Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi “Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5755-son Farmoniga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlari ilovaga muvofiq 2021-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 17-noyabr,
PF-6112-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-noyabrdagi PF-6112-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim farmonlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-martdagi “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-3860-son Farmoni.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi “Soliq imtiyozlari tartibga solinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartishlar kiritish hamda baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-4116-son Farmoniga 1-ilovaning 4-bandi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 21-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-4158-son Farmoniga ilovaning 7-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 06/20/6112/1517-son)