O‘zbekiston Respublikasining qonuni
“REKLAMA TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyundagi O‘RQ-776-sonli “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2022-yil 9-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 14-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 4-moddasi:
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“reklama — bevosita yoki bilvosita foyda (daromad) olish maqsadida yuridik yoki jismoniy shaxslar, mahsulot, shu jumladan tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi va texnologiyalar to‘g‘risida har qanday shaklda va har qanday vositalar yordamida qonun hujjatlariga muvofiq tarqatiladigan maxsus axborot”;
quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“aksilreklama — noto‘g‘ri (insofsiz, bila turib yolg‘on) reklama keltirib chiqargan yoki keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni bartaraf etish maqsadida tarqatiladigan raddiya”;
2) 13-moddasining uchinchi qismidagi “vakolatli davlat organi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi yoki uning hududiy organlari (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 17-moddasi quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Dasturlarning reklama qismlari tovushini teleradiodasturning tovushiga nisbatan balandroq qilish taqiqlanadi.
Teleko‘rsatuvlar namoyish etilayotganda reklama maqsadlarida harakatlanuvchi satrlardan foydalanish taqiqlanadi, reklama berilayotgan paytdagi harakatlanuvchi satrlar bundan mustasno”;
4) 20-moddasining:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tashqi reklamaga alohida maxsus konstruksiyalarda, taxtalavhalarda, ekranlarda, binolarda, inshootlarda, yo‘l chekkalarida, ko‘cha yoritgichlarining tayanchlari va hokazolarda joylashtiriladigan reklama kiradi”;
to‘rtinchi qismidagi “va ko‘rsatkich belgilar” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tashqi reklamani madaniy meros obyektlarida, yo‘l belgilarida va svetoforlarda, ularning tirgaklarida yoki harakatni tartibga solib turuvchi boshqa har qanday qurilmalarda, shuningdek dov-daraxtlarni payhon qilish va tutash hududdagi obodonlashtirish vositalarini buzish yo‘li bilan joylashtirish taqiqlanadi”;
5) 23-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23-modda. Tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar reklamasi
Tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar reklamasi tamaki chekish va alkogolli ichimlikni iste’mol qilishning zarari haqida ogohlantirish bilan qo‘shib olib borilishi kerak. Tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar jami reklamasi maydonining kamida 5 foizi hamda televideniye va radiodagi alkogolli ichimliklar reklama roligi efir vaqtining kamida 5 sekundi ana shunday ogohlantirish uchun ajratilishi lozim.
Tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar reklamasi chekish va alkogolli ichimliklarni iste’mol qilish jarayonlarini namoyish etishdan iborat bo‘lmasligi, bu jarayonlar ijtimoiy va sport yutug‘iga erishish uchun yoki iste’molchilarning jismoniy va ruhiy holati yaxshilanishi uchun muhim ahamiyatga ega, degan taassurot tug‘dirmasligi kerak.
Alkogolli ichimliklar reklamasi tibbiy, sport, maktabgacha tarbiya muassasalari, shuningdek umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalaridan kamida besh yuz metr narida joylashtirilishi kerak.
Quyidagilar taqiqlanadi:
quvvati 28 darajadan ortiq bo‘lgan alkogolli ichimliklarni reklama qilish;
quvvati 28 darajagacha bo‘lgan alkogolli ichimliklarni televideniye va radioda ertalab soat 7 dan kech soat 22 gacha reklama qilish;
tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar namunalarini reklama maqsadida voyaga yetmagan shaxslarga tekin tarqatish;
asosan voyaga yetmaganlarga mo‘ljallangan tadbirlarga, agar ularda tamaki, tamaki mahsulotlari yoki alkogolli ichimliklarning nomi, tovar belgisi yoxud tasviridan foydalaniladigan bo‘lsa, homiylik qilish;
voyaga yetmaganlarga tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarning nomi, tovar belgisi tushirilgan tovarlarni (futbol maykalari, bosh kiyimlar, o‘yinlar va shu kabilarni) tarqatish, shu jumladan sotish;
voyaga yetmaganlarga mo‘ljallangan bosma nashrlarda tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni reklama qilish;
gazetalarning birinchi va oxirgi sahifalarida, jurnallarning va boshqa davriy nashrlarning muqovalarida, shuningdek bunday nashrlarning teleradiodasturlar e’lon qilinayotgan sahifalarida alkogolli ichimliklarni reklama qilish;
ommaviy axborot vositalarida, tibbiy, sport, maktabgacha tarbiya, ta’lim muassasalarida, transport vositalarida (tamakini va tamaki mahsulotlarini tashishga ixtisoslashtirilganlaridan tashqari), shu jumladan umumiy foydalanishdagi yo‘lovchilar transport vositalarining salonlarida, shuningdek tashqi reklama yordamida tamakini va tamaki mahsulotlarini reklama qilish”;
6) 27-moddasining:
birinchi qismidagi “zimmasiga reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib borish yuklatilgan davlat organlarining talabiga ko‘ra ular belgilagan” degan so‘zlar “vakolatli davlat organining talabiga ko‘ra u belgilagan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “monopoliyaga qarshi davlat organining” degan so‘zlar “vakolatli davlat organining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismidagi “Monopoliyaga qarshi davlat organi yoki reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi boshqa organning” degan so‘zlar “vakolatli davlat organining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 29-moddasi ikkinchi qismining:
birinchi xatboshisidagi “monopoliyaga qarshi davlat organi” degan so‘zlar “vakolatli davlat organi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “tashqi” so‘zi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshisidagi “ushbu Qonunning 27-moddasida ko‘rsatilgan davlat organlariga” degan so‘zlar “vakolatli davlat organiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 30-avgust,
404-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y.,9-son, 164-modda)