Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining
Qoʻshma qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisidagi maʼruzasidan kelib chiqadigan vazifalar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisidagi maʼruzasini eshitib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning maʼruzasidagi asosiy ustuvor yoʻnalishlar qoʻllab-quvvatlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining rahbariyatiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev maʼruzasi yuzasidan palatalarning maʼruzada qoʻyilgan vazifalarni oʻz faoliyatlarining aniq yoʻnalishlariga muvofiq amalga oshirishga qaratilgan alohida keng qamrovli qaror qabul qilish taklif etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2020-yil 21-yanvar,
21-IV/SQ-28/4-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2020-yil 21-yanvar,
21-IV/SQ-28/4-IV-son