Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON PAXTANI QAYTA ISHLASH VA PAXTA MAHSULOTLARINI SOTISH DAVLAT-AKSIONERLIK UYUSHMASI (“OʻZDAVPAXTASANOATSOTISH”) FAOLIYATINI TASHKIL ETISH MASALALARI TOʻFRISIDA
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 12-iyundagi 252-sonli “Respublika paxta tozalash sanoatini boshqarish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekiston paxtani qayta ishlash va paxta mahsulotlarini sotish davlat-aksionerlik uyushmasi (“Oʻzdavpaxtasanoatsotish”) ni tashkil etish toʻgʻrisidagi Farmonni ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining dehqonchilik sanoati majmui Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Oʻzpaxtasanoat” respublika ishlab chiqarish birlashmasi va “Oʻzboshengiltaʼminotsotish” boshqarmasi ishtirokida bir oy muddat ichida “Oʻzpaxtasanoat” respublika ishlab chiqarish birlashmasini va “Oʻzboshengiltaʼminotsotish” boshqarmasini tugatish hamda Oʻzbekiston paxtani qayta ishlash va paxta mahsulotlarini sotish davlat-aksionerlik uyushmasi (“Oʻzdavpaxtasanoatsotish”) ni taʼsis etishga doir tashkiliy tadbirlarni amalga oshirsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi:
paxta xarid qiluvchi, uni qayta ishlovchi va paxta mahsuloti yetkazib beruvchi hududiy davlat-aksionerlik birlashmalari hamda paxta mahsulotining asosiy isteʼmolchilar boʻlgan boshqa manfaatdor yuridik shaxslar, jumladan xorijiy shaxslar ishtirokida tuziladi;
oʻz faoliyatini ishtirokchilarning pay va kirish badallari hamda ular bergan vakolatlar va vazifalar asosida tashkil etadi;
ishlab chiqarish — xoʻjalik va moliyaviy faoliyat masalalarini toʻla xoʻjalik hisobi qoidalari asosida mustaqil hal etadi, markazlashtirilgan sugʻurta, zaxira va boshqa jamgʻarmalarni tuzadi;
uyushmaga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning xoʻjalik faoliyatini boshqaradi hamda davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
fan va texnika yutuqlarini, jumladan xorijiy ilgʻor tajribani joriy etish, uskunalarni yangilash va jahon namunalari darajasidagi eng yangi texnologiyalarni oʻzlashtirish asosida eng muhim vazifa sifatida yagona ilmiy-texnikaviy siyosat amalga oshirilishini, texnologiya va tola ishlab chiqarish takomillashtirilishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan miqdorda va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining ruxsatnomasi boʻyicha davlat ehtiyoji va eksportga paxta tolasi yetkazib berilishi uchun javob beradi;
uyushmaga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar uchun moddiy-texnika resurslari jamgʻarmasining egasi boʻladi;
oʻz faoliyatida Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
3. “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi tarkibida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi qaramogʻidan beriladigan “Paxtasanoat” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi, Markaziy loyihalash konstruktorlik byurosi, Markaziy nazorat-ishlab chiqarish laboratoriyasi va tugatilgan “Oʻzpaxtasanoat” respublika ishlab chiqarish birlashmasining Toshkentdagi kadrlar tayyorlash kursi negizida Respublika paxta tozalash sanoati ilmiy markazi tashkil etilsin.
