Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining
buyrugʻi
Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 6-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2000-8]
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi va “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi qonunlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 650-son “Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 16-iyuldagi 2009-40-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan (roʻyxat raqami 2000, 2009-yil 30-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 36-son, 394-modda) Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi Direktor A.A. NAZIROV
Toshkent sh.,
2020-yil 4-noyabr,
2020-14-son
Kelishildi:
Markaziy bank raisi M.B. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2020-yil 2-noyabr
Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2020-yil 4-noyabrdagi 2020-14-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-bandda:
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“korporativ obligatsiyalar — aksiyadorlik jamiyatlari, masʼuliyati cheklangan va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar;”;
oʻn toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“emitentning boshqaruv organi — aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi yoki aksiyadorlik jamiyatining kuzatuv kengashi, shuningdek, masʼuliyati cheklangan va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi yoki kuzatuv kengashi;”.
2. 22 va 221-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22. Korporativ obligatsiyalar quyidagi shartlarga rioya etgan holda:
emitentning bunday obligatsiyalar chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadagi oʻz kapitali miqdori doirasida. Agar korporativ obligatsiyalar summasi emitentning oʻz kapitali miqdoridan oshsa, emitent oshgan summa uchun taʼminot berishi shart;
soʻnggi bir yilda rentabellik, toʻlovga qobiliyatlilik, moliyaviy barqarorlik va likvidlilikning ijobiy koʻrsatkichlariga ega boʻlgan emitentlar tomonidan;
obligatsiyalar chiqarilishidan oldingi bir yil uchun moliyaviy hisobot boʻyicha auditorlik xulosasi mavjud boʻlganda;
investorlarga tegishli mablagʻlarning emitentlar tomonidan toʻlanishi boʻyicha toʻlov agentlari vazifasini bajaruvchi tijorat banklari ishtirokida chiqariladi.
Bunda, korporativ obligatsiyalar ochiq obuna orqali quyidagi shartlarga rioya etgan holda joylashtiriladi:
a) oʻz kapitali miqdori doirasidan yuqori boʻlgan taqdirda, emitent ortiqcha boʻlgan summaga uchinchi shaxsning quyidagi taʼminotidan birini taqdim etadi:
koʻchmas mulk garov taʼminoti;
pul yoki ularga tenglashtirilgan mablagʻlar;
bank kafolati;
sugʻurta tashkilotining sugʻurta polisi;
b) mustaqil reyting bahosi mavjudligi;
v) majburiy tartibda anderrayterni (anderrayterlar guruhini) jalb etgan holda.
221. Infratuzilma obligatsiyalari quyidagi shartlarga rioya etgan holda:
emitentning bunday obligatsiyalar chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadagi, oʻz kapitali miqdori doirasida. Agar infratuzilma obligatsiyalar summasi emitentning oʻz kapitali miqdoridan oshsa, emitent oshgan summa uchun taʼminot berishi shart;
obligatsiya chiqarilishidan oldingi yil uchun moliyaviy hisobot boʻyicha ijobiy fikr bildirilgan auditorlik xulosasi mavjud boʻlganda;
infratuzilma obligatsiyalarini joylashtirishdan olingan mablagʻlardan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida nazarda tutilgan loyihani moliyalashtirish uchun foydalanilsa.
Davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari, shuningdek, davlat korxonalari infratuzilma obligatsiyalarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda chiqaradi.”.
3. 36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“36. Emitent majburiyatlarining bajarilishi garov, bank kafolati yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa usullar bilan taʼminlanadigan obligatsiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek, taʼminot taqdim etgan shaxs toʻgʻrisidagi va taʼminot shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak. Bunda, obligatsiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek, taʼminot taqdim etgan shaxs tomonidan imzolanishi kerak.”.
4. 40-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“40. Risola emitent boshqaruv organi tomonidan tasdiqlanadi va quyidagilarga muvofiq barcha axborotni oʻz ichiga oladi:
davlat korxonalari aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirilayotganda — mazkur Qoidalarning 2a-ilovasiga;
boshqa aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek masʼuliyati cheklangan va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlari uchun — mazkur Qoidalarning 2b-ilovasiga;
investitsiya fondlari uchun — mazkur Qoidalarning 2v-ilovasiga;
Emitentning moliyaviy hisobotlari auditor tomonidan tekshirishdan oʻtkazilganligini tasdiqlash uchun qimmatli qogʻozlar emissiya risolasiga soʻngi yil boʻyicha auditorlik xulosa ilova qilinadi.
Emitentning oxirgi yil uchun moliyaviy hisobotining auditor tomonidan tekshiruvi tugaguniga qadar emitent risolani oxirgi tugallangan yil uchun auditorlik xulosasi nusxasini ilova qilmagan holda taqdim etishga haqli, bundan korporativ va infratuzilma obligatsiyalarini chiqarish holatlar mustasno.”.
5. 43 va 44-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“43. Qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun emitent roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi shart:
a) quyidagilar koʻrsatilishi lozim boʻlgan qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza:
tashkilot nomi;
tashkilotning yuridik manzili;
qimmatli qogʻozlarning soni, koʻrinishlari va turlari;
bir dona qimmatli qogʻozning nominal qiymati;
chiqarilishning umumiy hajmi;
qimmatli qogʻozlar chiqarilishining tartib raqami;
qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqish uchun toʻlov summasi, toʻlov qogʻozi sanasi va raqami (qonunchilikda koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno);
emitentning masʼul hodimi haqida maʼlumot va uning aloqa maʼlumotlari;
b) mazkur Qoidalarga muvofiq rasmiylashtirilgan qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror (uch nusxada);
v) mazkur Qoidalarga muvofiq rasmiylashtirilgan risola (uch nusxada) (qimmatli qogʻozlar ommaviy joylashtirilgan taqdirda);
g) qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisida qaror chiqarilganligini tasdiqlovchi aksiyadorlarning yoki jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi bayonnoma nusxasi yoki bayonnomasidan koʻchirma, agar mazkur qaror aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi tomonidan qaror qabul qilingan boʻlsa — ovoz berishda ishtirok etgan aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi aʼzolarining familiyasi, ismi, shariflari koʻrsatilgan yigʻilish bayonnoma nusxasi yoki bayonnomasidan koʻchirma;
d) qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorning tasdiqlanganligini tasdiqlovchi aksiyadorlarning yoki jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi bayonnoma nusxasi yoki bayonnomasidan koʻchirma, kuzatuv kengashi tomonidan qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisida qaror tasdiqlangan taqdirda esa — ovoz berishda ishtirok etgan aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi aʼzolarining familiyasi, ismi, shariflari koʻrsatilgan yigʻilish bayonnoma nusxasi yoki bayonnomasidan koʻchirma;
e) risola tasdiqlanganligini tasdiqlovchi aksiyadorlarning yoki jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi bayonnomasi nusxasi yoki bayonnomasidan koʻchirma, aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi tomonidan risola tasdiqlangan taqdirda esa — ovoz berishda ishtirok etgan kuzatuv kengashi aʼzolarining familiyasi, ismi, shariflari koʻrsatilgan yigʻilish bayonnomasi nusxasi yoki bayonnomasidan koʻchirma;
j) qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik uchun belgilangan yigʻim toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjati (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno).
Arizalarga hujjatlar roʻyxati ilova qilinib, nusxalar va varaqlar soni koʻrsatiladi.
Ariza tashkilot rahbari hamda bosh hisobchisi tomonidan imzolanishi kerak.
Agarda ushbu bandning “g” — “e” kichik bandlarida koʻrsatilgan qarorlar:
aksiyadorlik jamiyati umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilingan taqdirda, qoʻshimcha ravishda sanoq komissiyasi tomonidan tuzilgan kvorum va ovoz berish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma nusxasi yoki bayonnomadan koʻchirma;
jamiyatning yagona aksiyadori yoki ishtirokchisi tomonidan qabul qilingan taqdirda, aksiyadorning yoki jamiyat ishtirokchisining tegishli qarorining nusxasi taqdim etiladi.
