shuningdek, ularning oila aʼzolari;
b) ommaviy axborot vositalarining vakillari va ularning oila aʼzolari;
v) xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning va chet davlatlar hukumat tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasiga xizmat ishlari boʻyicha kelgan mansabdor shaxslari, mazkur tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonalari xodimlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida shtab-kvartirasi boʻlgan xalqaro tashkilotlar huzuridagi mamlakatlar vakolatxonalarining mazkur tashkilotlar ustav hujjatlariga yoki tegishli shartnomalarga muvofiq diplomatik imtiyozlardan va immunitetlardan foydalanuvchi xodimlari, shuningdek, ularning oila aʼzolari.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, uning vakolatxonalari tomonidan mazkur shaxslarga akkreditatsiya kartochkalari beriladi hamda bevosita ularning milliy pasportlariga akkreditatsiya haqida yozib qoʻyiladi.
13. Oʻzbekiston Respublikasiga olti oygacha muddatga kelgan chet el fuqarolarining shaxsiy va xizmat avtotransport vositalari Oʻzbekiston Respublikasining bojxona organlarida hisobga qoʻyilishi kerak. Chet ellik egalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga olti oydan ortiq muddatga olib kirilayotgan transport vositalari Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida roʻyxatga olinib, milliy raqam belgilari almashtiriladi.
Yoʻl harakati toʻgʻrisidagi konvensiya (Vena, 1968-yil 8-noyabr) talablariga javob beradigan xalqaro haydovchilik guvohnomalari va milliy haydovchilik guvohnomalari Oʻzbekiston Respublikasi hududida avtotransport vositalarini boshqarish uchun haqiqiydir. Chet el fuqarolariga milliy haydovchilik guvohnomalarini berish yoki ushbu fuqarolarning mazkur Konvensiya talablariga javob bermaydigan haydovchilik guvohnomalarini almashtirib berish Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Chet ellik egalarining transport vositalarini davlat texnik koʻrigidan oʻtkazish ham Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yoki Oʻzbekiston Respublikasida yashayotgan chet el fuqarolariga qarashli boʻlgan avtomototransportni foydalanish uchun chet el fuqarolariga berish notarial tartibda rasmiylashtirilib, avtomototransportning davlat raqami belgisini chet el fuqarolariga moʻljallangan tegishli toifadagi belgiga almashtirish uchun ichki ishlar organlari xabardor qilinadi. Chet el fuqarolari tomonidan qaytarib olib chiqib ketish majburiyati bilan olib kirilgan avtotransport belgilangan muddat tugaganidan keyin chet elga olib chiqib ketilishi kerak va u Oʻzbekiston Respublikasi hududida olib qoʻyilishi mumkin emas.
III. Chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanishi
14. Chet el fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasining oʻzlariga tashrif uchun ruxsat berilgan hududidagina harakatlanishlari shart.
Chet el fuqarolari vaqtincha boʻlish punktiga yetib kelganlaridan keyin taklif qilgan (qabul qiladigan) shaxslar, tashkilotlar ularni Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida Dastur vositasida yoki hududiy ichki ishlar organlariga yozma murojaat qilish orqali vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazishlari shart.
Joylashtirish vositalarida yoki davolash muassasalarida turgan chet el fuqarolari mazkur muassasalarda hisobdan oʻtadilar.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan va yashash guvohnomalariga ega boʻlgan chet el fuqarolarini vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish ularning muayyan yashash joyida turadigan davri uchun amalga oshiriladi. Uch sutkadan to olti oygacha davrga vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish shaxsni doimiy yashash joyidan oʻchirmagan holda amalga oshiriladi. Xizmat safariga, taʼtilga, dam olish yoki davolanishga joʻnab ketayotganlardan tashqari boshqa shaxslarni olti oydan ortiq muddatga vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish shaxsni doimiy yashash joyidan oʻchirgan holda amalga oshiriladi.
15. Qabul qiluvchi tashkilotlar yoʻnalishi boʻyicha kelgan chet el fuqarolarining chegara zonasiga va tashrif uchun yopiq boʻlgan joylarga kirishi hamda harakatlanishi:
ushbu tashkilotlarning yozma murojaatlari asosida;
shaxsiy ishlar bilan kelgan chet el fuqarolarining chegara zonasiga va tashrif uchun yopiq boʻlgan joylarga kirishi hamda harakatlanishi chet el fuqarolarining shaxsiy yozma arizalari asosida faqat ichki ishlar organlarining ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin.