4. “Oʻzpaxtasanoatsotish” uyushmasiga:
uyushmaning paxta va kanopni qayta ishlovchi korxonalari orqali respublikada yetishtiriladigan paxta va kanopni xarid qilish;
Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan miqdor asosida respublikadagi va undan tashqaridagi isteʼmolchilarga paxta tolasi yetkazib berish uchun shartnomalar tuzish;
mahsulotni oʻz muddatida va belgilangan hajmda joylarga, shuningdek eksport bitimlari asosida tashib berish toʻgʻrisida yuk joʻnatuvchi korxonalarning buyurtmalarini bajarish yuzasidan transport tashkilotlari bilan ishlarni muvofiqlashtirish (bunda tashib beriladigan mahsulot hajmi mahsulot yetkazib beruvchilarning respublika bozoriga va Hamdoʻstlik mamlakatlariga mahsulot yetkazib berishga oid shartnomalardagi majburiyatlariga muvofiq belgilanadi);
qancha paxta mahsuloti va kanop tolasi ishlab chiqarilganligi, yetkazib berilganligi va qancha qolganligi toʻgʻrisida mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, tashkilotlar va xoʻjaliklardan belgilangan statistika hisoboti olib turish;
paxta va kanopni qabul qilib olish, quritish, tozalash, tashish, saqlash va qayta ishlash, tozalangan paxta mahsulotini sotish masalalariga, davlat ehtiyojlari uchun paxta tolasi yetkazib berishga oid hisob-kitoblarga doir uslubiy, yoʻriqnoma va meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash (bu hujjatlar mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, respublika hududidagi barcha korxonalar va tashkilotlarning ijro etishi uchun majburiydir);
belgilangan tartibda, jumladan xorijiy sarmoya yordamida qoʻshma korxonalar tashkil etish, paxtani qayta ishlash va undan tayyorlangan mahsulotlarni jahon bozorida sotishni taʼminlovchi xalqaro kompaniyalarga aʼzo boʻlish, kooperatsiya tartibda ular bilan uyushma boʻlinmalari uskunalari texnika parkini yangilash;
tashqi iqtisodiy faoliyat yuritish, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda Toshkent shahrida xalqaro paxta birjasini tashkil etish va uning faoliyatiga oid ishlarni muvofiqlashtirish huquqi berilsin.
5. “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” davlat-aksionerlik uyushmasi boshqaruvining yuqori organi Kengash hisoblanadi, u boshqaruvni saylaydi, mehnatga haq toʻlash jamgʻarmalarini va tizimini, xodimlari moddiy ragʻbatlantirish shartlarini belgilaydi. Uyushma boshqaruv apparatining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
“Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasiga boshqaruv apparatining eng koʻp miqdorini 200 kishidan (xizmat koʻrsatuvchi xodimlar bu hisobga kirmaydi) iborat qilib belgilash, raisning 3 nafar oʻrinbosarga, jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosarga ega boʻlishga ruxsat etilsin. Uyushma boshqaruvining raisi va uning oʻrinbosarlari uyushma Kengashi tomonidan saylanadi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Uyushma boshqaruvining raisi oʻz maqomiga, maishiy taʼminot, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlariga koʻra respublika vaziriga, raisning birinchi oʻrinbosari — vazirning birinchi oʻrinbosariga, rais oʻrinbosarlari — vazir oʻrinbosarlariga tenglashtirilsin.
6. “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi bir oy muddat ichida oʻzining Ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. Paxta xarid qiluvchi, uni qayta ishlovchi va paxta mahsulotlari yetkazib beruvchi hududiy davlat-aksionerlik birlashmalari taʼsis etilgunga qadar “Oʻzpaxtasanoat” respublika ishlab chiqarish birlashmasining qayta tashkil etilgan viloyat ishlab chiqarish birlashmasi va “Oʻzboshengiltaʼminotsotish” boshqarmasining taʼminot-sotish boshqarmalari rahbarlari zimmasiga ilgari yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish ularning zimmasida saqlab qolinsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi hamda paxta tozalash sanoatining qayta tashkil qilingan viloyat birlashmalari va boshqarmalari, korxonalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzboshengiltaʼminotsotish” boshqarmasi tizimidan oʻtkaziladigan boshqa boʻlinmalar rahbarlari bilan birgalikda 2-ilovaga muvofiq belgilangan tartibda paxta xarid qiluvchi, uni qayta ishlovchi va paxta mahsulotlari yetkazib beruvchi hududiy davlat-aksionerlik birlashmalarini tashkil etishga oid tadbirlarni amalga oshirsin.