44. Obligatsiyalarning chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga qoʻshimcha ravishda quyidagilar taqdim etilishi kerak:
a) agar obligatsiyalarning chiqarish majburiyatlarining bajarilishini taʼminlashga mol-mulkning taqdim etilsa, Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq mol-mulkni baholanganligini tasdiqlovchi baholash toʻgʻrisidagi hisobot nusxasi, shuningdek, ushbu mol-mulkning garov faktini tasdiqlovchi hujjat;
b) obligatsiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror tasdiqlanishidan oldingi oxirgi tugallangan moliyaviy yil uchun va oxirgi chorak uchun obligatsiyalarni chiqarish boʻyicha taʼminotni taqdim etgan uchinchi shaxs(lar)ning buxgalteriya hisobotlari;
v) emitentga uchinchi shaxs(lar) tomonidan ushbu emitentning chiqarilayotgan obligatsiyalari majburiyatlari boʻyicha bunday taʼminot mavjud boʻlganda taʼminot (garov, bank kafolati, yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa usul) berilganligi toʻgʻrisidagi hujjat nusxasi;
g) emitentning soʻngi tugallangan yil davomida rentabellik, toʻlov qobiliyati, moliyaviy barqarorlik va likvidlik boʻyicha ijobiy koʻrsatkichlari mavjudligini tasdiqlovchi auditorlik tashkiloti xulosasining asl nusxasi (yoki tasdiqlangan nusxasi) (korporativ obligatsiyalar chiqarilgan taqdirda);
d) emitentning obligatsiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror tasdiqlangan sana uchun oʻz kapitali miqdorini (Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida) tasdiqlovchi auditorlik tashkiloti xulosasining asl nusxasi (yoki tasdiqlangan nusxasi);
e) emitentning mustaqil reyting bahosi mavjud hujjat nusxasi (korporativ obligatsiyalar ochiq obuna orqali chiqarilgan taqdirda). Bunda, emitentga reyting bahosini berish sanasi obligatsiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanagacha bir yildan oshmasligi kerak;
j) obligatsiyalar anderrayter (anderrayterlar guruhi) tomonidan joylashtirilganda emitent va anderrayter (anderrayterlar guruhi) oʻrtasida obligatsiyalarni joylashtirish shartlari koʻrsatgan holda tuzilgan shartnoma nusxasi;
z) agar obligatsiyalar chiqarilishida obligatsiyalar boʻyicha majburiyatlarning naqd pulda toʻlanishi koʻzda tutilgan boʻlsa emitent tomonidan investorlarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlarni toʻlash boʻyicha emitent va tijorat banki oʻrtasida tuzilgan, ushbu bank tomonidan toʻlov agenti vazifasining bajarilishi toʻgʻrisidagi shartnoma nusxasi. Bank tomonidan obligatsiyalar chiqarilganda investorlarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlarni toʻlash boʻyicha toʻlov agenti vazifasi bank-emitent tomonidan mustaqil ravishda yoxud boshqa bank tomonidan amalga oshirishi mumkin.”.
6. 60-bandda:
“a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) quyidagilar koʻrsatilishi lozim boʻlgan qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza:
tashkilot nomi;
tashkilotning yuridik manzili;
qimmatli qogʻozlarning soni, turi va tipi;
bir dona qimmatli qogʻozning nominal qiymati;
chiqarishning umumiy hajmi;
aksiyalar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqish uchun toʻlov summasi, toʻlov qogʻozi sanasi va raqami (qonunchilikda koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno);
emitentning masʼul hodimi haqida maʼlumot va uning aloqa maʼlumotlari.
Arizalarga nusxalar va varaqlar soni koʻrsatilgan holda hujjatlar roʻyxati ilova qilinadi.
Ariza tashkilot rahbari hamda bosh hisobchisi tomonidan imzolanishi lozim.”;
“j” va “z” kichik bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
7. 91-bandda:
“g” kichik bandi chiqarib tashlansin;
“d” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“d) davlat roʻyxatiga olish uchun taqdim etilgan hujjatlar roʻyxati.”.
8. 1a-ilovasida:
“(KORPORATIV, INFRATUZILMA)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Ushbu chiqarilishdagi obligatsiyalar egalarining huquqlari: ________________
(Koʻrsatiladi:
obligatsiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda belgilangan muddatda emitentdan obligatsiyalarning nominal qiymatiga teng boʻlgan summa miqdorini yoki boshqa mol-mulk ekvivalentini olish huquqi, shuningdek, obligatsiyalarning nominal qiymatining belgilangan foizini yoki obligatsiyalar chiqarish toʻgʻrisidagi qaror bilan belgilangan boshqa mulkiy huquqlarni olish huquqi.
amalga oshirish shartlari, tartibi va muddatlari koʻrsatilgan holda, shu jumladan, emitentning oʻz kapitali kamayganida va uning tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgarganida, emitent tomonidan obligatsiyalarni qaytarib sotib olishni talab qilish huquqi. Bunda, emitentning oʻz kapitalining kamayishi toʻgʻrisidagi maʼlumotni oshkor qilish tartibi koʻrsatilishi kerak;
boshqa huquqlar)”;
7 band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Ushbu chiqarilishdagi obligatsiyalarni sotib olinishiga nisbatan cheklashlar.
(Cheklashlar koʻrsatilayotganda cheklovlarga asos boʻlgan hujjat(lar) va (yoki) qonun hujjatlarini koʻrsatish lozim.)”;
11.6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11.6. Ushbu chiqarilishdagi obligatsiyalar bahosi (baholari) yoki joylashtirish bahosini belgilash tartibi: _____________________________________________________
(Obligatsiyalar bahosi (baholari) yoki joylashtirish bahosini belgilash tartibi koʻrsatiladi. Agar ushbu chiqarilish ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan obligatsiyalar chiqarilishi boʻlsa, qoʻshimcha ravishda ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan obligatsiyalarni xarid qilishda imtiyozli huquqqa ega shaxslarga obligatsiyalarni joylashtirish bahosi yoki joylashtirish bahosini belgilash tartibi koʻrsatiladi.)”;
12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Ushbu chiqarilishdagi obligatsiyalar boʻyicha taʼminot: ___________________
(Koʻrsatiladi:
taʼminot bergan yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shaklini oʻz ichiga olgan toʻliq firma nomi;
taʼminot bergan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, sharifi va yashash manzili;
taʼminot turi;
pul koʻrinishidagi taʼminot miqdori)”;
quyidagi mazmundagi izohlar bilan toʻldirilsin:
“Izohlar:
1. Kursivda berilgan matn bosma hujjatda aks ettirilmaydi.
2. Agar taʼminot ikkita yoki undan ortiq shaxslar tomonidan taqdim etilgan boʻlsa, shu shaxslar imzosi, shuningdek, jalb etilgan baholovchi tashkilot rahbarlarining imzosi titul varagʻidan keyingi varaqda koʻrsatiladi.
3. Ushbu obligatsiyalar chiqarilishining emitenti masʼuliyati cheklangan va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat boʻlsa, 9-band toʻldirilmaydi.
4. Obligatsiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror davlat organi tomonidan tasdiqlangan taqdirda, ushbu qaror mazkur organ muhri bilan tasdiqlanadi.”.
