Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 20-sentabrdagi 747-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyulda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-629-son Qonuniga muvofiq, shuningdek, respublika hududlarida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash va ularga barham berishni taʼminlaydigan yoʻl harakatini avtomatlashtirilgan tartibga solish tizimini kengaytirish, bu borada jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda fuqarolarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 11-noyabr,
713-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 713-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 20-sentabrdagi 747-son qaroriga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga oʻrnatilgan videoregistratorlar, shuningdek, videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisidagi videoyozuvlarni qabul qilish, koʻrib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin”.
2. 4-bandga quyidagi mazmundagi “a1”-kichik band qoʻshilsin:
“a1) 2021-yil 1-yanvardan boshlab videoregistratorlar bilan birga videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari aks etgan videoyozuvlar maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan videoyozuvlarga tenglashtiriladi hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi”.
3. Qarorga ilovada:
a) Nomiga “videoregistratorlar” soʻzidan keyin “shuningdek, videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar” soʻzlari qoʻshilsin;
b) 1-banddagi “videoregistratorlar (keyingi oʻrinlarda — videoregistratorlar deb ataladi)” soʻzlari “videoregistratorlar, shuningdek, videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar (keyingi oʻrinlarda — videotexnika vositalari deb ataladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 2-bobning nomidagi “videoregistratorlar” soʻzi “videotexnika vositalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 3-banddagi “videoregistratorlar” va “jarima.uz veb-sayti” soʻzlari tegishli ravishda “videotexnika vositalari” va “ejarima.uz veb-sayti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 4-bandning birinchi xatboshidagi “Videoregistrator” soʻzi “Videotexnika vositalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 3-bob nomidagi “Videoregistratorlar” soʻzi “Videotexnika vositalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 7-bandda:
“Jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga oʻrnatilgan videoregistratorlar” soʻzlari “videotexnika vositalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Videotexnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisidagi videoyozuvlarni qabul qilish, koʻrib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni ragʻbatlantirish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi”;
z) 9-bandning birinchi xatboshidagi “videoregistratorlar” soʻzi “videotexnika vositalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
i) 10-banddagi “Videoregistratorlar” soʻzi “Videotexnika vositalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
k) Nizomga ilovada:
nomidagi “videoregistratorlar” soʻzi “videoregistratorlar, shuningdek, videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
matnidagi “Videoregistrator” soʻzi “Videotexnika vositalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2020-y., 09/20/713/1504-son)