Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Oʻzbek tili bayrami kunini belgilash toʻgʻrisida”gi QL-638-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020-yil 19-martda kiritilgan “Oʻzbek tili bayrami kunini belgilash toʻgʻrisida”gi QL-638-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuniloyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2020-yil 23-mart,
175-IV-son