10. 2b-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
ILOVA
ILOVA
“Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga
2b-ILOVA
2b-ILOVA
| “TASDIQLANGAN” ____________________________________ |
| | | | | | | ||||||||
|
(jamiyatning nomi) |
| | | | | | | ||||||||
| (jamiyat kuzatuv kengashi raisining yoki boshqa vakolatli shaxsning F.I.O. va imzosi) |
| | | | | | | ||||||||
| __________ | | №__________ | | | | | | | | | |||||
| (sana) | | | | | | | | | | | | | | ||
| | | | | | | | | | | | | | | | |
| (TITUL VARAGʻI) | | | | | | | | | | | | | | ||
| (AKSIYALAR, OBLIGATSIYALAR) EMISSIYASI RISOLASI | | | | | | | |||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | |
| ___________________________________________________________ | | ||||||||||||||
| (jamiyatning toʻliq nomi, jumladan, tashkiliy-huquqiy shakli) | | | |||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | |
| Identifikatsiya raqami berildi: | | | | | | | | | | | | | |||
| | | | | | | | | | | | | | | | |
| _____________________________________________________________. | |||||||||||||||
| (qimmatli qogʻozlarning turi, miqdori, nominal qiymati va chiqarilishining umumiy hajmi raqam va yozuvda koʻrsatiladi) | |||||||||||||||
| Jamiyatning rahbari: __________________________________________ | | | | | | ||||||||||
| (Lavozimi, F.I.O., imzo) | | | | | | | | | | | |||||
| Bosh hisobchi: ____________________________________________ | | | | | | ||||||||||
| (F.I.O., imzo) | | | | | | | | | | | | ||||
| | | | | | | | | | | | (sana) | | | | |
| | | | | | | | | | | | | | | | |
| | ____________________________________________ | | | | | ||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | |
| ROʻYXATDAN OʻTKAZUVChI ORGAN UShBU QIMMATLI QOGʻOZLAR EMISSIYASI RISOLASIDAGI AXBOROTNING TOʻGʻRILIGI UChUN JAVOBGAR BOʻLMAYDI VA QIMMATLI QOGʻOZLAR ChIQARILIShI TOʻGʻRISIDAGI QARORNI ROʻYXATDAN OʻTKAZISh FAKTI BILAN JOYLAShTIRILAYOTGAN QIMMATLI QOGʻOZLARGA NISBATAN OʻZ MUNOSABATINI BILDIRMAYDI. | |||||||||||||||
| OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI TOʻGʻRISIDA”GI QONUNI 61-MODDASIGA MUVOFIQ, QIMMATLI QOGʻOZLARNI INVESTITSIYa OBYEKTI SIFATIDA TANLASh VA ShUNGA MUVOFIQ UShBU TANLOVNING OQIBATLARI INVESTORNING TAVAKKALChILIKLARIDIR. | |||||||||||||||
| JAMIYATLAR RISOLADA KELTIRILGAN BARChA MAʼLUMOTLAR IShONChLILIGI, INVESTORLARNI JAMIYATLAR VA ULAR JOYLAShTIRADIGAN QIMMATLI QOGʻOZLAR MASALASIDA ChALGʻITMASLIGINI TASDIQLAYDI. | |||||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | |
| | ________________________________________________ | | | | |||||||||||
1-bob. Jamiyat toʻgʻrisida maʼlumot
1. Jamiyati nomi.
(Jamiyatning toʻliq va qisqargan nomi, jumladan, tashkiliy-huquqiy shakli)
2. Jamiyatning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
(Koʻrsatiladi:
a) birlamchi davlat roʻyxatidan oʻtgan sanasi va raqami;
b) davlat roʻyxatidan qayta oʻtish sanasi va raqami (qayta roʻyxatdan oʻtish amalga oshirilgan boʻlsa);
v) nomi oʻzgargan boʻlsa, avvalgi barcha qisqargan va toʻliq nomlari, shuningdek, oʻzgartirilgan sanalar koʻrsatiladi;
d) agar jamiyat yuridik shaxs (shaxslar)ni qayta tashkil etish natijasida tashkil topgan boʻlsa, qayta tashkil etilgan shaxslar va (yoki) jamiyatlarning vorisi ekanligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Maʼlumotlar xronologik tartibda keltiriladi)
3. Jamiyatning joylashgan joyi, telefon va faks raqamlari, rasmiy veb-sayt va elektron pochta maʼlumotlari.
4. Jamiyatning bank rekvizitlari.
(Agar jamiyat tijorat banki boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida uning vakillik hisobvaragʻi koʻrsatiladi)
5. Jamiyatning soliq organi nomi va STIR.
6. Davlat statistika organi tomonidan berilgan kodlar.
7. Reytinglar mavjudliligi haqidagi maʼlumotlar.
(Jamiyatga reyting(lar) berilgan taqdirda, jamiyatga berilgan har bir reyting boʻyicha soʻnggi _____ tugallangan hisobot yillari uchun quyidagilar koʻrsatiladi:
a) reyting berilgan obyekt (jamiyat, jamiyat qimmatli qogʻozlari);
b) hujjatlarni roʻyxatga olish uchun roʻyxatga oluvchi organga taqdim etish sanasigacha boʻlgan soʻnggi _____ tugallangan hisobot yillari uchun reyting baholarining oʻzgarish tarixi;
v) reytingni bergan tashkilotning toʻliq va qisqargan nomi, yuridik va pochta manzillari;
g) reyting toʻgʻrisida jamiyat bildirishni maʼqul topgan boshqa maʼlumotlar.
Boʻsh katakda jamiyat necha yillik maʼlumotlarni taqdim etayotganligi koʻsatiladi)
8. Jamiyat filiallari hamda vakilliklari toʻgʻrisida maʼlumot.
(Ularning toʻliq nomlari, joylashgan manzillari va bogʻlanish uchun maʼlumotlar)
9. Shuʼba va (yoki) tobe yuridik shaxslar toʻgʻrisida maʼlumot (mavjud boʻlgan taqdirda).
(Har bir shunday yuridik shaxs boʻyicha quyidagi axborot taqdim etiladi:
toʻliq nomi, soliq toʻlovchining individual raqami, joylashgan manzillari va bogʻlanish uchun maʼlumotlar;
yuridik shaxsni jamiyatga nisbatan shuʼba va (yoki) tobe deb topish uchun asos;
shuʼba va (yoki) tobe yuridik shaxs ustav kapitalida jamiyat ishtiroki ulushi, shuʼba va (yoki) tobe yuridik shaxs aksiyadorlik jamiyati boʻlgan taqdirda — bunday aksiyadorlik jamiyatining jamiyatga tegishli ovoz beruvchi aksiyalari ulushi)
10. Jamiyatning Oʻzbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida joylashgan sanoat, bank, moliyaviy guruhlar, xoldinglar, konsernlar, uyushmalar, qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilariga tegishliligi, tovar, valyuta, fond, boshqa birjalardagi aʼzoligi, ularning toʻla nomlari va manzillari koʻrsatilgan holda.
(Agar jamiyatning moliya-xoʻjalik faoliyati natijalari ushbu tashkilotlar bilan bogʻliq boʻlsa, bunday bogʻliqlik xarakteri toʻgʻrisida batafsil bayon qilinadi)
11. Jamiyatning tashkiliy tuzilmasi.
(Maʼlumotlar mazkur risolaga ilovada koʻrsatilishi mumkin.)
12. Ishchilarning oxirgi _____yil uchun oʻrtacha yillik soni (odamlar):
(Maʼlumot sonlar kesimida oshkor qilinadi:
jamiyatning asosiy faoliyati boʻyicha band boʻlgan xodimlar;
maʼmuriy-boshqaruv xodimlari.
Boʻsh katakda jamiyat necha yillik maʼlumotlarni taqdim etayotganligi koʻrsatiladi)
13. Jamiyat ustav kapitalining 5 va undan ortiq foiziga ega boʻlgan tashkilotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (ushbu ilovaning 11-bandida koʻrsatilgan yuridik shaxslar bundan mustasno).
(Har bir yuridik shaxs boʻyicha quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
toʻliq nomi, soliq toʻlovchining individual raqami, joylashgan manzillari va bogʻlanish uchun maʼlumotlar;
jamiyatning ustav kapitalidagi ulushi, bunday tashkilot aksiyadorlik jamiyati boʻlsa — jamiyatga tegishli ovoz beruvchi aksiyalar ulushi)
14. Korporativ boshqaruv kodeksining jamiyat tomonidan qabul qilingan sanasi (agar Nizomda uni qabul qilish koʻzda tutilgan boʻlsa).
15. Jamiyat qimmatli qogʻozlarini xarid qilish haqida qaror qabul qilish uchun oshkor qilinishi muhim deb bilgan boshqa maʼlumotlar.
