Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining Boʻgʻuvchi, zaharli yoki boshqa shu kabi gazlar va bakteriologik vositalarning urushda qoʻllanilishini taqiqlash toʻgʻrisida”gi Protokolga (Jeneva, 1925-yil 17-iyun) qoʻshilishi haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining Boʻgʻuvchi, zaharli yoki boshqa shu kabi gazlar va bakteriologik vositalarning urushda qoʻllanilishini taqiqlash toʻgʻrisida”gi Protokolga (Jeneva, 1925-yil 17-iyun) qoʻshilishi haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A. KADIROV
Toshkent sh.,
2020-yil 19-may,
289-IV-son