Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining
Qarori
Yer osti boyliklarini geologik oʻrganish boʻyicha ishlar natijalari yuzasidan hisobotlarning mazmuni va tuzilishiga boʻlgan umumiy talablar toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 24-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 518-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-apreldagi 315-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi tomonidan 1998-yil 26-sentabrda tasdiqlangan Yer osti boyliklarini geologik oʻrganish boʻyicha ishlar natijalari yuzasidan hisobotlarning mazmuni va tuzilishiga boʻlgan umumiy talablar toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 518, 1998-yil 3-noyabr) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining raisi B. F. ISLOMOV
Toshkent sh.,
2020-yil 12-noyabr,
11-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2020-y., 10/20/518-1/1535-son)