9. Paxta xarid qiluvchi, uni qayta ishlovchi va paxta mahsulotlarini yetkazib beruvchi hududiy davlat-aksionerlik birlashmasining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilab qoʻyilsinki:
hududiy davlat-aksionerlik birlashmalari yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlari shaklida tashkil topib, paxta tozalash va kanop zavodlari, davlat nomidan ish koʻruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston Davlat mulki jamgʻarmasi, shuningdek respublikaning paxta va kanop ekuvchi manfaatdor xoʻjaliklari va toʻqimachilik korxonalari uning ishtirokchilari hisoblanadi;
taʼsis paytida hududiy davlat-aksionerlik birlashmalarining ustav jamgʻarmasi birlashmalarning davlat tasarrufidan chiqarilgan viloyat paxta omborlari, mexanika ustaxonalari, transport-ekspeditsiya bazalari va boshqa yordamchi korxonalarining mulkidan tashkil topadi;
hududiy davlat-aksionerlik birlashmalari aksiyalarining nazorat paketi davlat ixtiyorida saqlanadi va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
10. Paxta xarid qiluvchi, uni qayta ishlovchi va paxta mahsulotlari yetkazib beruvchi hududiy davlat-aksionerlik birlashmalari zimmasiga:
paxta xarid qilish uchun paxtakor xoʻjaliklar bilan oʻz vaqtida shartnomalar tuzish, paxta uchun oʻzaro hisob-kitoblar qilish, urugʻlik chigit tayyorlash va xoʻjaliklarni urugʻlik bilan taʼminlash;
paxtaga dastlabki ishlov beradigan texnika va texnologiyani takomillashtirish, amaldagi andozalarga muvofiq mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish, xom ashyo meʼyoridan ortiq chiqitga chiqishiga yoʻl qoʻymaslik hamda xom ashyo va tayyor mahsulotning saqlanishiga oid tadbirlar oʻtkazish;
“Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi bergan topshiriqlarga koʻra isteʼmolchilarni paxta zavodlariga biriktirib qoʻyish hamda belgilangan turda va muddatda topshiriqlarni bajarish;
Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan tartibga muvofiq mustaqil ravishda sotish uchun xoʻjaliklar ixtiyorida qoldiriladigan paxta tolasi hajmini belgilash vazifalari yuklatilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 30-iyundagi 272-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamgʻarmasi:
aksionerlik jamiyatlarini rivojlantirish uchun davlatga qarashli aksiyalar boʻyicha dividendlarning bir qismini shartnoma asosida ularga berishni.
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzdavpaxtasanoatsotish” davlat-aksionerlik uyushmasi boshqaruviga paxta xarid qiluvchi, uni qayta ishlovchi va paxta mahsulotlari yetkazib beruvchi davlat-aksionerlik birlashmalari faoliyatini davlatga qarashli aksiyalarga muvofiq boshqarish huquqlari berishni;
hududiy davlat-aksionerlik birlashmalarining boshqaruvlariga aksionerlik jamiyatlariga aylantirilgan paxtani qayta ishlovchi va lub korxonalarining faoliyatiga davlatga qarashli aksiyalar ulushiga muvofiq rahbarlik qilishga doir huquqlar berishni joriy etsin.
13. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi bilan birgalikda 20 kun muddat ichida paxta tolasi yetkazib berish boʻyicha respublikalararo va eksport uchun tola yetkazib berishni oʻz ichiga olgan statistika hisobotining yagona shaklini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
14. “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasining boshqaruv apparati Toshkent shahrining Shota Rustaveli koʻchasidagi 8-a-maʼmuriy binoda, yaʼni hozirgi vaqtda “Oʻzboshengiltaʼminotsotish” boshqarmasi va “Oʻzpaxtasanoatsotish” respublika ishlab chiqarish birlashmasi egallab turgan xonalarda joylashtirilsin.
15. Oʻzbekiston SSR Vazirlar Kengashining 1990-yil 11-iyundagi 227-son, 1990-yil 13-iyuldagi 259-son qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 4-sentabrdagi 184-son farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi Raisining Birinchi oʻrinbosari oʻrtoq I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklatilsin.
