Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 25.05.1995 yildagi 181-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Hujjat 25.05.1995 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DORIVOR VOSITALAR, TIBBIY BUYUMLAR VA DAVOLASH-PROFILAKTIKA OZIQ-OVQATLARI SIFATI USTIDAN DAVLAT NAZORATINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmatsevtika mahsulotlari, davolash oziq-ovqatlari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish, standartlash va sertifikatsiyalash sohasida yagona davlat siyosatini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining ushbu vazirlik tarkibida Dorivor vositalar va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh boshqarmaga dorivor vositalar va diagnostika vositalari, tibbiy texnika va tibbiy buyumlar sifati ustidan davlat nazoratini tashkil etish va amalga oshirish, dorivor vositalar, tibbiy buyumlar, davolash oziq-ovqatlari va tibbiy texnikani ekspertizadan oʻtkazuvchi, standartlashtiruvchi, roʻyxatdan oʻtkazuvchi va sertifikatsiyalovchi muassasalar va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga rahbarlik qilish yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan Bosh boshqarmani tashkil etish vazirlik markaziy apparati xodimlarining belgilangan soni doirasida amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Farmakopeya qoʻmitasi “Oʻzfarmsanoat” davlat konserni ixtiyoridan sogʻliqni saqlash vazirligi tizimiga oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi dorivor vositalar, diagnostika, muhofazalash, pardoz vositalari va xom ashyosini, davolash-profilaktika oziq-ovqatlarini, oziq-ovqat qoʻshilmalari va sanitariya-gigiyena buyumlarini ekspertizadan oʻtkazuvchi nazorat-tahlil qilish laboratoriyalarini, farmatsevtika va oziq-ovqat mahsulotlarini, shuningdek tibbiy texnikani sinaydigan klinika va tajriba bazalarini ikki oy muddatda attestatsiyadan oʻtkazsin va akkreditatsiya qilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda Dorivor vositalar, tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi haqidagi Nizomni tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dorivor vositalar, tibbiy texnika va tibbiy buyumlar sifatini ekspertiza qilish, klinikada sinab koʻrish va davlat tomonidan nazorat qilishni tashkil etish va amalga oshirishni tartibga soluvchi normativ hujjatlarni bir oy muddatda qayta koʻrib chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston farmatsevtika sanoati (“Oʻzfarmsanoat”) davlat-aksionerlik konsernini tashkil qilish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1993-yil 17-iyundagi 290-son qarori 6-bandining ikkinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin hamda ushbu qarorga 1-ilovadagi “Farmakopeya qoʻmitasi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari S.S. Saidqosimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 25-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
181-son