2-bob. Kelgusi qimmatli qogʻozlar chiqarilishini muomalaga kiritish shartlari
16. Kelgusi aksiyalar chiqarilishi shartlari.
a) chiqarilishdagi aksiyalar turi (oddiy va/yoki imtiyozli);
b) chiqarilishdagi aksiyalar miqdori;
(Raqam va yozuv bilan koʻrsatiladi)
v) chiqarilishdagi aksiyaning nominal qiymati, soʻmda;
(Raqam va yozuv bilan koʻrsatiladi)
g) chiqarilishning umumiy hajmi, soʻmda;
(Raqam va yozuv bilan koʻrsatiladi)
d) aksiyalarni joylashtirish muddati va tartibi;
(Aksiyalarni joylashtirishni boshlash va yakunlash sanasi yoki aksiyalarni joylashtirish sanasini belgilash tartibi koʻrsatiladi.
Aksiyalarni joylashtirish muddati aksiyalar chiqarilishi toʻgʻrisidagi axborotni oshkor qilish sanasi bilan bogʻliq ravishda belgilansa, bunday axborotni ochiqlash tartibi ham koʻrsatiladi)
e) toʻlov usuli va joylashtiriladigan aksiyalar narxi (qiymati);
(Bundan tashqari, aksiyalarni joylashtirish narxini belgilash tartibi koʻrsatilishi mumkin.
Aksiyalar pul mablagʻlari bilan toʻlanmasa, aksiyalar toʻlanishi mumkin boʻlgan mol-mulk roʻyxati koʻrsatiladi)
j) aksiyalarni toʻlash shartlari va tartibi;
(Aksiyalarni toʻlash shartlari va tartibi, shu jumladan, hisob-kitoblarning shakli, aksiyalar toʻlanishiga kelib tushadigan pul vositalari koʻchirilishi lozim boʻlgan bank hisobvaraqlari koʻrsatiladi)
z) ushbu chiqarilishning aksiyalarini sotib olishga boʻlgan cheklovlar;
(Cheklovlar koʻrsatilayotganda, cheklov oʻrnatishga asos boʻlgan hujjat(lar) va (yoki) qonun hujjatlari koʻrsatiladi)
i) investor tomonidan sotib olingan aksiyalar boʻyicha olinadigan daromadni soliqqa tortish toʻgʻrisidagi maʼlumot;
k) aksiyalarni chiqarishdan maqsad;
l) aksiyalar chiqarilishi amalga oshmagan deb topilgan taqdirda aksiyalar toʻlovi sifatida jamiyat olgan mablagʻlarni qaytarish tartibi;
(Ushbu aksiyalar chiqarilishini amalga oshmagan deb topish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor qilish tartibi ham koʻrsatiladi)
m) avvalgi aksiyalar chiqarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
(Koʻrsatiladi:
davlat roʻyxatidan oʻtish sanasi va raqami, chiqarishning identifikatsiya raqami;
joylashtirishni boshlash sanasi;
joylashtirishni yakunlash sanasi;
muomalaga chiqish sanasi;
aksiyalarning nominal qiymati, soʻmda;
aksiyalar chiqarilishinig umumiy xajmi, soʻmda;
chiqarilgan aksiyalarning umumiy soni, dona;
chiqarilgan aksiyalarning turi va ularning turlari boʻyicha miqdori (oddiy aksiyalar, dona, imtiyozli aksiyalar, dona);
umumiy chiqarilish ichidan joylashtiriladigan aksiyalar foizi, toʻliq joylashtirmaslik sababi (toʻliq joylashtirilmagan taqdirda);
aksiyalarni chiqarishdan maqsad.
Maʼlumot kamida oxirgi uch yil ichidagi har bir chiqarilish boʻyicha koʻrsatiladi. Agar jamiyat faoliyatni uch yildan kamroq muddat ichida amalga oshirayotgan boʻlsa, faoliyat yuritgan davri mobaynidagi har bir chiqarilish boʻyicha maʼlumot koʻrsatiladi)
n) soʻnggi _____ yil uchun hisoblangan va toʻlangan dividendlar toʻgʻrisida maʼlumot;
(Boʻsh katakda jamiyat maʼlumotni oshkor qiladigan yillar koʻrsatiladi.
Maʼlumot kamida soʻnggi uch yil uchun koʻrsatiladi. Agar jamiyat faoliyatni uch yildan kamroq muddat ichida amalga oshirayotgan boʻlsa, faoliyat yuritgan davri mobaynidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi)
o) mavjud aksiyalarni birlashtirish yoki taqsimlash sanasi va sabablari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
(Maʼlumot bunday holat yuz berganda koʻrsatiladi)
p) oxirgi yil uchun aksiyalar narxlarining taqsimlanishi, birja yoki birjadan tashqarida savdolarda rasmiy roʻyxatdan oʻtkazilgan yuqori va pastki narxlar koʻrsatilgan holda;
r) aksiyalar realizatsiya qilinadigan joylar (qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchisining nomi va uning maʼlumotlari).
17. Kelgusi obligatsiyalar chiqarilishi shartlari.
a) obligatsiyalar chiqarilishi haqida maʼlumotlar:
obligatsiyalar turi;
obligatsiyaning nominal qiymati, soʻmda;
(Agar bir dona obligatsiyaning nominal qiymati indeksatsiya qilingan miqdor boʻlsa, qoʻshimcha ravishda bir dona obligatsiyaning nominal qiymati hisoblash tartibi koʻrsatiladi. Raqamlar va soʻzlar bilan koʻrsatiladi)
obligatsiyalar soni;
(Raqamlar va soʻzlar bilan koʻrsatiladi)
obligatsiyalar chiqarilishining umumiy hajmi;
(Raqamlar va soʻzlar bilan koʻrsatiladi)
toʻlov usuli va joylashtiriladigan obligatsiyalar narxi (qiymati).
(Undan tashqari, obligatsiyalarni joylashtirish narxini belgilash tartibi koʻrsatilishi mumkin.
Agar ushbu chiqarilish ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan obligatsiyalar chiqarilishi boʻlsa, qoʻshimcha ravishda ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan obligatsiyalarni olish imtiyozli huquqiga ega boʻlgan shaxslarga obligatsiyalar narxi va joylashtirish narxini belgilash tartibi koʻrsatiladi)
b) obligatsiyalar boʻyicha daromad olish:
obligatsiyalar boʻyicha mukofotni aniqlash tartibi;
(Agar obligatsiyalar boʻyicha mukofotni aniqlash tartibi indeksatsiya qilingan miqdor boʻlsa, qoʻshimcha ravishda bunday miqdorni hisoblash tartibi koʻrsatiladi)
obligatsiyalar boʻyicha mukofotni toʻlash davriyligi va (yoki) obligatsiyalar boʻyicha mukofotni toʻlash sanasi;
obligatsiyalar boʻyicha mukofotni toʻlashni boshlash sanasi;
obligatsiyalar boʻyicha mukofotni toʻlash tartibi va usullari, obligatsiyalar boʻyicha mukofotni olish usullari;
v) obligatsiyalarni joylashtirish tartibi va shartlari:
joylashtirish usuli;
ushbu chiqarilishdagi obligatsiyalarni sotib olishga boʻlgan cheklovlar;
(Cheklovlar koʻrsatilayotganda, cheklov oʻrnatishga asos boʻlgan hujjat(lar) va (yoki) qonun hujjatlari koʻrsatiladi)
obligatsiyalarni joylashtirish muddati va tartibi;
(Obligatsiyalar joylashtirilishining boshlanish va tugash sanasi yoki joylashtirish sanasini belgilash tartibi koʻrsatiladi.