Qarorning qanday bajarilayotganligi 1992-yil dekabr oyida koʻrib chiqilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 10-noyabr,
517-son
Oʻzbekiston paxtani qayta ishlash va paxta mahsulotlarini sotish (“Oʻzdavpaxtasanoatsotish”) davlat-aksionerlik uyushmasi boshqaruv apparatining
TUZILMASI
TUZILMASI
1. Rahbariyat
2. Tayyorlash boshqarmasi
3. Mahsulot yetkazib berish boshqarmasi
4. Iqtisodiy tahlil va tijorat boshqarmasi
5. Moliya boshqarmasi
6. Hududiy davlat-aksionerlik birlashmalari ishini muvofiqlashtirish boshqarmasi
7. Ishlab chiqarish-texnika boshqarmasi
8. Standartlash va sifat boʻlimi
9. Moddiy-texnika taʼminoti boʻlimi
10. Mehnatni muhofaza qilish va yongʻin xavfsizligi boʻlimi
11. Kapital qurilish boʻlimi
12. Uyushma bazasini rivojlantirish boʻlimi
13. Xalq isteʼmol mollari va yordamchi xoʻjalik boʻlimi
14. Birinchi va ikkinchi boʻlim
15. Kadrlar boʻlimi
16. Hakamlik sudi boʻlgan yuridik boʻlim
17. Rahbariyat huzuridagi kotibiyat
18. Ishlar boshqarmasi
Paxta xarid qilish, uni qayta ishlash va paxta mahsulotlarini sotish hududiy davlat-aksionerlik birlashmalari tarkibiga kiruvchi korxonalar
ROʻYXATI
ROʻYXATI
1. Qoraqalpogʻiston davlat-aksionerlik birlashmasi
Mangʻit paxta zavodi
Xoʻjayli paxta zavodi
Chimboy paxta zavodi
Beruniy paxta zavodi
Qoʻngʻirot paxta zavodi
Toʻrtkoʻl paxta zavodi
Viloyat mexanika ustaxonalari
Taxiatosh moddiy-texnika taʼminoti firmasi
2. Andijon davlat-aksionerlik birlashmasi
Andijondagi 1-paxta zavodi
Andijondagi Z-paxta zavodi
Qoʻrgʻontepa paxta zavodi
Qoʻqonqishloq paxta zavodi
Asakadagi 1-paxta zavodi
Asakadagi 2-paxta zavodi
Shahrixon paxta zavodi
Boytoq paxta zavodi
Soʻfiqishloq paxta zavodi
Boʻz paxta zavodi
Chinobod paxta zavodi
Xoʻjaobod paxta zavodi
Boytoq viloyat tuzatish-mexanika ustaxonalari
Kuyganyor moddiy-texnika taʼminoti firmasi
Xarabek paxtani saqlash bazasi
Oqoltin paxta zavodi
3. Buxoro davlat-aksionerlik birlashmasi
Kogon paxta zavodi
Buxoro paxta zavodi
Qorakoʻl paxta zavodi
Fijduvon paxta zavodi
Peshku paxta zavodi
Shofirkon paxta zavodi
Buxoro viloyat tuzatish-mexanika ustaxonalari
Buxoro paxtani saqlash bazasi
4. Jizzax davlat-aksionerlik birlashmasi
Jizzax paxta zavodi
Paxtakor paxta zavodi
Yerjar paxta zavodi
Doʻstlik paxta zavodi
Uchtepa paxta zavodi
Akmal Ikromov paxta zavodi
Ulyanov paxta zavodi
Oktabr paxta zavodi
Jizzax viloyat tuzatish-mexanika ustaxonalari
Jizzax paxtani saqlash bazasi
5. Qashqadaryo davlat-aksionerlik birlashmasi
Shahrisabz paxta zavodi
Qarshi paxta zavodi
Yakkabogʻ paxta zavodi
Guzor paxta zavodi
Kosondagi 1 paxta zavodi
Kosondagi 2-paxta zavodi
Chiroqchi paxta zavodi
Ulyanov paxta zavodi
Beshkent paxta zavodi
Nishon paxta zavodi
Jeynov paxta zavodi
Qarshi viloyat tuzatish-mexanika ustaxonalari
Nishon paxtani saqlash bazasi
Yakkabogʻ paxtani saqlash bazasi
Qamashi paxtani saqlash bazasi
6. Navoiy davlat-aksionerlik birlashmasi
Navoiy paxta zavodi
Xatirchi paxta zavodi
Qiziltepa paxta zavodi
7. Namangan davlat-aksionerlik birlashmasi
Namangandagi 3-paxta zavodi
Norin paxta zavodi