Qabul qiluvchi tashkilotlarning iltimosiga koʻra chet el fuqarolariga koʻp marta kirish va harakatlanish uchun ruxsatnomalar berilishi mumkin.
16. Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilingan chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanish tartibi, agar Oʻzbekiston ishtirokchisi boʻlgan xalqaro kelishuvlarda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ikki tomonlama shartnomalar bilan va tenglik asosida belgilanadi.
17. Chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida tranzit harakatlanishi Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tranzit oʻtishi qoidalariga (3-ilovaga qaralsin) muvofiq amalga oshiriladi.
18. Oʻzbekiston Respublikasidagi turar joyini ushbu Qoidalarni buzgan holda oʻzgartirgan chet el fuqarolari ichki ishlar organlarining talabi bilan oldingi turar joylariga qaytishlari yoki tanlagan borish punktlariga muvofiq yurishlari shart.
IV. Boʻlish muddatini qisqartirish va Oʻzbekiston Respublikasidan chiqarib yuborish
19. Chet el fuqarolari ushbu Qoidalarni buzganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Ushbu Qoidalarning talablariga amal qilishlari shart boʻlgan shaxslarning (shu jumladan respublikaga chet el fuqarolarini shaxsiy ishlar boʻyicha taklif qilgan yoki ularga xizmat koʻrsatadigan shaxslarning) Qoidalar talablarini buzishi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini yoki ushbu Qoidalarni buzayotgan chet el fuqarosiga Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish uchun unga belgilangan muddat qisqartirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Chet el fuqarosining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish muddati uning bundan buyon boʻlishi uchun asoslar yoki mablagʻlar boʻlmaganida ham qisqartirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Chet el fuqarosining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish muddatini qisqartirish hamda uni chiqarib yuborish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Chet el fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzgan, yaʼni Oʻzbekistonda yashash huquqini beruvchi hujjatlarsiz yoki haqiqiy boʻlmagan hujjatlar bilan yashagan, vaqtinchalik yoki doimiy roʻyxatdan oʻtish, harakatlanish yoki yashash joyini tanlash boʻyicha belgilangan tartibga rioya qilmagan, boʻlish muddati tugaganidan keyin chiqib ketishdan boʻyin tovlagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tranzit oʻtish qoidalariga rioya etmagan hollarda Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqarib yuborilib, keyinchalik uning Oʻzbekiston Respublikasiga kirish huquqi bir yildan uch yilgacha cheklanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Chet el fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasi hududida sodir etilgan jinoyat uchun sud tomonidan belgilangan jazoni ijro etib boʻlgan yoki oʻtab boʻlganidan keyin yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilinganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqarib yuborilib, bundan keyin uning Oʻzbekiston Respublikasiga kirish huquqi:
Keyingi tahrirga qarang.
katta ijtimoiy xavf tugʻdirmaydigan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlarni sodir etganlik uchun — besh yilga;
ogʻir jinoyatlarni sodir etganlik uchun — oʻn yilga;
oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganlik uchun — umrbod cheklanadi.
Chet el fuqarosining Oʻzbekiston Respublikasiga kirish huquqini cheklash muddati u Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqarib yuborilgan (Davlat chegarasini kesib oʻtgan) paytdan boshlab hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Chet el fuqarosining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish muddatini qisqartirish va uni Oʻzbekiston Respublikasidan chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qarorlar Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan qabul qilinadi. Chet el fuqarosi ushbu qarorda koʻrsatilgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketishi shart. Bunday hollarda chiqib ketishdan boʻyin tovlaydiganlar qonun hujjatlariga muvofiq majburiy tartibda chiqarib yuborilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Chet el fuqarosiga berilgan viza uni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqarib yuborish vaqtida bekor qilinadi.
24. Oʻzbekiston Respublikasida boʻlib turgan chet el fuqarolarini taklif qilgan qabul qiluvchi tashkilotlar va xususiy shaxslar ichki ishlar organlariga chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish muddatlarini qisqartirish hamda ularni chiqarib yuborishni iltimos qilishlari mumkin.
25. Xizmat, shaxsiy, savdo yoki jamoat ishlari boʻyicha, oʻqish, malaka oshirish, ishlash uchun yoki turistlar sifatida kelgan chet el fuqarolarini Oʻzbekiston Respublikasidan chiqarib yuborish xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasidan chiqarib yuborilayotgan chet el fuqarolarini taklif qilgan qabul qiluvchi tashkilotlar va xususiy shaxslar zimmasida boʻladi.
Boshqa chet elliklarni, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan chet el fuqarolarini chiqarib yuborish xarajatlari ichki ishlar organlari zimmasida boʻladi.