Agar obligatsiyalarni joylashtirish muddati obligatsiyalar chiqarilishi toʻgʻrisidagi har qanday maʼlumot oshkor qilingan sana koʻrsatilishi bilan belgilansa, bunday maʼlumotlarni oshkor qilish tartibi ham koʻrsatiladi)
obligatsiyalar realizatsiya qilinadigan joylar (qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchisining nomi va uning maʼlumotlari);
g) obligatsiyalar muomalasi tartibi va shartlari;
(Obligatsiyalar muomalasiining boshlanish va tugash sanasi yoki muomala sanasini belgilash tartibi koʻrsatiladi)
d) obligatsiyalarni soʻndirish tartibi va shartlari:
obligatsiyalarni soʻndirish sanasi;
obligatsiyalarni soʻndirish usuli;
(Agar obligatsiyalarni soʻndirishda mukofot va nominal qiymati toʻlovini amalga oshirish obligatsiyalarni chiqarilish risolasiga muvofiq boshqa mulkiy huquqlar bilan amalga oshirilsa, ushbu huquqlarning tavsiflari, ularni saqlash usullari, ularni baholash tartibi va ushbu huquqlarni baholash uchun vakolatli shaxslar koʻrsatiladi)
e) obligatsiyalarni muddatidan oldin soʻndirish imkoniyati va shartlari;
(Muddatidan oldin soʻndirish narxi (qiymati) (yoki muddatidan oldin soʻndirish narxini (qyimatini) belgilash tartibi), obligatsiyalar muddatidan oldin soʻndirish uchun taqdim etilishi mumkin boʻlgan muddat, shuningdek, jamiyat tomonidan muddatidan oldin soʻndirish toʻgʻrisidagi axborotni oshkor qilish tartibi koʻrsatiladi)
j) qimmatli qogʻozlar chiqarilishi haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, jamiyat tomonidan obligatsiyalar uchun toʻlov sifatida olingan mablagʻlarni qaytarish tartibi;
(Ushbu obligatsiyalar chiqarilishini amalga oshmagan deb topish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor qilish tartibi ham koʻrsatiladi)
z) ayirboshlanadigan obligatsiyalar toʻgʻrisida maʼlumot;
(Ayirboshlanadigan obligatsiyalar chiqarilganda qoʻshimcha ravishda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
aksiyalarga ayirboshlanadigan obligatsiyalar turi, soni va joylashtirilish narxini aniqlashning tartibi, ushbu aksiyalar boʻyicha huquqlar;
obligatsiyalarni ayirboshlash tartibi va shartlari;
ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan joylashtirilgan obligatsiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqni amalga oshirish tartibi.
Ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan joylashtirilgan obligatsiyalarni sotib olishda imtiyozli huquq berilgan taqdirda:
ushbu imtiyozli huquqqa ega boʻlgan shaxslarning roʻyxati tuzilgan sana (sanani aniqlash tartibi);
shu tarzda joylashtirilgan obligatsiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqdan foydalanish imkoniyati toʻgʻrisida xabardor qilish tartibi;
shu tarzda joylashtirilgan obligatsiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqni amalga oshirish tartibi;
obligatsiyalarni ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlash tartibi koʻrsatiladi)
i) ushbu chiqarilishdagi obligatsiyalar boʻyicha taʼminot;
(Koʻrsatiladi:
taʼminot turi;
taʼminotning puldagi qiymati;
taʼminotni taqdim etgan yuridik shaxsga — toʻliq firma nomi, jumladan, uning tashkiliy-huquqiy shakli, soliq toʻlovchining individual raqami;
soliq toʻlovchining F.I.O., yashash manzili va individual raqami (taʼminotni taqdim etgan jismoniy shaxs uchun.
Taʼminot ikkita yoki undan ortiq obyekt, taʼminot turi bilan, shuningdek, ikkita yoki undan ortiq shaxs tomonidan taqdim etilgan boʻlsa, har biri boʻyicha axborot alohida koʻrsatiladi)
k) garov sifatida taqdim etilgan mol-mulkni baholashda qatnashgan baholovchi tashkilotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
(Koʻrsatiladi:
toʻliq nomi, shu jumladan, tashkiliy-huquqiy shakli;
joylashgan manzili va bogʻlanish uchun maʼlumotlar;
tashkilotga professional faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan litsenziya raqami va sanasi;
garov sifatida taqdim etilgan mol-mulkni baholash uchun jalb qilingan tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomaning sanasi va raqami)
l) bank kafolatini taqdim etgan bank toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
(Koʻrsatiladi:
toʻliq nomi, jumladan, tashkiliy-huquqiy shakli;
joylashgan manzili va bogʻlanish uchun maʼlumotlar;
kafolat shartnomasi raqami va sanasi, shuningdek, kafolatning muddati va shartlari)
m) obligatsiyalarning ushbu chiqarilishi boʻyicha jamiyatning majburiyatlarini sugʻurtalagan sugʻurta tashkiloti toʻgʻrisida maʼlumotlar;
(Koʻrsatiladi:
toʻliq nomi, jumladan, tashkiliy-huquqiy shakli;
joylashgan manzili va bogʻlanish uchun maʼlumotlar;
sugʻurta polisi va sugʻurta shartnomasi raqami va sanasi)
n) obligatsiyalarni joylashtirishdan olingan pullardan foydalanishning maqsadi;
(Jamiyatning obligatsiyalarni joylashtirishdan oladigan pullardan foydalanishining aniq maqsadlari koʻrsatiladi.)
o) obligatsiyalar egasiga beriladigan huquqlar;
(Koʻrsatiladi:
jamiyatdan obligatsiyaning nominal qiymatini olish yoki obligatsiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda (emissiya risolasida) nazarda tutilgan boshqa mol-mulkka teng boʻlgan huquqni, shuningdek, obligatsiya nominal qiymatining belgilangan foiz ulushini yoki obligatsiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda (emissiya risolasida) nazarda tutilgan boshqa mulk huquqini olish huquqi;
amalga oshirish shartlari, tartibi va muddatlari koʻrsatilgan holda, shu jumladan, jamiyatning oʻz kapitali miqdori kamayganida va uning tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgarganida, jamiyat tomonidan obligatsiyalarni qaytarib sotib olishni talab qilish huquqi. Bunda, jamiyatning oʻz kapitalining kamayishi toʻgʻrisidagi maʼlumotni oshkor qilish tartibi koʻrsatilishi kerak;
boshqa huquqlar)
p) investor tomonidan sotib olingan obligatsiyalar boʻyicha olingan daromadni soliqqa tortish toʻgʻrisidagi maʼlumot;
r) roʻy berishi oqibatida jamiyatning obligatsiyalari boʻyicha majburiyatlar bajarilmasligi ehtimoli boʻlgan hodisalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
(Koʻrsatiladi:
roʻy berishi oqibatida jamiyatning obligatsiyalar boʻyicha majburiyatlarini bajarilmasligi ehtimoli boʻlgan hodisalar roʻyxati;
obligatsiyalar boʻyicha majburiyatlarni bajarish imkonsiz boʻlgan taqdirda jamiyat tomonidan koʻriladigan choralar, jumladan, obligatsiyalar boʻyicha foizlarni toʻlash majburiyatlari bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda obligatsiya egalarining huquqlarini himoya qilish tartib-taomillari, shu jumladan, majburiyatlarni restrukturizatsiya qilish tartibi va shartlari;
jamiyat tomonidan obligatsiyalar egalariga, shu jumladan, bajarilmagan majburiyatlarning miqdori, majburiyatlarning bajarilmaganligi sabablari, obligatsiyalar egalarining oʻz talablarini qondirish boʻyicha mumkin boʻlgan xatti-harakatlari roʻyxati, obligatsiyalar egalari tomonidan jamiyatga, jamiyat zimmasidagi majburiyatlar jamiyat tomonidan bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda jamiyatning majburiyatlari boʻyicha solidar yoki subsidiar javobgar boʻlgan shaxslarga daʼvo bilan murojaat qilish tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning yetkazilish tartibi, muddatlari va usullari;
obligatsiyalar boʻyicha jamiyat zimmasidagi majburiyatlar jamiyat tomonidan bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda jamiyatning majburiyatlari boʻyicha solidar yoki subsidiar javobgar boʻlgan shaxslar bilan tuzilgan shartnoma sanasi va raqami, ushbu shaxslarning toʻliq nomi, shuningdek ularning davlat roʻyxatiga olingan sanasi (mavjud boʻlgan taqdirda)
s) jamiyat obligatsiyalar boʻyicha majburiyatlarini bajarishdan bosh tortgan taqdirda, obligatsiyalar egalari harakatlarining tavsifi;
(Obligatsiyalar boʻyicha daromadlarni qaytarish va toʻlash boʻyicha majburiyatlarning bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor qilish tartibi, bunda bajarilmagan majburiyatlar miqdori, majburiyatlarning bajarilmasligining sababi, shuningdek, obligatsiyalar egalarining oʻz talablarini qondirish boʻyicha mumkin boʻlgan harakatlari roʻyxati koʻrsatiladi)
t) jamiyatning toʻlov agenti toʻgʻrisidagi maʼlumot (mavjud boʻlgan taqdirda);
(Koʻrsatiladi:
toʻlov agentining toʻliq nomi;
joylashgan manzili va bogʻlanish uchun maʼlumotlar;
jamiyat va toʻlov agenti oʻrtasidagi shartnomaning sanasi va raqami.
