Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining nomzodini tasdiqlash toʻgʻrisidagi taqdimnomasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Aripov Abdulla Nigmatovich Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri etib tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2020-yil 21-yanvar,
22-IV-son