|
Shirinov Djahongir Djabborovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi, guruh rahbari | |
|
2. |
Madumarov Tolibjon Abdumalikovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari |
|
3. |
Kadirxanova Malika Akbarovna |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator |
|
4. |
Sharipov Umarbek Kuranbayevich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi aʼzosi, Urganch tumanidagi “Tillo domor” xususiy korxonasi rahbari |
|
5. |
Nazarov Sharofiddin Xakimovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi raisi |
|
6. |
Axmedov Durbek Kudratillayevich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari |
|
7. |
Abdiyeva Muzafara |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi aʼzosi |
|
8. |
Valiyev Muxammad Sheraliyevich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi |
|
9. |
Kasimova Kizilgul Ermatovna |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi aʼzosi |
|
10. |
Kusherbayev Rasul Xidraliyevich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi |
|
11. |
Litvinova Olga Ivanovna |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi |
|
12. |
Tojiyev Kozimjon Oʻktamovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi aʼzosi |
|
13. |
Xushvaqtov Islom Nortoshevich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-m?hitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi aʼzosi |
|
14. |
Ernazarov Komiljon Yuldashaliyevich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi aʼzosi |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qoʻshma qarori, 10.06.2020 yildagi 318-IV-son
Кучга кириш санаси
10.06.2020
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
|
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.03.2025
|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qoʻshma qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Daniya Qirolligi Parlamenti (Folketing) bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhini tashkil etish toʻgʻrisida
Mazkur Qoʻshma qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 24-martdagi 700-V/KQ-141-V-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Shimoliy Yevropa mamlakatlari parlamentlari (Finlyandiya Respublikasi, Shvetsiya Qirolligi, Daniya Qirolligi, Norvegiya Qirolligi) bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Qoʻshma qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 341-moddasi va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 331-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Daniya Qirolligi Parlamenti (Folketing) bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhi quyidagi tarkibda tashkil etilsin:
2. Ushbu Qoʻshma qaror tegishli davlat organlariga maʼlumot uchun yuborilsin.
3. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2020-yil 10-iyun,
318-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2020-yil 10-iyun,
KQ-52-IV-son