Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 25.05.1995 yildagi 184-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUXORO VILOYATIDA “OLOT” BOJXONA KOMPLEKSI QURILIShI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositalarining kirishi va chiqishini tartibga solish, Buxoro viloyatida Turkmaniston bilan chegarada bojxona nazoratini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat soliq qoʻmitasining Bosh bojxona boshqarmasi 1995-1996-yillarda Buxoro viloyatida Turkmaniston bilan chegarada “Olot” bojxona kompleksi qurilishini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Buxoro viloyati hokimligi “Olot” bojxona kompleksi qurilishi, ijtimoiy-maishiy maqsaddagi obyektlar uchun 4 gektar yer maydoni ajratsin hamda bir hafta muddatda Bosh bojxona boshqarmasiga arxitektura — rejalashtirish topshirigʻini, uchastkaning va muhandislik tarmoqlari trassalarining topografiya suratini bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzshaharsozlik” ilmiy-tadqiqot loyihalash instituti Davlat soliq qoʻmitasining Bosh bojxona boshqarmasi buyurtmasi boʻyicha “Olot” bojxona kompleksi qurilishining zarur loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Buxoro viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi oʻzlari uchun 1995-yilga ajratilgan kapital mablagʻlarning umumiy hajmi va oʻz mablagʻlari hisobidan zarur muhandislik kommunikatsiyalarining “Olot” bojxona kompleksiga tortib keltirilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi qurilish uchastkasi bosh rejasiga muvofiq va oʻz mablagʻlari hisobidan avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchasi qursin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzavtoyoʻl” davlat konserni oʻz mablagʻlari hisobidan zarur borish yoʻllari, shu jumladan, yonilgʻi quyish shoxobchalariga borish yoʻllari, koʻzdan kechirish maydonlari, avtomashinalar qoʻyiladigan joylar qurilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat soliq qoʻmitasining Bosh bojxona boshqarmasi Buxoro viloyatidagi “Olot” bojxonasi obyektlar” qurilishini oʻz mablagʻlari hisobiga 1995-1996-yillarda amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsuvqurilish” davlat konserni, “Oʻzkolxozqurilish” birlashmasi Davlat soliq qoʻmitasining Bosh bojxona boshqarmasi buyurtmasi boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan bojxona kompleksi binolari va inshootlari qurilishini amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Bosh bojxona boshqarmasining “Olot” posti uchun qoʻshimcha 30 nafar xodimlar xarajatlari uchun mablagʻ ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bosh bojxona boshqarmasiga “Olot” bojxona kompleksi obyektlarini loyihalash va qurish ishlarini bir vaqtda amalga oshirishga, mablagʻ bilan taʼminlovchi banklarga esa loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, tasdiqlangunga qadar amalda bajarilgan ishlar hajmi boʻyicha haq toʻlashga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 25-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
184-son