26. Chet el fuqarosi oʻzini Oʻzbekiston Respublikasidan chiqarib yuborish va Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish muddatini qisqartirish toʻgʻrisidagi qaror yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va asosda shikoyat qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Ushbu Qoidalarning 19 — 25-bandlaridagi qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalariga, shuningdek, xalqaro huquq meʼyorlariga muvofiq imtiyozlardan va immunitetlardan foydalanuvchi shaxslarga tatbiq etilmaydi.
(2-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2018-y., 09/18/845/2090-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit oʻtishlari
QOIDALARI
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit oʻtuvchi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning* Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari va Oʻzbekiston Respublikasidan ketishlariga, agar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan berilgan tranzit vizalar mavjud boʻlgan taqdirda haqiqiy pasportlar yoki ularning oʻrnini bosuvchi hujjatlar boʻyicha ruxsat beriladi.
* Keyingi oʻrinlarda matnda “xorijiy fuqarolar” deb ataladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali oʻzlari boradigan mamlakatga havo, temir yoʻl va suv transporti bilan tranzit oʻtishlariga Oʻzbekiston Respublikasi bilan qoʻshni boʻlgan davlatga borish uchun haqiqiy hisoblangan hujjatlar va tegishli oʻtish hujjatlari (ularda Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi boshqa transportga oʻtirish punktidan ketish sanasi tasdiqlangan holda) mavjud boʻlgan taqdirda ruxsat beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Xalqaro tranzit avtotashishlarni amalga oshiruvchi xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi orqali tranzit oʻtishlari va ularning yengil avtomobillarda tranzit oʻtishlari Oʻzbekiston Respublikasiga qoʻshni boʻlgan davlatga oʻtish uchun haqiqiy boʻlgan hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda, shuningdek, davlatlararo bitimlar asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Tranzit vizalar Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻxtash huquqisiz beriladi. Istisno hollarda xorijiy fuqarolarga qoʻshni davlatga oʻtish yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududida bir yoki bir necha punktda toʻxtash huquqi bilan tranzit viza berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Quyidagi hollarda Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali vizasiz tranzit oʻtishga ruxsat beriladi:
a) havo transporti yoʻlovchilari Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali qoʻnmasdan uchib oʻtganlarida;
b) xalqaro aviayoʻnalishlar samolyotlarida samolyotdan samolyotga oʻtib uchishda hamda yoʻlovchilarda boriladigan mamlakatga kirish huquqini beruvchi hujjatlar va aviachiptalar mavjud boʻlganda, ularda samolyotdan samolyotga oʻtish sanasi tasdiqlanganda, Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlish vaqti 24 soatdan oshmaganda. Bunda yoʻlovchilar aeroportning ular uchun maxsus ajratilgan hududidan tashqariga chiqish huquqiga ega boʻlmaydilar;
v) Oʻzbekiston Respublikasi tegishli hukumatlararo bitimlarga ega boʻlgan mamlakatlar fuqarolariga.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Oʻzining shaxsiy transport vositasida, piyoda yoki guruh tarkibida avtobusda turizm maqsadida tranzit yurmoqchi boʻlgan xorijiy fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasiga kelgungacha Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz faoliyatini amalga oshiruvchi turizm tashkilotlarining avtoturlarini belgilangan tartibda, toʻxtash joylarini koʻrsatgan holda olishi hamda tegishli turizm vizasiga ega boʻlishi shart, oʻzlariga nisbatan viza rejimi qoʻllanmaydigan xorijiy fuqarolar bundan mustasno.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit oʻtuvchi xorijiy fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish chegara punktidan mazkur qoidalarga rioya qilgan holda belgilangan yoʻnalish boʻyicha yuradilar hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida faqat tranzit vizalarda koʻrsatilgan punktlarda toʻxtashlari mumkin boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali avtotransport vositalarida tranzit oʻtuvchi, shu jumladan avtomobilda xalqaro yuk tashishlarni amalga oshiruvchi xorijiy fuqarolar faqat xalqaro avtomobil qatnovi uchun ochiq boʻlgan yoʻllar va yoʻnalish varaqasida koʻrsatilgan yoʻnalish boʻyicha yurishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ovqatlanish, dam olish va tunab qolish uchun faqat motellar, kempinglar yoki maxsus ajratilgan toʻxtash joylari mavjud boʻlgan yoʻnalishdagi punktlarda toʻxtash mumkin.