Uchqoʻrgʻon paxta zavodi
Chust paxta zavodi
Koʻgay paxta zavodi
Gulbaxt paxta zavodi
Pop paxta zavodi
Chortoq paxta zavodi
Toshbuloq paxta zavodi
Kosonsoy paxta zavodi
Uychi notoʻqima materiallar fabrikasi
Chortoq viloyat tuzatish-mexanika ustaxonalari
Namangan moddiy-texnika taʼminoti firmasi
Chust paxtani saqlash bazasi
8. Samarqand davlat-aksionerlik birlashmasi
Kattaqoʻrgʻon paxta zavodi
Zirabuloq paxta zavodi
Jomboy paxta zavodi
Juma paxta zavodi
Chelak paxta zavodi
Ulugʻbek paxta zavodi
Ziyodin paxta zavodi
Yangiqoʻrgʻon paxta zavodi
Miton paxta zavodi
Juma viloyat tuzatish-mexanika ustaxonalari
9. Surxondaryo davlat-aksionerlik birlashmasi
Denov paxta zavodi
Termiz paxta zavodi
Xayrobod paxta zavodi
Uzun paxta zavodi
Shoʻrchi paxta zavodi
Jarqoʻrgʻon paxta zavodi
Komsomolobod paxta zavodi
Leninyoʻli paxta zavodi
Shurchi viloyat tuzatish-mexanika ustaxonalari
Gagarin moddiy-texnika taʼminoti firmasi
10. Sirdaryo davlat-aksionerlik birlashmasi
Guliston paxta zavodi
Boyovut paxta zavodi
Baxt paxta zavodi
Malik paxta zavodi
Sh. Rashidov paxta zavodi
Volkov paxta zavodi
Turon paxta zavod
Sardoba paxta zavodi
Sayhun paxta zavodi
Oqoltin paxta zavodi
Baxt viloyat tuzatish-mexanika ustaxonalari
Oqoltin paxtani saqlash bazasi
11. Toshkent davlat-aksionerlik birlashmasi
Alimkent paxta zavod
Yangiyoʻl paxta zavodi
Chinoz paxta zavodi
Oqoʻrgʻon paxta zavodi
Piskent paxta zavodi
Boʻka paxta zavodi
Oʻzbekiston besh yilligi paxta zavodi
Oʻzbekiston paxta zavodi
Xalqobod viloyat tuzatish-mexanika ustaxonalari
Kuchlik paxtani saqlash bazasi
Kuchlik moddiy-texnika taʼminoti firmasi
12. Fargʻona davlat-aksionerlik birlashmasi
Quva paxta zavodi
Toshloq paxta zavodi
Fargʻona paxta zavodi
Qoʻqondagi 1-paxta zavodi
Qoʻqondagi 2-paxta zavodi
Oʻzbekiston paxta zavodi
Oltiariq paxta zavodi
Kirov paxta zavodi
Fargʻona viloyat tuzatish-mexanika ustaxonalari
Qoʻqon paxtani saqlash bazasi
13. Xorazm davlat-aksionerlik birlashmasi
Urganch paxta zavodi
Gurlan paxta zavodi
Xonqa paxta zavodi
Xiva paxta zavodi
Hazorasp paxta zavodi
Shovot paxta zavodi
Yangiariq paxta zavodi
Yangibozor paxta zavodi
Bogʻot paxta zavodi
Qoʻshkoʻpir paxta zavodi
Xonqa viloyat tuzatish-mexanika ustaxonalari
Urganch paxtani saqlash bazasi
14. Lub sanoati korxonalarining Toshkentdagi davlat-aksionerlik birlashmasi
Yangihayot lub zavodi
Qoʻrgʻoncha lub zavodi
Uyali lub zavodi:
Gul lub zavodi
Novomixaylov lub zavodi
Jumabozor lub zavodi
Chiyratma buyumlar fabrikasi
Piskent kanop fabrikasi
Soldatskoye tajriba mexanika zavodi
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 10-noyabrdagi 517-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Hududiy davlat-aksionerlik birlashmasining
NAMUNAVIY TUZILISHI
NAMUNAVIY TUZILISHI
Birlashmaning taxminiy soni:
1. Andijon, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo birlashmalari — 50 — 55 kishi
2. Qoraqalpogʻiston, Buxoro, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent, Toshkent lub sanoati, Fargʻona, Xorazm birlashmalari — 40 — 45 kishi
3. Navoiy birlashmasi — 30 — 35 kishi