Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
IMPORT BOJ POShLINALARINI QOʻLLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-martdagi 137-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish toʻgʻrisida”gi Farmonni bajarish yuzasidan, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq import (chetdan keltirish) boj poshlinalarini qoʻllashni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Import boj poshlinalari stavkalari joriy etilgan paytdan boshlab 1-ilovaga muvofiq mamlakatlar boj hududidan kelib chiqqan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining boj hududiga keltirilgan tovarlardan boj poshlinalari olinmaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng qulay shart-sharoitlar tartibini oʻrnatadigan mamlakatlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq maʼlumot uchun qabul qilinsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 25-iyuldagi 287-son qarori 3-bandining 3 xatboshi va 4-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 7-oktabr,
389-son
Erkin savdo tartibini nazarda tutuvchi bitimlar imzolangan erkin savdo zonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi Bitim ishtirokchilari boʻlgan davlatlar
roʻyxati
1. Belarus Respublikasi
2. Gruziya Respublikasi
3. Qozogʻiston Respublikasi
4. Qirgʻiziston Respublikasi
5. Moldova Respublikasi
6. Rossiya Federatsiyasi
7. Turkmaniston*
* Ikki tomonlama bitimlarga muvofiq oʻzaro kelishilgan roʻyxatga kiritilgan tovarlardan import boj poshlinalari olinmaydi.
8. Ukraina
Eng qulay savdo-sotiq tartibini yaratgan holda savdo-iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisida Bitimlar imzolangan mamlakatlar
ROʻYXATI
1. Avstriya
2. Belgiya
3. Vengriya
4. Vyetnam
5. Germaniya
6. Gretsiya
7. Daniya
8. Hindiston
9. Buyuk Britaniya
10. Irlandiya
11. Ispaniya
12. Italiya
13. Koreya
14. Xitoy
15. Latviya
16. Litva
17. Lyuksemburg
18. Niderlandiya
19. Portugaliya
20. Pokiston
21. Polsha
22. Ruminiya
23. Slovakiya
24. AQSh
25. Turkiya
26. Finlandiya
27. Fransiya
28. Chexiya
29. Shveysariya
30. Shvetsiya
31. Estoniya
32. Yaponiya
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995-y., 10-son, 38-modda)