Agar obligatsiyalar chiqarilishida obligatsiyalar boʻyicha majburiyatlarning naqd pulda toʻlanishi koʻzda tutilgan boʻlsa, maʼlumotlar majburiy ravishda oshkor qilinadi)
3-bob. Emissiya toʻgʻrisidagi qoʻshimcha maʼlumotlar
18. Ushbu qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan jamiyat organi va qaror qabul qilingan sana.
19. Ushbu chiqarilish boʻyicha jamiyat tomonidan jalb qilingan qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari haqida maʼlumot.
(Koʻrsatiladi:
toʻliq nomi, jumladan, tashkiliy-huquqiy shakli;
joylashgan manzili va bogʻlanish uchun maʼlumotlar;
tashkilot professional faoliyat yuritishi uchun berilgan litsenziya raqami va sanasi. Jamiyat tomonidan investitsiya maslahatchisi jalb qilingan taqdirda, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga faoliyat boshlanishi toʻgʻrisida xabarnoma yuborganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham koʻrsatiladi;
jamiyat va qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi oʻrtasida tuzilgan shartnomasi sanasi va raqami)
20. Mustaqil auditor toʻgʻrisidagi axborot.
(Koʻrsatiladi:
soʻngi tugallangan _____ moliya yilida jamiyat moliya hisoboti auditini amalga oshirgan auditorlik tashkilotining toʻliq rasmiy nomi (auditor F.I.O.);
joylashgan manzili va aloqa maʼlumotlari;
Boʻsh katakda jamiyat necha yillik maʼlumotlarni taqdim etayotganligi koʻsatiladi)
21. Mazkur chiqarilish bilan bogʻliq tegishli xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzilgan yuridik va moliya masalalari boʻyicha maslahatchilarning toʻliq nomi.
22. Qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olishni amalga oshiruvchi tashqilotlar toʻgʻrisida maʼlumot.
(Koʻrsatiladi:
toʻliq nomi, jumladan, tashkiliy-huquqiy shakli;
joylashgan manzili va bogʻlanish uchun maʼlumotlar;
qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olishni amalga oshiruvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnoma sanasi va raqami)
23. Roʻyxatga olingan obligatsiyalar chiqarilishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
(Koʻrsatiladi:
har bir chiqarilishdagi obligatsiyalarning umumiy miqdori, turi va nominal qiymati, obligatsiyalar har bir chiqarilishining davlat roʻyxatidan oʻtgan sanasi, har bir chiqarish boʻyicha joylashtirilgan obligatsiyalar miqdori, shuningdek, obligatsiyalarni joylashtirishda jalb etilgan mablagʻlarning umumiy miqdori, har bir obligatsiya chiqarilishi boʻyicha hisoblangan va toʻlangan mukofot miqdori, qayta sotib olingan obligatsiyalar miqdori;
joylashtirilmagan obligatsiyalar foizi, joylashtirmaganlik sababi (agar bunday holat boʻlsa);
jamiyatning obligatsiyalar egalari oldidagi majburiyatlarini bajarmasligi holatlari boʻyicha maʼlumotlar (obligatsiyalar boʻyicha mukofotlarni toʻlamaslik (toʻlovning kechiktirilishi), jumladan, bajarilmagan majburiyatlar hajmi va qancha muddatga kechiktirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, qimmatli qogʻozlar boʻyicha hisoblangan, ammo toʻlab berilmagan mukofot miqdori (tur va chiqarishlar boʻyicha alohida);
maʼlum bir obligatsiyalar chiqarilishini joylashtirish yoki muomalaga chiqarish toʻxtatilgan (tiklangan) boʻlsa, bunday qarorni qabul qilgan davlat organi, asos va qaror qabul qilingan sana koʻrsatiladi.
Maʼlumotlar ushbu obligatsiyalar chiqarilishi toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanagacha jamiyatning barcha roʻyxatga olingan obligatsiyalari toʻgʻrisida xronologik tartibda beriladi.
Jamiyatning soʻndirilmagan ayirboshlanadigan obligatsiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar alohida koʻrsatiladi)
4-bob. Jamiyatning boshqaruv va ijro organlari toʻgʻrisidagi maʼlumot
24. Jamiyat kuzatuv kengashi aʼzolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
(Koʻrsatiladi:
kuzatuv kengashi raisi va aʼzolarining F.I.O. (kuzatuv kengashida mustaqil aʼzo(lar) boʻlsa, ular ham koʻrsatiladi);
kuzatuv kengashi aʼzolari saylangan sana va ularning soʻnggi _____ yil ichidagi va hozirgi vaqtdagi mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi xronologik tartibdagi maʼlumotlar;
kuzatuv kengashi har bir aʼzosiga tegishli jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalarining jamiyat ustav kapitalidagi ovoz beruvchi aksiyalarning umumiy hajmiga foiz nisbati.
Boʻsh katakda jamiyat necha yillik maʼlumotlarni taqdim etayotganligi koʻsatiladi.
Axborot jamiyatning Kuzatuv kengashi mavjud boʻlsa oshkor etiladi)
25. Jamiyat kuzatuv kengashi qoʻmitalari toʻgʻrisidagi axborot.
(Qoʻmita nomi, uning vazifa va funksiyalari, shuningdek, tarkibi koʻrsatiladi. Maʼlumot jamiyat kuzatuv kengashi qoʻmitasi mavjud boʻlgan taqdirda oshkor qilinadi)
26. Jamiyatning kollegial (yakka) ijroiya organi toʻgʻrisida maʼlumotlar.
(Koʻrsatiladi:
ijroiya organi vazifasini yakka bajaruvchi shaxsning F.I.O. yoki kollegial ijroiya organi rahbari va aʼzolarining F.I.O;
ijroiya organi vazifasini yakka bajaruvchi shaxs saylangan sana, uning yoki kollegial ijroiya organi aʼzolari vakolatlari, soʻnggi _____ yil ichidagi va hozirgi vaqtdagi mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi xronologik tartibdagi maʼlumotlar;
jamiyat ijroiya organi vazifasini yakka bajaruvchi shaxs yoki jamiyat kollegial ijroiya organiga tegishli ovoz beruvchi aksiyalarning jamiyat ustav kapitalidagi ovoz beruvchi aksiyalar umumiy hajmiga foiz nisbati.
Boʻsh katakda jamiyat necha yillik maʼlumotlarni taqdim etayotganligi koʻrsatiladi)
27. Jamiyat ijroiya organining vazifasi topshirilgan tashkilot toʻgʻrisidagi maʼlumot.
(Koʻrsatiladi:
boshqaruv tashkilotining toʻliq nomi, jumladan, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan manzili va aloqa maʼlumotlari;
boshqaruv tashkilotining ijroiya organi vazifalarini yakka tartibda bajaradigan shaxsning F.I.O., yoki boshqaruv tashkilotining kollegial ijroiya organi aʼzolari va kuzatuv kengashi aʼzolarining F.I.O;
boshqaruv tashkilotining ijroiya organi vazifalarini yakka tartibda bajaradigan shaxsga yoki boshqaruv tashkilotining kollegial ijroiya organi aʼzolari va kuzatuv kengashi aʼzolariga tegishli boʻlgan boshqaruv tashkilotining ovoz beruvchi aksiyalari (ustav kapitalidagi ulushlari) boshqaruvchi tashkilotning ovoz beruvchi aksiyalarining (ustav kapitalidagi ulushlarning) umumiy soniga foiz nisbati;
Maʼlumot ijroiya organning vakolatlari boshqaruv tashkilotiga topshirilgan taqdirda oshkor qilinadi)
28. Mukofot hamda ish haqining umumiy miqdori, shuningdek, soʻnggi _____ yil uchun mazkur Risolaning 24, 26 va 27-bandlarida koʻrsatilgan jamiyatning shaxslariga berilgan va toʻlangan imtiyozlar.
