Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“ATMOSFERA HAVOSINI MUHOFAZA QILISh TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiqlashtirsin, respublika vazirliklari va idoralari mazkur Qonunga zid keluvchi oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
3. Quyidagi hujjatlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
1981-yil 29-mayda qabul qilingan “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”
gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1981-yil, № 16, 314-modda);
gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1981-yil, № 16, 314-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida»gi 1981-yil 29-mayda qabul qilingan Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1981-yil, № 16, 315-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “Oʻzbekiston Respublikasining baʼzi qonun aktlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 1985-yil 25-martda qabul qilingan Farmonining 8-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1985-yil, № 10, 84-modda);
“Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi va “Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilinganligi munosabati bilan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida” 1994-yil 6-mayda qabul qilingan Qonunning IV boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 158-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1996-yil 27-dekabr,
354-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 2-son, 53-modda)