9. Oʻzbekiston Respublikasidan temir yoʻl orqali oʻtayotgan, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit oʻtayotgan poyezdlarda oʻtayotgan xorijiy fuqarolar poyezd toʻxtab turishining amaldagi jadvalda koʻrsatilgan vaqtida stansiyalarga tushish huquqiga ega boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi hududida 24 soatdan ortiq boʻlmagan muddatda bir yoki bir necha punktda toʻxtash koʻrsatilgan tranzit vizaga ega boʻlgan xorijiy fuqarolar ushbu punktlarga kelganlaridan keyin Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishlari qoidalari bilan belgilangan tartibda joylashish vositalari va davolash muassasalarida hisobga turishga yoki vaqtincha roʻyxatdan oʻtishga va ular uchun belgilangan boʻlish muddatidan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasidan joʻnab ketishga majburdirlar.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
11. Tranzit oʻtuvchi va Oʻzbekiston Respublikasi hududida 24 soatdan ortiq muddatga majburiy toʻxtagan xorijiy fuqarolar toʻxtash paytidan boshlab keyingi sutka mobaynida ichki ishlar organlarida Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish ruxsatnomasini rasmiylashtirishga majburdirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Majburiy toʻxtash quyidagi hollarda boʻlishi mumkin:
a) poyezd, avtotransport vositasi, kema yoki samolyotning harakatini toʻxtatuvchi tabiiy ofatlar yuz berganda;
b) avtomobilning biron-bir qismi buzilishi yoki yoʻl-transport hodisasi yuz berishi natijasida shikastlangan avtotransport vositasini tuzatish uchun;
v) vrachning xulosasiga koʻra bemorning yoʻlda yurishi uning salomatligi uchun xavfli hisoblangan kasallik holatida. Bunday holda u bilan birga borayotgan oila aʼzolari yoki hamrohlik qilayotgan shaxslar bemorning oldida qolishlari mumkin.
g) yoʻllar tutashgan joyda bir transport turidan boshqasiga oʻtirish kechikkanda.
Majburiy toʻxtash xorijiy fuqarolarga bunday toʻxtash yuz bergan shahar yoki boshqa aholi yashaydigan joy doirasida majburiy toʻxtashni keltirib chiqargan sabab bartaraf etilgunga qadar boʻlish huquqini beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Boʻlishni va tranzit vizalarning amal qilish muddatini uzaytirishni rasmiylashtirish yoʻnalish yoʻlida toʻxtash sababi va muddatini tasdiqlovchi tegishli tashkilot yoki muassasaning maʼlumotnomasi koʻrsatilgan holda xorijiy fuqaroning shaxsiy arizasiga binoan amalga oshiriladi.
12. Quyidagilar toʻxtash vaqtida xorijiy fuqarolar yashaydigan joylar boʻlishi mumkin:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
b) oʻz faoliyatini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshiradigan joylashish vositalari va davolash muassasalari.
(12-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
v) tranzit yoʻlovchi u bilan birga boʻladigan vakolatxonadagi aniq shaxs koʻrsatilgan holda xorijiy vakolatxonaning yozma iltimosnomasi boʻlgan taqdirda akkreditatsiya qilingan xorijiy vakolatxona binosi.
Toʻxtash vaqtida xorijiy fuqarolarning yotoqxonalar va shaxsiy kvartiralarda yashashlariga istisno hollarda va faqat ichki ishlar organlarining ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Oʻzbekiston Respublikasi hududida 24 soatdan ortiq boʻlmagan muddatda majburiy toʻxtagan xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketishlariga tranzit viza ichki ishlar organlarida uzaytirilmasdan ruxsat berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit oʻtuvchi, yoʻnalishni va Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish chegara punktini oʻzgartirishni istovchi xorijiy fuqarolar buning uchun ichki ishlar organlarining ruxsatnomasini olishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Mazkur qoidalarning shubhasiz buzilishiga olib keladigan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy fuqarolarga joy, transport vositalari berishlariga yoxud ularga boshqa xizmatlar koʻrsatishlariga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Xorijiy fuqarolarga joy va transport vositalari berilgan barcha hollarda ularning egalari bu haqda bir sutkadan kechikmay ichki ishlar organlariga maʼlum qilishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Xorijiy fuqarolar mazkur Qoidalar buzilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalari va konsullik muassasalari boshliqlari va xodimlarining javobgarligi toʻgʻrisidagi masala diplomatik yoʻl bilan hal etiladi.
Mazkur qoidalarning xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit oʻtish shartlariga rioya qilishlarini taʼminlovchi yoxud ularga xizmat koʻrsatuvchi shaxslar tomonidan buzilishi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortishga olib keladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.