(Boʻsh katakda jamiyat necha yillik maʼlumotlarni taqdim etayotganligi koʻsatiladi)
29. Jamiyatning 5 va undan ortiq foiz aksiyalari (ulushi)ga ega boʻlgan aksiyadorlari (ishtirokchilari).
(Koʻrsatiladi:
aksiyadorning/ishtirokchining F.I.O., soliq toʻlovchining individual raqami (jismoniy shaxs uchun);
toʻliq nomi, soliq toʻlovchining individual raqami, joylashgan manzili (yuridik shaxslar uchun;
kuzatuv kengashi har bir azosiga tegishli jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalarining jamiyat ustav kapitalidagi ovoz beruvchi aksiyalarning umumiy hajmiga foiz nisbati;
taʼsischi yoki yirik aksiyador (ishtirokchi) jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalarining 5 va undan ortiq foiziga yoki ustav kapitalidagi ishtirok etish ulushiga egalik qilishni boshlagan sana)
30. Jamiyatning boshqa affillangan shaxslari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
5-bob. Jamiyatining moliyaviy-iqtisodiy faoliyati koʻrsatkichlari
31. Jamiyat faoliyati turlari.
asosiy faoliyat turi va ishlab chiqariladigan mahsulotlar (xizmatlar) turlari;
jamiyatning litsenziyalari (patentlari) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
32. Jamiyatning bozordagi ulushi toʻgʻrisidagi maʼlumot.
33. Sohaning kelajakdagi taraqqiyoti borasidagi prognozlar va ushbu sohadagi jamiyatning oʻrni.
34. Soʻnggi _____ yil ichida yoki jamiyatning rasmiy faoliyati davrida sotilgan mahsulotlar (bajarilgan ish, xizmatlar) hajmi.
(Boʻsh katakda jamiyat necha yillik maʼlumotlarni taqdim etayotganligi koʻsatiladi.)
35. Jamiyatning oʻz mahsulotlari (ishlari, xizmatlari)ni sotishni tashkil etish boʻyicha faoliyati.
(Koʻrsatiladi:
jamiyat isteʼmol qiladigan tovarlar (ish, xizmat) umumiy hajmining 10 va undan ortiq foiziga toʻgʻri keladigan yetkazib beruvchilar nomi va joylashgan manzili;
jamiyat ishlab chiqaradigan tovarlar (ish, xizmat) umumiy hajmining 10 va undan ortiq foizini isteʼmol qiladigan isteʼmolchilar nomi va joylashgan manzili)
36. Jamiyat faoliyatiga taʼsir qiladigan omillar:
a) jamiyat faoliyati asosiy turlari boʻyicha savdo (ish, xizmat) daromadliligiga ijobiy va salbiy taʼsir qiladigan omillar;
b) jamiyatning sud jarayonlaridagi ishtiroki toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
(Jamiyat faoliyatining toʻxtatilishi xavfi yoki oʻzgarishi, jamiyat aktivlari umumiy hajmining 10 (oʻn) va undan ortiq foizi miqdoridagi pul va boshqa majburiyatlarning undirilishi bilan bogʻliq sud jarayonlaridagi ishtiroki toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni koʻrsatish kerak.
Jamiyat qimmatli qogʻozlarini xarid qilish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilishda muhim deb bilgan boshqa sud jarayonlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ham oshkor qilishi mumkin)
v) vakolatli davlat organlari va (yoki) sud tomonidan soʻnggi _____ yil davomida jamiyatga va uning boshqaruv organi aʼzolariga nisbatan qoʻllangan barcha maʼmuriy jazolar (sanksiyalar, jumladan moliyaviy) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
(Sanksiyani belgilagan organ, sana, qoʻllash sabablari, hajmi, shuningdek, ushbu sanksiyalar kimga nisbatan qoʻllangani va risola tasdiqlangan sanaga ularning bajarilishi darajasi.
Boʻsh katakda jamiyat necha yillik maʼlumotlarni taqdim etayotganligi koʻrsatiladi)
g) tavakkalchilik omillari:
jamiyat faoliyati bilan bogʻliq xavf-xatarlar;
(Jamiyat faoliyatiga xos yoki asosiy moliya-xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq xavf-xatarlar, jumladan, quyidagilar bilan bogʻliq xatarlar tavsiflanadi:
Maʼlum turdagi faoliyatni yuritish uchun yoki muomalasi cheklangan obyektlar (jumladan, tabiiy resurslar)dan foydalanish uchun litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish imkoniyatining yoʻqligi;
Uchinchi shaxslar, jumladan, jamiyatning shuʼba tashkilotlari boʻyicha jamiyat javobgarligi;
Savdo hajmi mahsulot (ish, xizmat)ni sotishdan olinadigan jami daromadning kamida 10 (oʻn) foiziga toʻgʻri keladigan isteʼmolchilarni yoʻqotish ehtimoli)
tarmoq xavf-xatarlari;
(Tarmoqdagi vaziyat yomonlashuvining jamiyat faoliyati va oʻz majburiyatlarini bajarishiga taʼsir qilishi mumkinligi bayon qilinadi. Jamiyat fikriga koʻra, tarmoqda boʻlishi mumkin boʻlgan eng ahamiyatli oʻzgarishlar (ichki va tashqi bozorda alohida) koʻrsatiladi.
Jamiyat oʻz faoliyatida foydalanadigan xomashyo, xizmatlar (ichki va tashqi bozorda alohida) narxlarining oʻzgarishi bilan bogʻliq xatarlar alohida bayon qilinadi.
Jamiyat mahsulotlari va (yoki) xizmatlari narxlarining oʻzgarishi bilan bogʻliq xatarlar (ichki va tashqi bozorda alohida), va ularning jamiyat faoliyatiga boʻlgan taʼsiri alohida bayon qilinadi)
moliyaviy xavf-xatarlar;
(Jamiyat moliyaviy ahvolining foiz stavkalari, xorijiy valyutani ayirboshlash kursi, shuningdek, qimmatli qogʻozlarga boʻlgan bozor narxlarining salbiy tomonga oʻzgarishiga aloqador xatarlarga bogʻliqligi bayon qilinadi.
Jamiyat moliya aktivlari va moliya majburiyatlari nomuvofiqligi (jumladan, jamiyatning bir yoki bir necha kontragentlari moliya majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarmasligi oqibatida) va (yoki) kutilmaganda jamiyat moliya majburiyatlarini zudlik bilan bir vaqtning oʻzida amalga oshirish zarurati yuzaga kelishi oqibatida jamiyat oʻz majburiyatlarini toʻla bajara olmasligi bilan bogʻliq xatarlar alohida bayon qilinadi.
Moliya xatarlari taʼsirida moliya hisobotining qaysi koʻrsatkichlari oʻzgarishga koʻproq moyilligi, ularning paydo boʻlish ehtimoli va hisobotda oʻzgarishi xarakteri koʻrsatiladi)
huquqiy xavf-xatarlar;
operatsion xavf-xatarlar;
jamiyat qimmatli qogʻozlarini xarid qilish haqida qaror qabul qilish uchun muhim deb bilgan boshqa xavf-xatarlar.
