Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“III va IV darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi QL-640-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020-yil 23-martda kiritilgan “III va IV darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi QL-640-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2020-yil 23-mart,
177-IV-son