30.05.1995 yildagi 191-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AVTOMOBILLAR UCHUN BUTLOVCHI BUYUMLAR ISHLAB CHIQARADIGAN OʻZBEKISTON — KOREYA QOʻSHMA KORXONALARI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida chet el investitsiyalarini jalb etgan holda avtomobil sanoatining ishlab chiqarish bazasini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston tomonidan “Oʻzavtosanoat” uyushmasi va “Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish” davlat korporatsiyasining “Andijonqurilish zavodi” aksionerlik jamiyati hamda Koreya tomonidan “Dongju end Ko. Ltd” kompaniyasi tashkil etadigan lok-boʻyoq mahsulotlari ishlab chiqaradigan, ustav jamgʻarmasi 4 mln. AQSH dollari miqdorida boʻlgan “Oʻz-Dongju Ko.” qoʻshma korxonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston tomonidan “Oʻzavtosanoat” uyushmasi va “Oʻzmashsanoat” uyushmasining “Andijonirmash zavodi” aksionerlik jamiyati hamda Koreya tomonidan “Tong Xong Elektrik Ko. Ltd” kompaniyasi tashkil etadigan avtomobil oʻrindiqlari ishlab chiqaradigan, ustav jamgʻarmasi 6,42 mln. AQSH dollari miqdorida boʻlgan “Oʻz-Tong Xong Ko.” qoʻshma korxonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston tomonidan “Oʻzavtosanoat” uyushmasi va Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi SANIIRI ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining tajriba-eksperimental zavodi hamda Koreya tomonidan “Koram Plastik Ko. Ltd” kompaniyasi tashkil etadigan bamperlar va pribor panellari ishlab chiqaradigan, ustav jamgʻarmasi 5 mln. AQSH dollari miqdorida boʻlgan “Oʻz-Koram Ko.” qoʻshma korxonasi tashkil etilishi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, tashkil etilayotgan qoʻshma korxonalarning ustav jamgʻarmalari Oʻzbekiston va Koreya tomonidan baravarlik asosida quyidagi shakllardagi ulushlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzavtosanoat” uyushmasi tomonidan — Respublika valyuta jamgʻarmasining krediti hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonning bazaviy korxonalari tomonidan natura shaklida — mavjud binolar va inshootlardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koreyalik hammuassislar tomonidan — tegishli qoʻshma korxonalar naqd valyuta schyotlari bilan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu qoʻshma korxonalar uchun asosiy texnologik asbob-uskunalarni mablagʻ bilan taʼminlash Koreya tomonidan umumiy summasi 32,906 mln AQSH dollaridan iborat boʻlgan xorijiy kreditlarni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati ostida jalb etish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi imzolangan taʼsis hujjatlariga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish” davlat korporatsiyasi “Andijonqurilish zavodi” aksionerlik jamiyatining mavjud binolari va inshootlarining 17900 kvadrat metr maydonini “Oʻz-Dongju Ko.” qoʻshma korxonasining ustav jamgʻarmasiga qoʻshish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzmashsanoat” uyushmasi “Andijonirmash zavodi” aksionerlik jamiyatining mavjud binolari va inshootlarining 15100 kvadrat metr maydonini “Oʻz-Tong Xong Ko.” qoʻshma korxonasining ustav jamgʻarmasiga qoʻshish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi SANIIRI ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi tajriba-eksperimental zavodining mavjud binolari va inshootlarining 3300 kvadrat metr maydonini “Oʻz-Koram Ko.” qoʻshma korxonasining ustav jamgʻarmasiga qoʻshish uchun berish toʻgʻrisida qaror chiqarsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoʻshma korxonalarni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkil etilayotgan qoʻshma korxonalarning ustav jamgʻarmalarini shakllantirish uchun Respublika valyuta jamgʻarmasidan 7,064 mln AQSH dollari ajratish toʻgʻrisida “Oʻzavtosanoat” uyushmasi bilan kredit shartnomasi tuzsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun qarz beruvchi chet el investorlariga Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq kafolat xatlari bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga texnik-iqtisodiy asoslashlarga koʻra va mablagʻ bilan taʼminlash jadvallariga muvofiq, obyektlar ishga tushirilgandan keyin qaytariladigan muddatga tashkil etilayotgan qoʻshma korxonalarga 2.085 mln AQSH dollariga teng miqdorda milliy valyutada maqsadli kredit ajratishni nazarda tutish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilab qoʻyilsinki, avtomobillar uchun butlovchi buyumlar ishlab chiqarish boʻyicha tashkil etilayotgan qoʻshma korxonalarga Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 5-noyabrdagi 509-son qarorining 6 va 7-bandlarida nazarda tutilgan imtiyozlar va huquqlar joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzavtosanoat” uyushmasi “Oʻzeltexsanoat” va “Oʻzmashsanoat” uyushmalari bilan birgalikda ikki oy muddatda Koreyaning “Xanguk Tyubing”, “Dong Von Metal”, “San Lip”, “Xanguk Pelser”, “Okpo Elektrik” va “Pakkard Elektrik” kompaniyalari bilan butlovchi buyumlar nomenklaturasini kengaytirish boʻyicha ishlab chiqarishlar tashkil etish masalalarini ishlab chiqishni tugallasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari Oʻ.T. Sultonov va Yu.F. Paygin zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 30-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
191-son