Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“HAYVONOT DUNYOSINI MUHOFAZA QILISH VA UNDAN FOYDALANISH TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISH HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralarning mazkur Qonunga zid boʻlgan normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
3. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
1981-yil 29-mayda qabul qilingan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1981-yil № 16, 316-modda);
1981-yil 29-mayda qabul qilingan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1981-yil № 16, 317-modda);
1994-yil 6-mayda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi va “Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining II-boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 158-modda).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1997-yil 26-dekabr,
546-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y.,1-son, 15-modda)