37. Xatarlarni boshqarishda jamiyat siyosati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
38. Jamiyatning ustav kapitali toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
(Koʻrsatiladi:
ustavga koʻra ustav kapitali hajmi, soʻmda;
hisob balansi boʻyicha ustav kapitali hajmi, soʻmda;
ustav kapitalining toʻlangan qismi miqdori, soʻmda;
Maʼlumot raqam va yozuv bilan koʻrsatiladi)
39. Jamiyatning oʻz kapitali toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, soʻmda.
(Raqam va yozuv bilan koʻrsatiladi)
40. Zaxira fondi toʻgʻrisidagi maʼlumot.
(Koʻrsatiladi:
zaxira fondining Ustav boʻyicha miqdori, foizda;
qimmatli qogʻozlar chiqarish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanaga zaxira fondining asl miqdori, ming soʻm;
Qimmatli qogʻozlar chiqarish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanaga qadar zaxira fondi shakllanmagan boʻlsa, ushbu haqida maʼlumot javobda aks ettiriladi)
41. Asosiy moliyaviy koʻrsatkichlar.
(Jamiyat fikriga koʻra, qimmatli qogʻozlarni xarid qilish haqida qaror qabul qilish uchun bunday maʼlumotlarni oshkor qilish muhim boʻlgan moliyaviy koeffitsiyentlar koʻrsatiladi)
42. Jamiyatning hisob yuritish siyosati haqidagi maʼlumotlar.
43. Soʻnggi _____ tugallangan moliyaviy yil uchun daromaddan foydalanish asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ming soʻm.
(Boʻsh katakda jamiyat necha yillik maʼlumotlarni taqdim etayotganligi koʻsatiladi)
44. Mazkur Risola tasdiqlangan kungacha soʻnggi yil uchun affillangan shaxslar bilan tuzilgan yirik bitimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
(Jamiyat tomonidan mol-mulkni olish yoki uni boshqa shaxsga berish yoxud mol-mulkni boshqa shaxsga berish ehtimoli bilan bogʻliq bitim (shu jumladan qarz, kredit, garov, kafillik) yoki oʻzaro bogʻlangan bir nechta bitim, agar boshqa shaxsga berilayotgan mol-mulkning yoki olinayotgan mol-mulkning balans qiymati bunday bitimlarni tuzish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat sof aktivlari miqdorining 15 foizidan ortigʻini tashkil etsa, yirik bitim deb hisoblanadi, kundalik xoʻjalik faoliyatini yuritish jarayonida tuziladigan bitimlar hamda aksiyalarni va boshqa qimmatli qogʻozlarni joylashtirish bilan bogʻliq boʻlgan bitimlar bundan mustasno)
45. Jamiyat aktivlari umumiy hajmining 10 va undan ortiq foizini tashkil etadigan aktivlar, har bir aktivning tegishli balans qiymati koʻrsatiladi.
46. Jamiyat aktivlari balans qiymatining 10 va undan ortiq foizi miqdoridagi debitorlik qarzi.
(Koʻrsatiladi:
jamiyat oldidagi qarzi jamiyat aktivlari balans qiymatining 10 va undan ortiq foizi miqdoridagi qarzga ega debitor nomi;
toʻlanishi lozim boʻlgan tegishli summa (yaqin 12 (oʻn ikki) oy ichida choraklar boʻyicha taqsimlanadi, qolgan summalar yillar boʻyicha alohida, qarzni uzish muddatlarini koʻrsatgan holda) va uni soʻndirish muddatlari koʻrsatiladi)
47. Jamiyatning aosiy faoliyatini amalga oshirishi bilan bogʻliq va jamiyat majburiyatlari balans qiymatining 10 va undan ortiq foizini tashkil etadigan kreditorlik qarzi.
(Koʻrsatiladi:
jamiyatning kreditorlari nomi;
toʻlanishi lozim lozim boʻlgan tegishli summa (yaqin 12 (oʻn ikki) oy ichida choraklar boʻyicha taqsimlanadi, qolgan summalar yillar boʻyicha alohida, qarzni uzish muddatlarini koʻrsatgan holda) va uni soʻndirish muddatlari koʻrsatiladi)
48. Jamiyat tomonidan asosiy faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan, jamiyat majburiyatlarining balans qiymatining 10 va undan ortiq foizini tashkil etadigan kreditorlik qarzi.
(Koʻrsatiladi:
jamiyatning kreditorlari nomi;
toʻlanishi lozim lozim boʻlgan tegishli summa (yaqin 12 (oʻn ikki) oy ichida choraklar boʻyicha taqsimlanadi, qolgan summalar yillar boʻyicha alohida, qarzni uzish muddatlarini koʻrsatgan holda koʻrsatiladi) va uni soʻndirish muddatlari)
49. Soʻndirilmagan kreditlar (qarzlar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
(Koʻrsatiladi:
kredit tashkiloti (qarz beruvchi) nomi;
kredit (qarz) shartnomasining asosiy shartlari;
kredit (qarz) shartnomasining tugash sanasi;
kredit (qarz) shartnomasining soʻndirilmagan toʻlov qismi, soʻmda)
50. Soliq toʻlovlari boʻyicha muddati oʻtib ketgan qarz miqdori, soʻmda.
(Raqam va yozuv bilan koʻrsatiladi)
51. Aktivlari balans qiymatining 10 va undan ortiq foizini tashkil etgan jamiyatning investitsiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
(Barcha investitsiyalar miqdori jamiyat aktivlari balans qiymatining 10 foizni tashkil etganda ham, ushbu band toʻldiriladi)
6-bob. Yakuniy qoidalar
52. Mazkur Risola nusxalari va asl nusxasi bilan tanishish tartibi va joyi toʻgʻrisida maʼlumot.
53. Qimmatli qogʻozlarning chiqarilishi shartlari joylashtiriladigan axborot-maʼlumot tizimlari, davriy nashrlar manzillari va nomlari.
54. Jamiyat qimmatli qogʻozlarini sotib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun jamiyatning fikriga koʻra oshkor etilishi zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
Izohlar:
1. Kursivda berilgan matnlar bosma hujjatda aks etmaydi.
2. Jalb etilgan maslahatchilar, qimmatli qogʻozlarni joylashtirishda ishtirok etuvchi tashkilotlar, shuningdek, taʼminotni taqdim etgan shaxslar, jalb etilgan baholovchi tashkilotlar quyidagi maʼlumotlarni koʻrsatgan holda risolani tasdiqlaydilar:
yuridik shaxs toʻliq nomi, jumladan, tashkiliy-huquqiy shakli, rahbarning F.I.O.;
taʼminotni taqdim etgan jismoniy shaxsning F.I.O.;
risolani tasdiqlash sanasi.
3. Agar mazkur Risolaning bandlarini (kichik bandlarini) toʻldirishda inkor javobi berilgan boʻlsa, unda toʻliq va batafsil javob berilishi kerak.
4. Agar ushbu Risolada aksiyalar chiqarilishi nazarda tutilgan boʻlsa, unda 2-bobning 17-bandi bosma hujjatda aks ettirilmaydi.
5. Agar ushbu Risolada obligatsiyalar chiqarilishi nazarda tutilgan boʻlsa, unda 2-bobning 16-bandi bosma hujjatda aks ettirilmaydi.
6. 2-bob 17-bandining “i” — “m” kichik bandlaridagi maʼlumotlar obligatsiyalar chiqarilishi boʻyicha garov taʼminoti, bank kafolati, sugʻurta polisi va sugʻurta shartnomasi taqdim etilgan taqdirda oshkor qilinadi.
7. Prospketning sahifalari raqamlanishi lozim. Sahifalar 3-sahifadan boshlab raqamlanadi (birinchi va ikkinchi sahifalar titul sahifasi va titul sahifasining orqa qismi hisoblanadi).
8. Risola davlat organi tomonidan tasdiqlangan taqdirda, mazkur risola ushbu organ muhri bilan tasdiqlanadi.
9. Risolaga:
oxirgi uch yildagi yoki, agar jamiyat faoliyatni uch yildan kamroq muddat mobaynida amalga oshirayotgan boʻlsa, har bir tugallangan yil uchun buxgalteriya balanslari va moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotlar;
emissiya risolasi tasdiqlanishidan oldingi oxirgi choraklik yakuni holati boʻyicha jamiyatning moliyaviy natijalari toʻgʻrisidagi hisoboti va buxgalteriya balansi nusxalari;
oxirgi uch yil mobaynidagi yoki jamiyat tashkil topgan paytdan boshlab, agar bu muddat uch yildan kam boʻlsa, har bir tugallangan yil uchun auditorlik xulosalari ilova qilinadi.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2020-y., 10/20/2000-8/1493-son)