Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“2007-yil 27-iyundagi Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar oʻrtasida hamkorlikdagi harbiy oʻquvlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi Bitimga qoʻshimchalar kiritish haqidagi Bayonnomani (Bishkek, 2019-yil 29-aprel) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi QL-651-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020-yil 30-aprelda kiritilgan “2007-yil 27-iyundagi Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar oʻrtasida hamkorlikdagi harbiy oʻquvlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi Bitimga qoʻshimchalar kiritish haqidagi Bayonnomani (Bishkek, 2019-yil 29-aprel) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi QL-651-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2020-yil 5-may,
268-IV-son